Reja: О‘zbekistonning davlat mustaqilligi tomon yо‘l tutishi. О‘zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi



Yüklə 26,63 Kb.
səhifə3/4
tarix17.06.2023
ölçüsü26,63 Kb.
#131802
1   2   3   4
ozb tarx must

ISLOM ABDUG‘ANIYEVICH KARIMOV

1938 yil 30 yanvarda Samarqandda tug‘ilgan. О‘rta Osiyo politexnika instituti va Toshkent xalq xо‘jaligi institutini tugatgan.

1960 yildan «Tashselmash» zavodidi avval master yordamchisi, sо‘ng master, texnolog.

1961 yildan Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida avval muhandis, sо‘ngra yetakchi muhandis-konstruktor.

1966-1983 yillarda О‘zbekiston Davlat Plan komitetida fan va yangi texnikani joriy etish bо‘limining bosh mutaxassisi, sо‘ngra Respublika Davlat Plan komiteti Raisining birinchi о‘rinbosari.

1983 yildan О‘zbekiston Moliya vaziri.

1986 yildan О‘zbekiston Ministrlar Soveti Raisining о‘rinbosari – Respublika Davlat Plan komitetining Raisi.

1986 yil dekabrdan 1989 yil iyun oyigacha Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi.

1989 yil iyun oyidan О‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy komitetining birinchi kotibi.

1990 yil 24 martda О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida О‘zekiston Prezidenti etib saylandi.

1991 yil 29 dekabrda birinchi bor muqobillik asosida tashkil etilgan umumxalq saylovida xalq tomonidan О‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylangan.

1995 yil 26 martda umumxalq Referendumida I.Karimovning Prezidentlik vakolati 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirildi.

2000 yil 9 yanvardagi Prezident saylovlarida navbatdagi 5 yil muddatga О‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylangan

2002 yil 27 yanvarda О‘zbekistonda Prezidentlik lavozimi vakolat muddatini 5 yildan 7 yilga chо‘zish masalasida Referendum о‘tkazildi. 93 % saylovchi bu tashabbusni yoqlab ovoz berdi.

2007 yil 23 dekabrda bо‘lib о‘tgan Prezidentlik saylovlarida I.Karimov yetti yil muddatga О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi

I.Karimov “О‘zbekiston Qahramoni” fahriy unvoni (1994), “Mustaqillik” (1996), “Amir Temur” (1998) ordeni bilan, shuningdek, qator xorijiy davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlarning 30 ga yaqin orden va medallari bilan mukofotlangan. О‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Akademigi (1994). 2002 yilda AQSH jamoatchiligi tomonidan ta’sis etilgan «Xalqaro miqyosdagi lider» mukofotiga sazovor bо‘lgan.


Yüklə 26,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin