O„zbekistonda ta‟lim va kadrlar tayyorlash tizimining takomillashuvi.
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, ta‘lim sohasini isloh qilish mamlakat oddida turgan muhim yo‗nalishlardan biri sifatida qabul qilindi. Davlat tomonidan, jumladan, quyidagilarni amalga oshirish yo‗lga qo‗yiddi
davlat va nodavlat ta‘lim muassasalarini rivojlantirish;
ta‘lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‗qitish;
barcha turdagi ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining keyingi bosqichdagi o‗quv yurtlariga kirishda teng huquqqa ega bo‗lishini ta‘minlash;
boshqa davlatlarning fuqarolari O`zRda xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega bo‗lishi;
respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‗lmagan shaxslar bilim olishda O`zR fuqarolari bilan teng huquqqa ega bo‗lishi.
Ta‘lim sohasidagi islohotlarning asosiy yo‗nalishlari uning demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an‘analari va pedagogikasi, shuningdek, jahon xalqlari pedagogikasining ilg`or yutuqlari asosida ta‘lim mazmunini tubdan o‗zgartirish, shu maqsadda o‗qituvchilar, pedagogik jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyatlar ochib berish va ularni har tomonlama rag`batlantirish, bilim va ko‗nikmalarining puxtaligini ta‘minlaydigan zamonaviy didaktik vositalar qo‗llashni keng ko‗lamda yo‗lga qo‗yish, shu asosda ta‘lim mazmunini yaxshilashga erishishdan iborat bo‗ldi.
O`tgan davr mobaynida O`zbekistonda ta‘lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlar va uning taraqqiyot istiqbollariga mos keladigan ta‘lim tizimini tashkil qilishga olib keldi. Unda quyidagilar ko‗zda tutilgan:
ta‘lim tizimini bozor iqtisodiyoti va ochiq jamiyatga moslashtirish;
aholining turmush farovonligini oshirishning zarur sharti bo‗lgan ta‘lim olish uchun teng
imkoniyatlar yaratish;
ta‘lim xizmatlarining barqaror va sifatli ko‗rsatilishini ta‘minlash maqsadida ta‘lim sohasini moliyalashtirish tizimini yaxshilash hamda resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish;
ta‘lim sektori boshqaruvini takomillashtirish.
Ta‘lim tizimini isloh qilish Konsepsiyasi O`zR Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 29
avgustda yangi taxrirda qabul qilingan ―Ta‘lim to‗g`risidagi Qonun hamda ―Kadrlar tayyorlash
milliy dasturida o‗z aksini topdi.(Ta‘lim to‘g‘risidagi birinchi qonun 1992 yil iyunda qabul qilingan edi).
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" 3 bosqichda amalga oshirildi.
I bosqich 1997-2001 yillarda Dasturni amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan huquqiy- meyoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratildi. Buning uchun davlat tomonidan qo‗shimcha 65 milliard so‗m sarflandi. Bu bosqich «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning moddiy-texnik bazasini yaratish davri deb nomlandi.
bosqich 2001-2005 yillarni o‗z ichiga olib, milliy dastur keng miqyosda joriy etildi. Bu bosqich "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning sifat bosqichi deb nom oldi.
bosqich 2005 yildan boshlanib, undan keyingi yillarni o‗z ichiga oladi. Bu bosqichda Dastur ijrosi yakuniga yetkazilib, erishilgan natijalar, to‗plangan tajribalar umumlashtirilib, tahlil etildi hamda shu asosda yurtimizda yangi ta‘lim tizimi yanada takomillashtirildi. Shy boisdan bu bosqich "Ta‘lim tizimini modernizatsiyalash davri", deb ataldi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida quyidagi maqsadlarga erishildi:
ta‘lim tizimida kadrlarning salohiyatini har tomonlama takomillashtirish hamda o‗qituvchilar, ustozlar va ilmiy xodimlarning professional nufuzini oshirish;
ta‘lim tizimini tarkibiy qayta qurish, ta‘lim va professional dasturlarni tubdan o‗zgartirish, ta‘lim, fan, texnologiya, iqtisodiyot va madaniyat sohasidagi jahon yutuqlariga tayanish;
majburiy o‗rta umumta‘lim, o‗rta maxsus, professional ta‘lim-tarbiya tizimiga o‗tishni ta‘minlash.
"Ta‘lim to‗g`risida"gi Qonunning yangi tahriri va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilinganidan so‗ng pespublikamiz butun ta‘lim tizimi, jumladan, oliy ma‘lumotli kadrlar tayyorlash ham tubdan isloh qilishning aniq strategik dasturiga ega bo‗ldi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning O`zbekistonga xos eng muhim xususiyati yangi turdagi 3 yillik o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi tizimini yaratish amalga oshirildi.
Oliy ta‘limda bakalavriat va magistratura tizimi joriy qilindi. Jahon standartlariga xos oliy
ta‘lim tizimiga o‗tildi. O`zRning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta‘biri bilan aygganda:
―Bilimdon, professional jihatdan savodli hamda g„ayrat-shijoatli shaxslarni, o`z mamlakatimizning chinakam vatanparvarlarini tarbiyalay oladigan, ularni buyuk milliy madaniyatning ulkan ma‟naviy merosi bilan boyita oladigan, jahon fani va madaniyati durdonalaridan bahramand eta oladigan mamlakatgina, millatgina buyuk kelajakka erishishi mumkin (Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-j. -T.: O„zbekiston, 2012. B. 177-179.).
Ta‘lim tizimi O`zRning "Ta‘lim to‗g`risida"gi Qonuni asosida maktabgacha ta‘lim, umumiy o‗rta, o‗rta maxsus va professional ta‘lim, oliy professional ta‘lim, oliy ta‘limdan keyingi ta‘lim, malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta‘lim shakllarida tashkil qilindi.
Bugungi axborotlashgan tezkor zamon ta‘lim tizimini ham isloh qilishni kun tartibiga qo‗ya boshladi. Ta‘lim sifatini zamon talablari darajasiga olib chiqish maqsadida 2020 yil 23 sentabrda O`zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi ―Ta‘lim to‗g`risidagi Qonuni qabul qilindi. 11 ta bob va 75 ta moddadan iborat ushbu yangi qonunda umumiy o‗rta va o‗rta maxsus ta‘lim turidan keyin professional ta‘lim turi kiritildi.
Ta‘lim olish shakllari sifatida ishlab chiqarishdan ajralgan xolda ta‘lim olish (kunduzgi), ishlab chiqarishdan ajralmagan xolda ta‘lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy), dual ta‟lim, oilada ta‘lim olish va mustaqil ta‘lim olish, katta yoshdagilarni o‗qitish va ularga ta‘lim berish, inklyuziv ta‟lim, eksternat tartibidagi ta‟lim, mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasda kadrlar tayyorlash kabi shakllariga ajratildi (15 modda).
Ta‘lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qo`shma fakultet va o`quv markazlari tashkil qilishga ruxsat etildi. Shuningdek, o`qituvchilarga mualliflik dasturi va o`qitish uslublarini joriy etish, zamonaviy pedagogik shakllar, o`qitish va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev aytganidek, “biz keng ko`lamli demokratik o`zgarishlar, jumladan, ta‟lim islohotlari orqali O`zbekistonda yangi Uyg„onish davri, ya‟ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o`zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik”.
So‗nggi yillarda mamlakatimizda maktabgacha ta‟lim sohasiga katta e‘tibor qaratilmoqda. 2017 yil 9 sentabrda ―Maktabgacha ta‘lim tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‗g`risida O`zR Prezidentining Qarori (PQ-3261) qabul qilindi. 2017 yil 30 sentabrda esa Maktabgacha ta‘lim vazirligi tashkil etildi (PQ-3305). Shu sanada ―Maktabgacha ta‘lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g`risida O`zR Prezidentining Farmoni (PF-5198) ham qabul qilindi.
2018-2021-yillar mobaynida respublika bo‗yicha 1,5 mln bolani maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olishga erishildi. Bu 2017 yildagi ko‗rsatkichdan ikki barobar ko‗proqdir.
Shuningdek, respublikamizda maktabgacha ta‘lim tashkilotlari soni ham tobora ortib bormoqda. 2017 yilda MTTlarning umumiy soni 5 mingta bo‗lgan bo‘lsa 2021-yilga kelib ularning soni 14 mingtadan ortdi.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev aytganliridek, xalqimizda ―ta‘lim va tarbiya beshikdan boshlanadi degan hikmatli bir so‗z bor. Faqat ma‘rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi.
Shu sababli, ta‘lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta‘lim tizimi prinsipiga asoslanishi, ya‘ni, ta‘lim bog`chadan boshlanishi va butun umir davom etishi lozim. Rivojlangan mamlakatlarda ta‘limning to‗liq sikliga investitsiya kiritishga, ya‘ni, bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo‗lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e‘tibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko‗rsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi.
Binobarin, inson kapitaliga e‘tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart. Shu yo‗ldagi muhim amaliy qadam sifatida bolalarni maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olish darajasini oshirishdir. 2018 yilda bu ko‗rsatkich 34 foizni tashkil etdi. 2018 yil dekabrdagi Murojaatnomada 2019 yilda bu ko‗rsatkichni 44 foizga yetkazish belgilangan bo‗lsa, yil oxirida bu ortig`i bilan bajarilib, 54 foizga yetkazildi.
2019 yil 8 mayda Prezident qarori bilan O`zRda maktabgacha ta‘lim tizimini 2030
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi (PQ-4312).
Maktabgacha ta‘limni rivojlantirish borasida boshlagan islohotlarimiz natijasida 2019 yili 5 ming 722 ta davlat, xususiy, oilaviy bolalar bog`chalari tashkil etildi. Shuning hisobidan farzandlarimizni maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olish darajasi bir yil davomida 38 foizdan 54 foizga ko‗tarildi. 2020 yilning oxiriga qadar qamrovni 59,5 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Xozirda maktabgacha ta‘lim sohasida davlat-xususiy sherikligi formati ham
rag`batlantirilmoqda.
«2018-2019 yillarda Maktabgacha ta‘lim vazirligi umumiy qiymati 3,89 trln. so‗mga teng bo‗lgan davlat-xususiy sherikligi bo‗yicha shartnomalarni imzoladi. Bulardan 1,1 trln so‗m tadbirkorlar hisobidan, 2,8 trln so‗m imtiyozli kreditlar asosida ajratilgan.
Yaqin orada quvvati 147,9 ming o‗ringa teng bo‗lgan nodavlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. 2020 yilda 2 mingta oilaviy va 420 ta DXSH doirasidagi MTTlar ochilishi rejalashtirilgan.
2016-2017 yildan umumiy o`rta (xalq) ta‟limi tizimida ham qator tub o‗zgarishlar,
islohotlar davri boshlandi
2017 yil 14 martda ―O`rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g`risida O`zR Prezidentining Qarori (PQ-2829) qabul qilindi. Ko‗plab ota-onalar, o‗qituvchi va o‗quvchilar hamda keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida 2017 yil sentabrdan yurtimizda 11 yillik ta‘lim qayta tiklandi.
2017 yil 14 sentabrda Prezidentimizning qarori bilan Mirzo Ulug`bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta‘lim maktab-internati va ―Astronomiya va aeronavtika bog`i (PQ-3275) va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‗nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‗qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar (PQ-3274)
tashkil etildi. Bu maktablar ta‘lim tizimidagi innovatsiya va kreativ yondashuvlar asosida aniq
fanlar chuqur o‗qitiladigan maxsus maktablar bo‗ldi.
2018 yil 25 yanvarda ―Umumiy o‗rta, o‗rta maxsus va kasb-hunar ta‘limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g`risida O`zR Prezidentining Farmoni (PF-5313), 2018 yil 5 sentabrda esa ―Xalq ta‘limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora- tadbirlari to‗g`risida O`zR Prezidentining Qarori (PQ-3931) qabul qilindi.
2019 yildan Respublikamizda xususiy maktablar tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan keng foydalanish boshlandi. 2019 yil 20 fevral ―Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‗g`risida O`zR Prezidentining qarori (PQ-4199) asosan mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta Ijod maktabi ish boshladi.
2019 yil 29 aprelda O`zR Xalq ta‘limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
qabul qilindi (PF-5712).
2019 yil 23 avgust kuni Toshkentda Prezident SH.Mirziyoyev raisligida xalq ta‘limi tizimini rivojlantirish, pedagoglar malakasini va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma‘naviyatini yuksaltirish masalalariga bag`ishlangan videoselektori bo‗lib o‗tdi. Unda Prezidentimiz ―Maktab ta‘limini rivojlantirish biz uchun umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur mavzuida maxsus ma‘ruza qildi.
2019 yil 30 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda 2017 yil 14 sentabrda q.q.gan Qaror asosida Mirzo Ulug`bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimida ishtirok etdi
2019 yil 9 sentabrda O`zR Vazirlar Mahkamasi huzurida Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi (PF-5815).
2019 yil 30 sentabrda ―Xalq ta‘limi tizimidagi maktabdan tashqari ta‘lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‗g`risida O`zR Prezidentining qarori (PQ-4467) qabul qilindi. 2019 yil 26 noyabrda esa navbatdagi muhim xujjat ―Zamonaviy maktablarni tashkil etish
chora-tadbirlari to‗g`risida O`zR Prezidentining qarori (PQ-4537) qabul qilindi.
2019 yil 27 dekabrda SH.M.Mirziyoyev Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‗nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‗qitishga ixtisoslashgan Muhammad Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashib nutq so‗zladi (―Yangi fikr, yangi g`oyaga, innovatsiyaga tayangan davlatgina yuksak taraqqiyotga erishadi).
O`zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd qilinishicha, ―2020 yilda byudjetdan ajratiladigan 1,7 trillion so‗m mablag` hisobidan 36 ta yangi maktab qurilib, 211 tasi kapital ta‘mirlanadi. Shuningdek, 55 ta xususiy maktab tashkil etilib, ularning soni 141 taga yetkaziladi.
Pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega bo‗lgan, o‗z ishida aniq natijalarga erishgan o‗qituvchilarga yuqori maosh to‗lash tizimini joriy etamiz.
Maktab o‗quv dasturlarini ilg`or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‗quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‗rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev 2020 yil 30 sentabrda ―O`qituvchi va murabbiylar kuniga bag`ishlangan tantanali yig`ilishida ta‘lim sohasini, ayniqsa, umumiy o`rta ta‘lim tizimini isloh qilish bo`yicha qator yangi taklif-tashabbuslarni ilgari surdilar. Jumladan, mamlakatimizning kelgusi taraqqiyotini o`ylab, o`qituvchi va muallimlarning hayotimizdagi nufuzi va mavqeini oshirish maqsadida ularning maqomini qonun darajasida belgilash taklifi ilgari surildi. Ushbu qonunda yoshlarga ta‘lim va tarbiya berish jarayonida o`qituvchilar o`zlarining salohiyatini to`liq namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularni ijtimoiy, huquqiy, moddiy qo`llab-quvvatlash choralari kafolatlanishi kerak. Jumladan, maktab direktori, uning o`rinbosari, sinf rahbari, o`qituvchining maqomi aniq belgilanishi lozim deya ta‘kidlab o`tilar.
2020 yilda – 14 ta, kelgusi yilda – 82 ta, 2022 yilda – 64 ta, 2023 yilda – 45 ta axborot texnologiyasiga ixtisoslashgan maktablar tashkil etilishi va barcha tuman va shaharlar qamrab olinishi belgilandi.
Prezidentimiz ta‘kidlashicha, o`qituvchilar ishini yengillashtirish va ularning salohiyatidan oqilona foydalanish uchun kelgusi yilda ta‘limni raqamlashtirish ishlarini yakunlab, ―Onlayn maktab, ―Raqamli va xavfsiz maktab, ―Elektron darslik, ―Elektron kundalik kabi tizimlar joriy etiladi. 2020 yil oxirigacha maktablarni keng polosali Internet tarmog`iga ulash darajasi 70 foizga yetkaziladi. Kelgusida barcha maktablar 100 foiz Internet bilan ta‘minlanadi va buning uchun Davlat byudjeti mablag`lari yo`naltiriladi.
2021 yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko‗rish uchun 348 ta tayanch maktab belgilanib, 6 mingdan ortiq o‗qituvchining malakasi oshiriladi.
2020/21 o‗quv yilidan boshlab mamlakatimizda 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum, jami 630 ta professional ta‘lim muassasalari faoliyati yo‗lga qo‗yilishi belgilab berildi. Mazkur ta‘lim muassasalarida 9000 ga yaqan kasblar bo‗yicha kadrlar tayyorlanishi ko‗zda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: |