Qaror qabul qilish jarayonida quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir:
1. O‘quvchilar tavsiya etilayotgan ma’lumotdan nimani va qanday hajmda o‘zlashtirishlari zarurligi;
2. O‘quvchilarning dastlabki tayyorgarlik darajasi, ularning o‘quv ma’lumotlarini qabul qilish imkoniyatlari;
3. O‘qituvchining kasbiy mahorati, shuningdek, ta’lim muassasasi moddiy-texnik bazasi.
Bu o‘rinda o‘quv ma’lumotlarini loyihalash texnologiyasi muhim o‘rin tutadi. Unda:
o‘quvchilarga taqdim etiladigan materiallar;
o‘quvchilarga mustaqil bajarish uchun beriladigan vazifalar;
- o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan ma’lumot (bilim) turlari o‘z aksini topadi.
Agar pedagog faoliyati o‘quvchilarning talablarini qondirish, ya’ni yakuniy maqsadlarga qaratilsa, u holda pedagog yaxlit pedagogik jarayonni yoki alohida dars va tarbiyaviy tadbirlarni loyihalashda ham qiyinchilikka duch kelmaydi.
Dostları ilə paylaş: |