Bu metod yordamida mashg‘ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi: O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo‘yib chiqadi.
O‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo‘linadi. O‘quvchilarni guruhlaga bo‘lishda har o‘rindiqni nomlab, nomlangan varaqchalarni olganlar o‘z o‘rinlariga joylashadilar.
O‘quvchilar joylashib olganlaridan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulot mavzusini e’lon qiladi va guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Ma’lum vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi.
O‘qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o‘rinlarda guruh a’zolariga maslahatlar beradi, yo‘l-yo‘ruqlar ko‘rsatadi hamda guruhlar tomonidan berilgan topshiriqlarning to‘g‘ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so‘raydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa kontserni. 1997. 2. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. – Toshkent: O‘zbekiston. 1999. 3. Karimov I.A. Yusak malakali mutaxassislar – taraqqiyot yo‘li. - Toshkent: O‘zbekiston. 1995. 4. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” / Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa kontserni. 1997. 5. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (1997 yil 29 avgustda qabul qilingan) /Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa kontserni. 1997. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (1999 yil 16 avgust)/Xalq ta’limi j. 1999. № 5