Reja: O„zbekistonda yoshlarga



Yüklə 71,29 Kb.
səhifə6/6
tarix12.06.2023
ölçüsü71,29 Kb.
#128965
1   2   3   4   5   6
9-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

Tashabbuskor yoshlar Yangi O‟zbekiston kelajagi.

O`zbekiston jami aholisining 60 foizdan ortig`ini yoshlar tashkil etadi. Shuning uchun O`zbekistonda yoshlarning hayotiy maqsadlarini ro`yobga chiqarish uchun zarur bo`lgan barcha sharoit yaratilib, ularning muammolari davlat siyosati darajasida hal etilmoqda.
Xususan, keyingi besh yilda yoshlar siyosatiga oid jami 77 ta qonun va qonunosti hujjatlari, jumladan, 2016 yil 14 sentabrda ―Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.
Alohida ta‘kidlash joiz, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida ham yoshlar masalasi ustuvor o`rin egallagan.
2017 yil 30 iyunda mamlakat yoshlari hayotida yangi sahifa ochildi: Davlat rahbari tashabbusi bilan O`zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilib, uning asosiy maqsadi yoshlarning barcha tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash va amalga oshirishga qaratildi. O`z navbatida, Prezident taklifiga ko`ra, ―O`zbekiston Respublikasida yoshlar kunini belgilash to`g`risidagi qonun bilan 30 iyun ―Yoshlar kuni deb e‘lon qilindi.
Ayni damda yoshlarning har tomonlama kuchli, salohiyatli, ilm-ma‘rifatli, vatanparvar shaxslar sifatida unib-o`sishlari yo`lida qator tuzilmalar samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi, Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar masalalari bo`yicha komissiya, Quyi va Yuqori palata qoshidagi ―Yoshlar parlamentlari, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, Yoshlar muammolarini o`rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Yoshlar akademiyasi va boshqalar shular jumlasidandir.
O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, 2019-2023 yillarga mo`ljallangan Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi, 2020-2025 yillarga mo`ljallangan Kitobxonlikni rivojlantirish va qo`llab-quvvatlash milliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan say-harakatlar esa, yoshlar muammolari va ularni qiynayotgan muammolarni bevosita davlat darajasida ko`rib chiqish va hal etish imkonini ta‘minlamoqda.
Ana shu kabi mislsiz imkoniyat va shart-sharoitlardan bugun yoshlarimiz o`z orzu-umidlari, intilishlari va maqsadlarini ro`yobga chiqarish yo`lida hech ikkilanmay foydalanishayotgani, g`ayrat-shijoatli, fidoyi va tashabbuskor yigit-qizlar safi tobora kengayib borayotgani quvonarlidir. Yana bir mulohaza. Bugun barcha har kuni, har soatda yosh avlodning dardu tashvishi,
qayg`usi bilan yashamog`i, bu borada davlat rahbaridan ibrat olmog`i darkor.
Zero, Prezident g`oyasi bilan O`zbekistonda ilk bor ishsiz yoshlar bandligini ta‘minlashga qaratilgan mutlaqo yangi tizim – ―Yoshlar daftarining joriy etilishi o`z vaqtida ko`rilgan muhim chora bo`ldi. Bu tizim asosida o`tgan qisqa davr ichida respublikadagi 8 714 ta mahallada yashayotgan 18-30 yoshdagi jami 6 484 806 nafar yigit-qizning 5 451 442 nafari, yoki 84 foizi bilan yuzma yuz muloqotlar o`tkazildi. Suhbatlar asosida 682 787 nafar ijtimoiy himoyaga, iqtisodiy va psixologik qo`llab-quvvatlashga muhtoj, ishsiz shaxslar ―Yoshlar daftariga kiritildi.
Hududiy va mahalliy hokimliklar qoshida ―Yoshlar daftariga kiritilgan yigit-qizlarning muammolarini hal qilishga ko`maklashish uchun ―Yoshlar jamg`armalari tashkil etilib, 113,5 milliard so`mdan ortiq mablag` ajratildi. Ayni vaqtga qadar ushbu mablag`ning 4,6 milliard so`mi yoshlar manfaatlari uchun yo`naltirildi.
―Yoshlar kelajagimiz Davlat dasturi doirasida esa, 8 635 ta biznes loyihaga jami 1 trillion
830 milliard so`m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilib, 42 421 ta yangi ish o`rni yaratildi.
Shuningdek, Davlat dasturi doirasida yoshlarning 31,4 milliard so`mlik 63 ta loyihasiga jamg`arma
kafilligi taqdim etilib, ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga yaqindan ko`maklashildi.
Hududlarda 19 ta ―Yosh tadbirkorlar kovorking-markazi hamda 212 ta ―Yoshlar mehnat guzari kompleksi foydalanishga topshirilib, ularda jami 2 380 ta yangi ish o`rni yaratildi.
Umuman, so`nggi uch yil ichida 841 147 nafar yoshning o`z ish joyiga ega bo`lgani juda katta natija ekanini alohida ta‘kidlash joiz. 2018 yil sentabr oyida tashkil etilgan ―El-yurt umidi jamg`armasi orqali esa, ilm-fanga chanqoq, iste‘dodli yoshlarimizning yetakchi xorijiy oliy o`quv yurtlarida bakalavr, magistratura va doktoranturada o`qishlari uchun grantlar ajratilmoqda. Bugunga kelib, mazkur jamg`arma madadi bilan o`qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshirildi. 2021 yilda tasdiqlangan davlat byudjeti parametrlariga ko`ra, jamg`arma dasturlarini moliyalashtirish uchun 62 milliard so`m ajratildi.
Muxtasar aytganda, O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati aniq maqsadlarni ko`zlagan
holda, bosqichma bosqich, kompleks chora-tadbirlarga tayanib izchil davom ettirilmoqda.
Bu borada Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalardagi say-harakatlarni tizimli ravishda yo`lga qo`yish bo`yicha 5 ta muhim tashabbusning ilgari surilishi yangi O`zbekistonning yangi tarixida yana bir inqilobiy bosqichga asos soldi.
Davlat rahbarining bu ezgu g`oyasi O`zbekiston xalqi, ayniqsa, yoshlari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinib, qisqa vaqt ichida mamlakat bo`ylab keng quloch yozdi.
Darhaqiqat, har qanday davlatning yuksak taraqqiy etishi, xalqining farovonligi yoshlarga yaratib beriladigan imkoniyat va qulayliklar bilan baholanadi. Ya‘ni mamlakat taraqqiyotiga kiritiladigan yuqori samarali sarmoya yoshlar ta‘lim-tarbiyasiga yo`naltirilgan investitsiya ekani tarix isbotlagan haqiqat. Shu ma‘noda, yangi O`zbekistonning Uchinchi Renessansga dadil qadam qo`yishi zamonaviy innovatsion bilimlarni egallagan, har tomonlama yetuk va barkamol, inson kapitali sohibi bo`lgan yosh avlodning ertangi kuchli intellektual salohiyati, iqtidori va qobiliyatiga bog`liq. Tadqiqotlardan ma‘lum bo`lishicha, shaxsning 3 yoshidan 22 yoshigacha bo`lgan davrida unga sarflanadigan investitsiya kelgusida 19-22 barobar ko`p foyda berar ekan.
Shu bois, O`zbekistondagi barcha o`zgarishlarning negizi hisoblangan ta‘lim-tarbiya tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Ayni vaqtda ta‘lim, shu jumladan, ijtimoiy soha uchun sarflanayotgan xarajatlar miqdori davlat byudjeti xarajatlari umumiy qiymatining yarmidan ko`pini tashkil etmoqda. Tabiiyki, bunday katta xarajatlarni har qanday davlat ham ko`tara olmaydi, ammo qanchalik og`ir bo`lmasin, mamlakatimizda buning uchun zarur mablag` va resurslar izlab topilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur xarajatlarni xarajat emas, balki kelajak uchun qo`yilgan sarmoya deb hisoblab, ta‘lim darajasi va sifati davlatning istiqbolini belgilab beradigan muhim omil ekanini ta‘kidlamoqda.
Bil‘aks, mamlakat ta‘lim tizimida bola tug`ilganidan boshlab, 30 yoshgacha bo`lgan davrda uni har tomonlama qo`llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o`rin topishi uchun ko`mak beradigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratish yo`lida amaliy say-harakatlar olib borilmoqda. Bu jarayonda, birinchi navbatda, farzandlarimizga bog`cha, maktab va oliy o`quv yurtida sifatli ta‘lim- tarbiya berishni yo`lga qo`yish, ularning jismoniy va ma‘naviy sog`lom, vatanparvar insonlar bo`lib ulg`ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etish ko`zda tutilmoqda. Shuningdek, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo`lgan insonlar etib voyaga yetkazishga alohida e‘tibor qaratiladi.
Bir so`z bilan aytganda, yoshlarning ta‘lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk va komil shaxslar bo`lib ulg`ayishi yo`lida zamonaviy, qulay, ilg`or va innovatsion shart-sharoitlarni yaratib berish uchun O`zbekiston bor kuch-imkoniyatlarini ishga solmoqda. Maqsad – Uchinchi Renessans poydevorini yaratish, mamlakatimiz dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlari qatoriga chiqishi uchun intellektual va ma‘naviy yetuk, tashabbuskor yoshlarni yangi O`zbekistonning drayveriga aylantirishdan iborat.
Shuning uchun ham, O`zbekistonda jamiyatning eng faol qatlami sifatida e‘tirof etiluvchi yosh avlodga ―muammo deb emas, balki ertangi taraqqiyotni ta‘minlovchi katta kuch, davlatning
strategik resursi, deb qaralmoqda. Natijada yuksak bilimli, g`ayrat-shijoatli, zamonaviy
fikrlaydigan, mustaqil, qat‘iy pozitsiyaga ega yoshlar hal qiluvchi kuchga aylanib bormoqda.
Yüklə 71,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin