Reja: Pedagogik odob. Pedagogik nazokat. Tarbiyachining nutq texnikasi va madaniyati. Pedagogik odob



Yüklə 75 Kb.
səhifə1/7
tarix06.09.2023
ölçüsü75 Kb.
#141781
  1   2   3   4   5   6   7
5-mavzu Zamonaviy pedagog imidji


Zamonaviy tarbiyachi imidji
Reja:
1.Pedagogik odob.
2.Pedagogik nazokat.
3.Tarbiyachining nutq texnikasi va madaniyati.

Pedagogik odob
Odob deganda, rasm-taomil, xulq-odatlar majmui, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum taqozosi bilan turmush sharoitining alohida tarzi, an’analari negizida odamlar o‘rtasida paydo bo‘lgan muomala-munosabatlarning xususiyatlari tushuniladi.
Odob kishilarning amaliy xatti-harakatlari, muomala-munosabatlari ham deb qaraladi. Pedagog odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, vazifalari, tamoyillari, tushunchalari, talablari, mezonlarini ta’lim-tarbiya jarayonida oydinlashtirib, pedagogning ta’lim oluvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar, ta’lim muassasasi rahbarlari bilan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan kasbiy-axloqiy xususiyatlari yig‘indisidir.
Pedagog odobi eng avvalo, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Biroq bunday yondashuv bir qadar cheklangan nuqtai nazar ekanligini ta’kidlash joiz. Zero, tarbiyachining kasbiy axloqi faqat tarbiyalanuvchilar bilan muloqoti jarayonidagina namoyon bo‘lmaydi, balki uning butun faoliyati davomida birinchi darajali ehtiyoj sifatida ifodalanadi. Boshqacha aytganda, pedagog odobi tushunchasi tarbiyachi dunyoqarashining hayotiy tizimini anglatadi. Pedagog odobi tushunchasining mazmuni axloqiylik bilan birga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy jihatlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Axloqiy ta’lim-tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida pedagog odobi fazilatlarini shakllantirishda ikki yo‘nalishdagi aloqador tushunchalarni tahlil qilish maqsadga muvofiqdir: birinchisi–jamiyatning o‘qituvchi shaxsiga munosabati; ikkinchisi–o‘qituvchi shaxsining jamiyatga munosabati.
O‘qituvchi odobining mohiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muhim bo‘lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. Umuminsoniy va milliyaxloqiy fazilatlar barcha kishilar, hamma kasb egalari, jumladan, o‘qituvchitarbiyachilar uchun ham juda zarurdir.
Axloqiy fazilatlar mehnat jarayonida kishining xulqi, fe’l-atvorini tartibga solib turuvchi axloqiy qoidalar, normalar, talablar, mezonlar shaklida ifodalanadi. Axloq normalari davlatning turli qonunlari bilan amalga oshiriladigan huquq normalaridan farq qilib, ommaviy odat va namuna kuchi, jamoatchilikning fikri ta’sirida yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy voqelik shaxs oldiga ma’lum axloqiy talablar qo‘yadi, bu talablar axloq normasi, axloqiy fazilatlar shaklida ifodalanadi. Jamiyat o‘z faoliyati va istiqboli uchun xizmat qiladigan axloq normalari, talablari, mezonlarini belgilaydi.
O‘qituvchi umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlarni o‘zlashtirib olishi, tajribada qo‘llashi, o‘zining dunyoqarashi, mafkurasi vaa axloqiy tajribasi bilan taqqoslash lozim. Fikrlash va his etish, turmushda sinab ko‘rish natijasida umuminsoniy va milliy-axloqiy sifatlar, qoidalar, normalar o‘qituvchining o‘z axloqiy fazilatiga, e’tiqodiga aylanadi. Bular muallimning dunyoqarashi, fikr va mulohazalari bilan qo‘shilib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish sharoitida uning o‘rni va rolini belgilaydi.
O‘qituvchi odobining normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy fazilati va e’tiqodiga aylanishi lozim. Axloqiy e’tiqod va sifatlar o‘qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarida, tinglovchilar, ota-onalar va boshqa kishilar bilan muomala, munosabatlarida, kundalik turmushda o‘zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta’sir o‘tkazishida ko‘zga tashlanadi.

Yüklə 75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin