Reja: O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi


O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi



Yüklə 53,03 Kb.
səhifə2/4
tarix18.12.2023
ölçüsü53,03 Kb.
#183931
1   2   3   4
mustaqil ish

O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi

O`zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo`lishi bilanoq xalqaro hamjamiyat bilantenghuquqli, suveren hamkorlik qilish yo`lini tutdi. Bu borada hamkorlikning xalqaroe`tirof etilgankonstitutsiyaviy hamda huquqiy asoslari shakllantirildi. Bugun O`zbekiston jahon hamjamiyatidao`z o`rni va so`ziga ega bo`lgan davlatga aylandi. O`zbekiston jahonning qator mamlakatlarivaxalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda hamkorlik qilmoqda, ko`plab yirik tashkilotlarningtenghuquqli a`zosidir. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov boshchiligida O’zbekistonqisqa vaqt ichida dunyoning ko’plab yetakchi davlatlari bilan o’zaro manfaatli aloqalarnio’rnatishga muvaffaq bo’ldi va 1990-yillarning o’rtalariga kelib 165 davlat mamlakatimiznitanoldi[1]. Hozirgi kunda ularning 133 tasi bilan diplomatik munosabatlar o’rnatilgan. Toshkentda44 davlat va 20 dan ortiq yirik xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari akkreditatsiyadano’tgan.O’z navbatida, O’zbekiston Respublikasining 46 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalarixorijiy davlatlarda va xalqaro tashkilotlar huzurida faoliyat yuritadi, shu jumladan, BMTningNyu-Yorkdagi vakolatxonasi, BMT ning Yevropa Byurosi va Jenevadagi boshqaxalqarotashkilotlar. O’zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarga, jumladan, BMT, SHHT, MDHvaboshqalarga a’zo. O’zbekiston to’laqonli asosda eng nufuzli xalqaro tashkilotlarninga’zosibo’lib, yirik bank, moliya organlari bilan hamkorlik qiladi. Nodavlat va nodavlat tashkilotlaribilan hamkorlik qiladi, respublikada 88 ta xorijiy vakolatxonalar akkreditatsiyalangan, 24tahukumatlararo va 13 ta nodavlat tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda[2]. O`zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent bugungi kunda xalqaro nufuzli tashkilotlarishtirokidagi xavfsizlik, barqarorlik, tinchlik va hamkorlik masalalari bo`yicha muhimxalqaroanjumanlar markaziga aylandi. Ayniqsa, xalqaro tashkilotlar – YEXHT, Iqtisodiyhamkorliktashkiloti (EKO) bilan teng huquqli a`zo sifatida, Yevropa Ittifoqi, NATObilan“Tinchlikyo`lida hamkorlik” dasturi doirasidagi aloqalari rivojlandi. O`zbekistonning tashqi siyosiy yo`li barcha xalqaro tashkilotlar bilan har tomonlamahamkorlik qilishga yo`naltirilgan. O`zbekiston Respublikasi bugungi kunda 40 danortiqxalqarotashkilotlar bilan aloqa o`rnatgan[3]. O`zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi kengqulochyozibborayotganliga uning xalqaro maydonda obro`si oshayotganligidan dalolat beradi. Bundayxayrliholatning vujudga kelishida asosiy omillar O`zbekistonning o`z hududida huquqiy-demokratikdavlat va fuqarolik jamiyati qurishga jiddiy kirishganligi, bozor iqtisodiga o`tishdasezilarlinatijalarni qo`lga kiritganligi, mamlakatda millatlararo totuvlikni va barqarorliknita`minlaganligidir[4]. Mustaqillik davridagi tashqi siyosatimizda YEXHT ning boy tajribasi, imkoniyatlaridanfoydalanishga ham alohida ahamiyat berildi. Xalqaro tashkilotlar orasida birinchilardanbo`libYEXHT xavfsizlik uchun hamkorlik kontseptsiyasini ham strategik siyosat darajasiga ko`tardi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 19-sentabrkuniBirlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so'zladi. Prezidentimiz o’z nutqlarida quyidagilarni ta’kidladilar: “Birlashgan Millatlar Tashkilotibundan keyin ham xalqaro munosabatlarda hal qiluvchi o'rin tutadi. O'zbekiston bugungi kunda o'zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasigaustuvorahamiyat qaratmoqda. Bu – har tomonlama chuqur o'ylab tanlangan yo'ldir. Biz BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko'rgan aholiga amaliy yordamko'rsatishbo'yicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur to'liq amalga oshirilishi tarafdorimiz”[12]. 2020-yilning 23-sentabrida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat MirziyoyevBirlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ishtirok etdi. Prezident avgust oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida yoshlar huquqlarigabag‘ishlangan Samarqand xalqaro forumi o‘tkazilganini eslab, jahon hamjamiyatini Yoshlarhuquqlari to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasini qabul qilishbo‘yichaO‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. «Bundan tashqari, Barqarortaraqqiyot maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta’minlashda parlamentlarrolinioshirish to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiningmaxsusrezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etamiz», — dedi Prezident SH.Mirziyoyev[13]. O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov NATO/SEAP sammitida2008-yilaprelda Buxarestda Afg’oniston muammosini faqat harbiy yo’l bilan hal qilib bo’lmaydi, deganfikr bildirdi va 6 +2 aloqa guruhini 6+3 ga aylantirish tashabbusini ilgari surdi. BizAQSH,Rossiya va NATO vakillarini Afg’onistonda tinchlik o’rnatish va tinchlantirishningasosiyishtirokchilariga qo’shilishini nazarda tutamiz. Bu tashabbus xalqaro hamjamiyatdakattaqiziqish uyg’otdi[14]. O’zbekistonning NATO bilan munosabatlari 1994-yil yanvar oyida Bryusseldaqabulqilingan “Tinchlik uchun hamkorlik” dasturida ishtirok etish shaklida bo’ldi. O’zbekiston hukumati Rossiya, Xitoy, AQSH, Yevropa Ittifoqi, Germaniya, Yaponiya,Koreya Respublikasi, Hindiston va boshqa yetakchi davlatlar bilan ikki tomonlamamunosabatlarini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishiga e’tibor qaratadi. O’zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi munosabatlar har ikki davlat tashqisiyosatining muhim yo’nalishlaridan biridir. O’zbekiston Rossiyani eng muhimsiyosiy, iqtisodiyva harbiy-texnik salohiyatga ega davlat deb hisoblaydi, shuningdek uning MarkaziyOsiyodagimuhim rolini tan oladi. Boshqa tomondan, Rossiya O’zbekistonning MarkaziyOsiyodagiyetakchi o’rinlarini tan oladi. 1992-yilda diplomatik munosabatlar o’rnatilganidan buyon davlatlararo munosabatlarbosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda. 2017-yilda O'zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o'rtasida diplomatikmunosabatlar o'rnatilganiga 25-yil to'ldi. Ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik mustahkamhuquqiyasosga ega. Mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlar 2004-yil 16-iyunda imzolanganStrategiksheriklik to'g'risidagi shartnoma, 2005-yil 14-noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlarito'g'risidagi shartnoma doirasida izchil rivojlanmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasinirivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida investitsiyaviymuhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarigaxorijiysarmoyalarni faol jalb etish borasida samarali ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi PrezidentiVladimir Putinning taklifiga binoan 2017-yilning 4-5-aprel kunlari davlat tashrifi bilanushbumamlakatda bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari Shavkat MirziyoyevvaVladimir Putin Qo'shma bayonotni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlikvaidoralario'rtasida hududlararo hamkorlik, mehnat faoliyatini vaqtincha tashkil etish, sog'liqni saqlash,tibbiyot ta'limi va fani, turizm, qurilish, neft-gaz, konchilik, metallurgiya, bankmoliya, bojxona,qishloq xo'jaligi va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga doir hujjatlar imzolandi. “Rossiya biz uchun hayot sinovlaridan o’tgan ishonchli strategik sherikvaittifoqchibo’lib kelgan va bundan buyon ham shunday bo’lib qoladi. Biz tariximiz
mushtarakligini, manfaatlarimiz, ma’naviy va ma’rifiy ildizlarimiz birligini hechqachonunutmaymiz”- deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev[15]. 2018-yilning 19-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putindavlat tashrifibilan O’zbekistonda bo’ldi. Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ShavkatMirziyeyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Qo’shma bayonotni imzoladi. Tashrif doirasida imzolangan 2019-2024-yillarda iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2019-2021-yillarda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik dasturi, “Suffa” xalqaro radioastronomikobservatoriyasini tashkil etish bo’yicha yo’l xaritasi, O’zbekistonda Rossiyaningyetakchi oliyta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish va faoliyatini ta’minlash to’g’risidabitim,to’qimachilik sanoatida hamkorlik to’g’risidagi bitim o’zaro almashildi. Tashrif asnosidaturlisohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 20ta hujjat imzolandi[16]. O’zbekiston va Xitoy o’rtasida ham iqtisodiy, siyosiy, fan-ta’lim, madaniyat sohalaridaqator hamkorliklar amalga oshirilmoqda. Bu hamkorliklar ikki davlat prezidentlariningdavlattashriflari chog’ida yanada mustahkamlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ShavkatMirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 2017-yil 11-15-maykunlari davlat tashrifi bilan Xitoyga bordi[17]. O‘zbekiston – Xitoy hamkorlik munosabatlari keng ko‘lam kasb etib, strategiksheriklikaloqalari yuksak darajaga ko‘tarilmoqda. Mamlakatlarimizning milliy manfaatlari, ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyoti, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar O‘zbekistonRespublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshlab bergan o‘zaro do‘stlik, mustahkamishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda. Ushbu safar chog’ida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MirziyoyevXitoyXalqRespublikasi poytaxti Pekin shahrida 14-15-may kunlari bo’lib o’tgan “Bir makon, biryo’l”xalqaro forumida ishtirok etdilar . Ushbu davlat tashriflari ikki davlatning o’zaro har tomonlama aloqalariningrivojlanishigazamin yaratadi.
O’zbekiston AQSH, Fransiya, Italiya va boshqa ko’plab dunyoning yetakchi davlatlaribilan iqtisodiy, fan va madaniyat va boshqa ko’plab sohalarda hamkorlikni yo’lgaqo’ygan.Bugungi davrga kelib ushbu hamkorliklar yanada rivojlanmoqda. O’zbekiston tashqi siyosatida Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi o’rinni egallaydi.Hususan, Markaziy Osiyo davlatlari O’zbekiston bilan chegaradosh davlatlar hisoblanadi.Markaziy Osiyo davlatlari va O’zbekiston qardosh xalqlar hisoblanadi. Ularningtili, dini,madaniyati bir biriga juda yaqindir. O’zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagiiqtisodiy, siyosiy, fan-ta’lim, madaniyat, tibbiyot va boshqa ko’plab sohalarda hamkorliklaryo’lga qo’yilgan va bu aloqalar davlatlararo davlat tashriflari vaqtida mustahkamlanibbormoqda.Xulosa qilib aytganda, O`zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrdaxalqaromunosabatlarni yo`lga qo`yish va rivojlantirish bobida bir necha o`n yilliklarga arziydiganishlaramalga oshirildi. O`zbekiston o`zining tinchliksevar, yaxshi qo`shnichilik, o`zarofoydalihamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatidao`zining munosib o`rnini egalladi, uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.


  1. Yüklə 53,03 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin