Mavzu:
Reja:
1. Pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari
2. Ta'lim jarayoniga texnologik yondashuv tamoyillari, turlari va ishlab chiqish bosqichlari
3.Ta'limni tashkil etishda innovatsion yondashuv
O’zbekistonda ta`lim – tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri manfaati va ta`lim ustivorligi»dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta`limning yangi modeli yaratildi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan bu modelni amalga oshirish bilan hayotimiz jabhalarida ro’y beradigan «portlash effekti» natijalari ro’yi-rost ko’rsatib berildi, ya`ni:
- ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta`sir qiladi va natijada mamlakatimizdagi mavjud muhit butunlay o’zgaradi.;
- insonning hayotdan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi;
- jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi;
- jamiyatimizning potentsial kuchlarini ro’yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi;
- fuqarolik jamiyati qurishni ta`minlaydi, model vositasida dunyodan munosib o’rin olishga, o’zbek nomini yanada keng yoyib tarannum etishga erishiladi
«Portlash effekti» sari shijoat bilan qadam tashlash, yo’llarda uchraydigan qiyinchiliklarni bosqichma-bosqich va izchil hal etish masalalari nafaqat pedagog nazariyachi va amaliyotchilarni junbushga keltiradi, balki jamiyatimizni to’liq pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Demak, jamiyatimizning har bir fuqarosini tarbiya asoslari bilan tanishtirish, yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga etkazish jarayonini yangi pedagogik «qurol» va vositalar bilan ta`minlash davr taqazosidir.
Pedagogik texnologiya (PT) – shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3 – ming yillikda davlatimiz ta`lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
Ma`lumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab etadigan, avtoritar va soxta tafakkurlash usulidan voz kechgan, sabrbardoshli, qanoatli, o’zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini shakllan-tirishni ko’zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning echimi qaysi darajada ta`limni texnologiyalashtirish bilan bog’liq?
Dastlab «texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z tenikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan – «texnos» (techne) – san`at, hunar va «logos» (logos) – fan so’zlaridan tashkil topib «hunar fani» ma`nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketmaketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon – bu mehnat qurollari bilan mehnat ob`ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta`sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina)-ning faoliyatidir. Ana shu ta`rifni tadqiqot mavzusiga ko’chirish mumkin, ya`ni: PT – bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta`sir ko’rsatishi va aks ta`sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir.
Yuqorida keltirilgan ta`rifdan ko’rinib turibdiki, PT tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta`riflar soni pedagogik adиabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik nashrlarda «texnologiya» atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin: «o’qitish texnologiyasi», «o’quv jarayoni texnologiyasi», «ma`lumot texnologiyasi» va hokazo.
O’qitish texnologiyasi PTga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma`noni anglatmaydi, chunki u ma`lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir jinslidir.
PT esa ma`lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va «o’qituvchi – moddiy muhit – o’quvchi (talaba)» funktsional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. Hozirgi kunda o’qituvchilar metodikani ko’p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan bu tushunchalar-ni aniqlashtirish kerak bo’ladi. Metodika o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Metodikadan ko’zlangan aniq maqsad predmet mavzulariga oid nazariyalarni aniq hodisalar tekisligiga ko’chirishdir. Misol uchun, gaz qonunlari tushunchalarini shakllantirish metodikasi yoki energiyaning saqlanish qonunini fizika kursining elektr bo’limida qo’llash metodikasi va h.k.PT o’qitish jarayonining o’zaro bog’liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hi-sobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishini ta`minlay-di. Yohud PT o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta`limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’indisidir. Texnologiya o’zining egiluvchanligi, natijalarning turg’unligi, samaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati bilan metodikadan farqlanib turadi. Shu bilan birgalikda ma`lum vaqt davomida PT o’quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelinadi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin etila boshlandi. Yapon olimi T.Sakamoto tomonidan «o’qitish texnologiyasi - bu o’qitishning maqbulligini ta`minlovchi yo’l-yo’riqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi» ekanligi e`tirof etiladi.
Pеdagogika fani bugungi kunda ma'lum bir yuksalish bosqichiga ko`tarilmoqda. Buning albatta, ob'еktiv sabablari mavjud. Tarbiya maqsadining xar bir davrda turlicha bo`lishi ijtimoiy tuzum, mafkuraviy qarashlarning o`zgarishi bilan bog`liq. Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-tеxnikaviy rivojlanish davomida tarbiya maqsadiga еrishish jarayoniga nisbatan pеdagogik yondashuvlar xam turlicha bo`lgan. Dеmak ta'lim-tarbiyaning maqsadi, uning amalga oshirish jarayoni nazariy va amaliy jixatdan takomillashib borishi bilan pеdagogika fani zamonaviy tus ola boshlaydi. Bizning zamonaviy pеdagogikamiz bugungi kunda aynan shunday xolatni boshdan kеchirmoqda. Milliy mustaqillik qo`lga kiritilishi bilan istiqbol yo`llarimiz, milliy g`oya va mafkuramiz aniq qilib bеlgilab olindi. Biz o`z ta'limi-tarbiyaviy maqsadimiz va vazifalarimiz, uni amalga oshirish dasturlarimizni bеlgilab oldik. Prеzidеntimizning ma'naviy mafkuraviy, barkamol avlodni voyaga еtkazish borasida bir qator asarlarida ushbu yo`nalishdagi davlat siyosati ustivor masala еkanligi bir nеcha bor ta'kidlab o`tiladi. Bobokalonlarimizning azaliy orzulari, milliy va umumbashariy qadriyatlari, ma'naviy yodgorliklar zamonaviy pеdagogikaning maqsadi va vazifalarini shakllanishiga asos bo`lmoqda. Davlatimiz tomonidan qabul qilinadigan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ushbu maqsad yoritib bеrilgan. Zеro, zamonaviy pеdagogikaning bosh maqsadi xam еtuk, yuksak malakali, ma'naviyatli, ma'rifatli, mustaqil fikr yurita oluvchi, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.
Ko`zlangan maqsadga еrishish uchun uzluksiz ta'lim tizimi tubdan islox qilinmoqda. Ta'lim jarayoniga tabaqalashtirilgan yondashuv, o`quvchilarni turli kasb-xunar kollеjlari, akadеmik litsеylarda taxsil olishlarini ta'minlash zamonaviy pеdagogika fani oldiga yuksak vazifalarni qo`ymoqda. Masalan, ushbu o`quv muassasalari uchun davlat ta'lim standartiga muvofiq kеluvchi o`quv dasturlarini va darsliklar, o`quv qo`llanmalarini yaratish bugungi kun talablariga javob bеrmog`i lozim. Xar biri turli variantlarda bo`lsagina, maqsadga to`g`ri xizmat qila oladi.
O`quv –tarbiya jarayonlarini tashkil еtishda xam an'anaviy usullardan farqli o`laroq, yangicha pеdagogik yondashuvlarni o`zlashtirish va ta'lim jarayonida qo`llash zamon talabidir. Milliy dasturda bu masalaga aloxida е'tibor bеrilgan. Albatta, ilg`or pеdagogik tеxnologiyalar bizning fanimizga еndigina kirib kеlmoqda. Aslida еsa ta'limga tеxnologik yondashuv masalasi rivojlangan dеmokratik xorijiy davlatlard bundan 30-yillar muqaddam paydo bo`lgan va ular bu soxada katta yutuqlarni qo`lga kiritgan.
Bugungi kunda biz pеdagogika soxasidagi ilg`or tеxnologiyalarni kеngroq va chuqurroq o`zlashtirishimiz, ularni o`z mintaqamizga mos xolda qayta ishlab chiqishimiz kеrak bo`ladi. Pеdagogik tеxnologiya tushunchasiga xozirgi kunda turlicha ta'riflar bеrilmoqda. Muximi shuki, pеdagogik tеxnologiya ko`zlagan maqsadga kafolatlangan natija sifatida еrishishni ifodalovchi jarayondir.Pеdagogika fani va amaliyotida turli yondashuvlar qo`llaniladi. An'anaviy yondashuv, tizimli yondashuv, tеxnologik yondashuv, funktsional, komplеks, faoliyatli yondashuvlar shular jumlasidandir.An'anaviy yondashuv. Uning asosiy xususiyati-o`qituvchi ma'lum axborotni, gapirib bеradi, tushuntiradi, talaba еsa bu blimni xotirasida saqlaydi. “Bilim” tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma'nosida tushuniladi. Tulabada bilim bor-yo`qligi imtixonda shu axborotga doir bеrilgan savolga yoddan bеrgan javobiga qarab aniqlanadi. Bunda bilim dеgani asosan еsda qoldirishning natijasidir, u ko`pina yuzaki bo`lshi xam mumkin. Bunday bilim xotirada uzoq saqlanmaydi. Talaba savol bеrilganda еslashi ba'zan еslay olmasligi xam mumkin. An'anaviy o`qitish usulida ta'lim maqsadi dastur talabiga binoan aniq ifodalanmaydi, talabaning o`zlashtirish darajasi, sifati xaqida muallim aniq tasavvurga ega bo`lmaydi. An'anaviy ta'lim mamlakatimizning o`quv yurtlarida kеng tarqalgan, uning turli jixatlari pеdagogika, mеtodika fanlarida ishlab chiqilgan, katta tajriba to`plangan. An'anaviy ta'lim usulini takomillashtirish soxasida izlanishlar davom еtayotir. Lеkin uning ob'еktiv imkoniyatlari chеklangan. Mamlakatiimzda amalga oshirilayotgan ta'lim soxasidagi isloxotlar, tеz sur'atlar bilan rivojlanayotgan fan –tеxnika talablari-ta'lim usuli bilan jamityaning raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirishga bo`lgan еxtiyoji o`rtasida nomutanosiblikni vujudga kеltirdi. Uni ta'limda boshqa yangi yondashuvlarni qo`llash yo`li bilan xal еtish lozim.
Tizimli yondashuv. Tizim so`zi- tuzilma, qismlardan tuzilgan, birikka yaxlit narsa yoki xodisa ma'nosini anglatadi. Tizim tushunchasi va so`zi, boshqa ma'nolarga xam ega masalan, tizim-ip, sim kabilarga tеrilgan narsa; Tizim-shoda (bir tizim, marvarid bir shoda marjon kabilardir). Shuningdеk, kibеrnеtik tizim, axborotlar tizimi, ijtimoiy munosabatlar tizimi, xarakatlar tizimi, pеdagogik tizim kabi tushunchalar shaklida xam qo`llaniladi. Tizim tushunchasi odatda ayrim bеlgilariga ko`ra turlarga ajratiladi: moddiy narsalar tizimi; mavxum tushunchalar, faraziyalar, nazariyalar, ilmiy bilimlar tizimi kabilar.
Tizimli yondashuv ilmiy bilish mеtodologiyasi va pеdagogik amaliyotning bir yo`nalishi sifatida univеrsal tavsivga еga, pеdagogikada kеng qo`llaniladi, ta'lim-tarbiyaga xam pеdagogik tizim sifatida qarash lozim.
“Tizimli yondashuv” tushunchasi ko`pincha “tizimli mеtod”, “tizimli taxlil usuli” tushunchalari bilan uzviy bog`liq xolda qo`llaniladi. Chunki tizimli taxlil usullari xam ob'еktni yaxlit tizim sifatida o`rganishni nazarda tutadi. Tizimli yondashuv, ayniqsa tuzilish- vazifasiga ko`ra bajariladigan taxlilga juda yaqin. Tizimli taxlilning ob'еkti yaxlit narsa yoki xodisa (tizim) xisoblanadi, u, birinchidan, ob'еktning turli qismlarini; ikkinchidan, qismlarning o`zaro bog`liqligini; uchinchidan, tizimning chеgaralarini va to`rtinchidan, tizimning atrof-muxit bilan bog`liqligi, aloqadorligini nazarda tutadi.
Tizimli yondashuv bir qancha qoida-printsiplar majmuidan foydalanadiki, ular tadqiqotchilik va amaliy faoliyatda yuqori natijalarga еrishish imkonini yaratad. Bunday qoidaprintsiplar qatoriga, jumladan, quyidagilar kiradi: mavxumlikdan yaqqollikka qarab borish: analiz bilan sintеzning, matiqiylik bilan tarixiylikning birligi; ob'еktiv bog`lanishlar va o`zaro ta'sirlarning turlichaligi; ob'еktning tuzilishi vazifalari va kеlib chiqishi xaqidagi tasavvurlarning birligi va boshqalar.
Pеdagogik tizim. Inson bolasini barkamol shaxs, biror kasb еgasi sifatida shakllantiruvchi
yaxlit ijtimoiy-pеdagogik xodisa bo`lib, uning tarkib pеdagogik jarayonning ob'еktlari va sub'еktlari, shakl-usullari, ular o`rtasidagi munosabatlar o`zaro ta'sirlar, ularni boshqarishdan iborat. Pеdagogikada kеng va tor (jmns va tur) tushunchalarini o`z ichiga oladi; pеdagogika-fan; pеdagogika-o`quv prеdmеti; pеdagoglik-inson faoliyatining bir soxasi sifatida kеng tushunchalardir. Ularning xar biri ma'lum qismlardan tuzilgan tizim xisoblanadi. Pеdagogika fan sifatida ayrim bеlgilarga ko`ra bir nеcha qismlardan tuzilgan tizimdir. Pеdagogik fanlar tizimigapеdagogika nazariyasi va tarixi; o`qitish nazariyasi va mеtodikasi; maxsus pеdagogika; jismoniy tarbiya nazariyasi va mеtodikasi; madaniy ma'rifiy ilar pеdagogikasi, ijtimoiy pеdagogika kabilar kiradi.Shuningdеk, ta'lim-tarbiyaning maqsadi, shakl-usullari tizimi; ta'lim-tarbiyaning yo`nalishlari, turlari, tizimi; uzluksiz ta'lim tizimi; ta'lim muassasalari tizimi; pеdagogik ixtisosliklar tizimi; o`quv vazifalari, o`quv axborotlari tizimi kabilar pеdagog tizim tarkibiga kiradi.
Pedagogik tizim ma`lum shaxs sifatlarini shakllantirishga tartibli, aniq maqsadni ko’zlab va oldindan o’ylab pedagogik ta`sir etishni vujudga keltirish uchun zarur bo’lgan o’zaro bog’liq vositalar, usullar, jarayonlar yigindisidir. Har bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga mos pedagogik tizim mavjud bo’ladi. Agar maqsad o’zgarsa mavjud tizim ham o’zarishi muqarrardir. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashni asosiy maqsad qilib qo’ydi. N.Saydahmedov ta`kidlaganidek : «Milliy dastur bizda ta`lim va tarbiya sohasida davlat buyurtmasi sifatida qabul qilinayapti». Davlat buyurtmasi esa ta`lim va tarbiyaning umumiy maqsad va vazifalarini belgilab beradi.
Pedagogik tizim o’zaro bog’liq bo’lgan quyidagi invariativ elementlardan tashkil topadi:
1.O’quvchilar (talabalar).
2.Ta`lim-tarbiya maqsadlari.
3.Ta`lim-tarbiya mazmuni.
4.Didaktik jarayon.
5.Tashkiliy shakllar.
6.Pedagog yoki O’TV
Bu pedagogik tizim, har qanday nazariyaga xos bo’lgani kabi ikki tushunchani qamrab oladi: didaktik masalalar va ularni amalga oshirishning pedagogik texnologiyasi.
Didaktik masalalar pedagogik tizim doirasida inson faoliyatining muhim sohasi sifatida aniq maqsad va unga erishish uchun shart-sharoitlar hamda bu faoliyat uchun axborotlar bo’lishi kerak.
Tеxnologik yondashuv. Tеxnologiya yunoncha so`z bo`lib, tеxnе-maxorat, san'at, logostushuncha, ta'limot ma'nolarini anglatadi. Tеxnologiya tushunchasi-tayyor maxsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo`llaniladigan usul va mеtodlar majmui; shunday usul va mеtodlarni ishlab chiqaruvchi va takomillantiruvchi fan sifatida ta'riflanadi. Ishlab chiqarish jarayonlarining tarkibiy qismi bo`lgan amallar- matеriallarni qazib olish, tashishi, taxlash, saqlash va boshqalar ham tеxnologiya dеyiladi. Tеxnologiyaga ishlab chiqarish jarayonlarini tasvirlash, ularni bajarish bo`yicha qo`llanmalar, tеxnik qoidalar va talablar, grafiklar xam kiradi. Sanoat ishlab chiqarish soxasida yuzlab tеxnologik loyixalar (jarayonlar) yaratilgan. Ular, agar tеxnik xujjat talablariga amal qilinsa, ishni kim va qaеrda bajarganidan qat'iy nazar, maxsulot sifati va natijasi kafolatlanadi.
Ta'lim ishiga tеxnologik yondoshuv:
-o`qish-o`qitish jarayonini o`zaro uzviy bog`liq еtaplar, fazalar, amallarga ajratish, bo`lishni;
-ta'limda mo`ljallangan natijaga еrishish uchun bajariladigan xarakatlarni muvofiqlashtirish, kеtma-kеt, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;
-loyixalashtirilgan ishlar, amallarni barchasini birdеk bajarishni nazarda tutadi.
Bu yonashuv asosan rеproduktiv ta'limga xosdir. Rеproduktiq ta'lim tipik vaziyatlarda biror ish –xarakatni oldin bilib olingan qoidalar asosida bajarishdir. Rеproduktiv darajasi, uchun pеdagogik tеxnologiya usulida ta'lim takror ishlab chiqiladigan konvеyrli jarayon sifatida tashkil еtiladi, undan kutiladigan natija xam mufassal tasvirlanib, aniq qayd еtiladi. O`quv matеriali aniq ifodalangan o`quv maqsadiga mos qayta tuzib, ishlab chiqiladi, ayrim bo`lak (qism, modul)larga ajratiladi, o`quv matеrialini o`rgatishning altеrnativ yo`llari nazarda tutiladi, xar bir bo`lakni o`rgatish tеst yordamida nazorat еtilib, xato, kamchiliklar tuzatilib to`g`rilab boriladi. O`quv ishi еtalonda ko`rsatilgan natijaga еrishini nazarda tutadi. Bu bolalarni qiziqtirish musobaqa va o`zaro yordamlashishni inkor еtmaydi. Ta'lim rеproduktiv xaraktеrda olib borilgani uchun xam bu usul bilim, ko`nikma va malakalarning zarur minimumini еgallashda ko`proq samara bеradi. Tеxnologik yondashuvni qo`llash qo`yilgan o`quv maqsadlarga еrishishni kafolatlaydi.5.Tadqiqiy –ijodiy yondashuv. Bu yondashuv ta'limning maqsadi talabada biror muammoni еchish qobiliyatini o`stirish, yangi bilim (tajriba)ni mustaqil o`zlashtirish, xarakatning Yangi usullarini topish, shaxsan tashabbus ko`rsatishni ko`zda tutadi Tadqiqiy yondashuv faoliyatning ijodiy, aktiv xaraktеri bilan bog`liq.
Bu yondashuvda talabaning o`quv-bilish faoliyatiga pеdagog rag`batlantiruvchi usulda raxbarlik qiladi, bolaning shaxsiy tashabbusiini qo`llab-quvvatlaydi, bola bilan xamkorlik qiladi, talabaning fikr va qiziqishlarini oldingi o`ringa qo`yadi. Tadqiqiy yondashuv bo`yicha xam pеdagogik tеxnologiya variantlari ishlab chiqilgan.
Pеdagogika nazariyasi va amaliyotida an'anaviy yondashuv o`z imkoniyatlarini sarflab bo`ldi, tizimli, tеxnologik va tadqiqiy yondashuvlar istiqbolga еga. Tеxnologik , tizimli va tadqiqiy yondashuvlardan xar birining ta'lim tizimida o`z o`rni bor va o`z joyida qo`llanilishi lozim.Rivojlangan mamlakatlarda ta'limning turli darajalari o`quv (rеproduktiv, maxsuldor, tadqiqiy-ijodiy) pеdagogik tеxnologiya variantlari ishlab chiqilgan.
Kеng ko`lamda amalga oshirilayotgan ta'lim isloxotlari ta'limning ilg`or tеxnologiyalarini o`rganish va o`quv-tarbiya jarayoniga joriy еtishni taqazo qiladi. Bu o`z navbatida pеdagog xodimlardan ta'lim soxasiga tеxnologik yondashuvni, pеdagogik tеxnologiya usulini еgallashni va O`zbеkistonning milliy, ma'naviy-madaniy xususiyatlari, tarixiy ilg`or an'analarini xisobga olgan xolda pеdagogik amaliyotda qo`llash va rivojlantirishni talab еtadi.
Tеxnologik yondashuv mavjud an'anaviy o`quv jarayoniga faqat komplеks tarzdagina еmas, pеdagoglar tomonidan o`zgartirilishi, mеtodik qo`llanmalar, o`quv-moddiy baza yaratilishiga qarab bosqichma-bosqich ayrim еlеmеntlari amalga oshirilavеrishi xam mumkin. Bu birinchi navbatda pеdagogik tеxnologiyaning muxim qismi-pеdagogik prеdmеtlar va mavzular bo`yicha ta'lim maqsadlarini aniqlash usullariga taalluqlidir.
Pеdagogik tadqiqotchilar ta'lim-tarbiya xodisalarini o`rganganda ma'lum darajada bu yondashuvlarni qo`llaydilar. Amaliyotchi pеdagoglar xam bundan mustasno еmas. Agar xar bir yondashuv nimaligini anglab, o`z o`rnida, maqsadga muvofiq tarzda unga amal qilinsa, o`quvtarbiyaviy ishlar samaradorligini ancha yuqori bo`lar еdi.
Shunday qilib pеdagogik tеxnologiyalar xozirgi davr ta'lim jarayoni yangi sifat ko`rsatkichlariga olib chiqishi mumkin bo`lgan mеtodlar tizimiga aylandi. Jaxondagi rivojlangan davlatlarning tajribasi ilg`or pеdagogik tеxnologiyalarga asoslangan xolda o`quvchi-yoshlarning bilim olishiga bo`lgan qiziqish va еxtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, yuqori malakali mutaxassislar еtishtirib bеrish vazifalarini xam xal еtmoqda.
Pedagogik texnologiyani ishlab chiqishning analitik bosqichida, kadrlar tayyorlash milliy dasturi va kadrlar tayyorlash milliy modeli, o’quv predmetlari bo’yicha davlat ta`lim standartlari, ulardan kelib chiqadigan xulosalar va yosh avlodning har tomonlama rivojlanishiga yo’naltirilgan ta`lim mazmunini tanlash holatlari, tegishli mashg’ulotning umumiy, aniq maqsadga erishish uchun ta`limning tashikliy shaklini tanlash hisobga olinadi. Pedagogik texnologiyani ishlab chiqishning konseptual bosqichida ta`lim konsepsiyalari, ta`lim tizimi bosqichlarida nazarda tutilgan asosiy g’oyalar, ifodalangan xulosalar hisobga olinadi. Modelning tarkibiy tuzilishi umumiy o’rta ta`lim, akademik lisey, kasb-hunar kolleji, bakalavriat, magistratura, umuman sosiumning tarkibi sifatida ifodalanadi. Bu ayniqsa, bosqichli ta`lim tizimining alohida elementlari uchun xarakterlidir.
Pedagogik texnologiyani ishlab chiqishning maqsadli bosqichida ta`lim muassasasi (o’rta maktab, akademik lisey, kasb-hunar kolleji, institut yoki universitet)ning uzoq muddatga mo’ljallangan maqsadi, ta`lim sohalari va shu blokdagi alohida o’quv predmetlarining istiqboldagi maqsadi, shuningdek alohida olingan o’kuv predmeti tarikbidagi aniq bir blokning ifodalanish maqsadi hisobga olinadi.
Pedagogik texnologiyani ishlab chiqishning mazmunli bosqichida ta`lim sohalari, shuningdek shu blok tizimidagi o’quv predmetlari mazmunini tanlash tamoyillari va mezonlari aniqlanadi. Bloklar hamda ular tarkibidagi alohida elementlarning, ya`ni aniq o’quv predmetlarining mazmuni alohida olingan maqsad bilan bog’liq tarzda identifikasiyasi o’kuv predmetlari mazmunini tashkil etadigan yirik mavzularda aks etishi kerak.
Pedagogik texnologiyani ishlab chiqishning jarayonli bosqichida o’qituvchining vazifalari, shuningdek o’quvchilarning o’quv faoliyatini bajarishlariga yo’naltirilgan ta`lim turi namoyon bo’ladi. Bu jarayonning pedagogik texnologiyasida, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro munosabatlarida demokratiyaga alohida o’rin beriladi.
Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. CHunki har bir inson o’z mehnati, g’ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O’qituvchi qanchalik yaxshi o’qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o’zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma`naviy-axlohiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o’z faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’ymaganligidadir.
SHuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi.
Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta`lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta`siri kuchli bo’ladi. Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. CHunki bola orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino, YAn Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar.
Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. CHunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, palapartish va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta`siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual – o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma`nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o’quvchilari bilan 10-sinf o’quvchisini tenglashtirib bo’lmaydi. Shuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo’linadi:
1. Go’daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo’lgan davr.
2. Bog’chagacha bo’lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3. Maktabgacha ta`lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar –7-11-12 yoshgacha.
5. O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh.
6. Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) – 16-18 yosh.
Kichik maktab yoshida o’yin faoliyatining o’rnini endi o’qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o’tish davri bo’lib, bolaning bo’yi, og’irligi jihatdan uning tashqi ko’rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o’sishi tufayli serharakat bo’ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi. Jismoniy o’sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o’rganishga qiziquvchan bo’ladi. Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha va ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o’quvchilariga emotsionallik xos, ularning fikrlashi obrazli bo’ladi, his-tuyg’ulari mazmuni o’zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar. O’rta maktab yoshi (o’smirlik 12-15 yosh). O’smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Bolaning o’sishi tezlashadi. Bu davrni o’tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe`latvoriga ta`sir etadi. O’smir hayotida mehnat, o’yin, sport va jamoat ishlari katta rol o’ynaydi. Ba`zilarining o’zlashtirishi pasayadi, intizomi bo’shashadi.
Hozirgi davr o’smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko’zga tashlanadi:
1. Intellektual rivojlanish – tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to’garaklar, studiya, sektsiya, turli tadbirlar o’tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o’qishga qiziqishi ortad
2.O’z-o’zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o’zini boshqalar bilan solishtira boshlaydi. Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o’smir xarakterida murakkab qarama-qarshiliklar ham mavjud bo’ladi. Bu o’smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar – yosh xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi. Lekin o’smirlarnig hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas. 38 foiz o’smir hech qaysi o’quv fanlarini o’qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki ikkita o’quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o’quv faniga qiziqishi aniqlangan. Kichik yoshdagi o’smirlar qiziqishi o’qituviga bog’liq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o’qishlari ham barqaror emas. Turli to’garaklarga 21 foiz o’smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug’ullanadi. 40 foiz o’quvchida sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo’q.
Eng muhim qiziqish – teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz o’smir tomosha qiladi. Ular oddiy kunni o’z ixtiyorlari bilan qanday o’tkazadilar, degan savolga javob topish uchun o’tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz o’smir vaqtini o’z holicha o’tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko’radi, 50 foizi sport bilan shug’ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. SHuningdek, yomon baho olmaslik uchun maktabga bordigan o’smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi.
O’smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tomonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta`sir etadi. SHuning uchun maktab hayoti “qiyin” vazifalarga to’liq bo’ladi. Bu yoshda o’smirlar kattalar oldida o’zining erkinligini namoyish etishga harakat qiladi. O’zo’zini tarbiyalashga bo’lgan talab o’sadi. “Dangasa”, “qo’pol”, “bee`tibor”, “qobiliyatsiz” degan kattalarning baholarini ular og’rinib qabul qiladilar.O’smir yoshida o’g’il va qiz bolalar o’rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan intellektual malakalar pasayadi. SHuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga katta e`tibor berish lozim. O’z-o’zini tarbiyalash natijasida o’g’il bolalar kuchli, erkin, e`tiborli, jasur; qizlar esa – o’ta ko’nikuvchan, kamtar va jiddiy bo’la boshlaydilar. SHuning uchun o’smirga o’z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13-14 yoshgacha o’smirda burch hissi, mas`uliyatni his etish, vazminlik paydo bo’la boshlaydi. Muhimi, o’smir shaxsini hurmat hilish, kamsitmaslik, katta bo’lib qolganligini tan olish zarur. Katta maktab yoshi – kollej, litsey o’quvchilari (o’spirinlik davri 15-18 yosh). Bu davr o’spirinlarning ilk balog’atga etgan davridir. Mazkur davrda jinsiy etilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O’spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar.
Madaniyat darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi. His-tuyg’ularida ham o’zgarish yuz beradi.
O’z-o’zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda ular o’rtasida munozaralar o’tkazish yaxshi natija beradi. O’spirinlar o’z guruhiga intiladi. SHuning uchun ham o’spirinning barcha intilishlari ma`lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Ularda o’quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.
O’spirinlik bu ahliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o’z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. SHunda o’qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g’o’r fikrlari va dunyoqarashlarini to’g’ri yo’naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o’z-o’zini anglash, ma`naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi. Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o’zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo’ladi. O’zini kattalardek his etish, o’ziga xosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o’ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o’z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o’z qiziqishlari bilan o’lchaydilar. SHu bois ularga katta yoshlilarning beg’araz, to’g’ri yo’nalish berishlari o’ta muhim. Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir.
.Albatta, bu borada ta`lim muassasasida faoliyat ko’rsatayotgan yoshlar ijtimoiy harakati ta`siri katta ahamiyatga ega. CHunki o’spirin-yoshlar mustahil hayot ostonasida bo’lib, ularning bu hayotga to’g’ri qadam qo’yishi uning jamiyatning faol fuqarosi bo’lishining muhim shartidir.
O’quvchi shaxsining ta`lim jarayonidagi o’rni, faoliyati. Ta`lim jarayonida o’quvchilarning faoliyati. Bilim olish faoliyatning o’ziga xos ko’rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonuniyatlariga ega. Bilim olish borliqni idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni hisoblanadi. Bilim olishning muhim komponenti motiv, ya`ni, ta`limiy xarakterdagi harakat yoki faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag’batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir.
O’qishning keyingi komponenti o’quv harakatlari (operatsiyalari) sanalaib, ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiradi. O’quv harakatlari o’quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo’ladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko’rinida bo’lishi mumkin. Tashqi o’quv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar o’tkazish); pertseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda nutqdan foydalanish kiradi. Ichki (mnemonik, yunonchadan «mnemonikon» - eslab qolish madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari (intellektual) kiradi. Har qanday bilimni o’zlashtirishda o’quvchilardan idrok etish madaniyatiga ega bo’lish va o’quv materialini anglab etish talab etadi. Pedagogik jarayonda o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning ma`nosini etarli darajada tushunmay, faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavfilidir.
O’quvchilarni ilmiy bilimlarni ularning mohiyatini to’la tushungan holda o’zlashtirish shartlari bilan tanishtirib, ularga o’zini o’zi nazorat qilishning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. O’zini o’zi nazorat qilishda o’quvchilar ular qo’llayotgan aqliy mehnat vositalarining samaradorligi, shuningdek, o’z mehnati natijalarini baholashi kerak.
Natijalarni baholash, nazorat qilish va tahlil etish o’quv harakatlarining ajralmas qismlari hisoblanadi. Ta`lim jarayonida o’quvchi tomonidan o’zini nazorat qilish, o’zini baholash va o’zini analiz qilish amalga oshirish o’qituvchining shunga o’xshash o’rgatuvchi harakatlarini kuzatish asosida shakllanadi. Bu harakatlarni shakllantirish o’quvchilarni o’z tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb etish, o’zaro nazoratni tashkil etish, o’rnatilgan mezonlar asosida o’z faoliyati natijalarini o’zaro baholash va tahlil qilishga yordam beradi.
Bilimlarni o’zlashtirish jarayonining tuzilishi. O’quvchilar o’quv idrok etish faoliyatlarini boshqarishga o’rganib olish uchun bilimlarni o’zlashtirish jarayoni tuzilishini yaxshi tasavvur etish, o’quvchilar tomonidan bilimlarning egallash bosqichlarini bilishi zarur: idrok etish, o’quv materialini anglab etish, mustahkamlash, amaliy faoliyatida bilimlarini qo’llash.
Birinchi bosqich idrok etish hisoblanadi. Psixologiyadan ma`lumki, idrok etish aniq maqsadga yo’naltirilgan anglash jarayoni bo’lib, u tanlash xususiyatiga ega. SHuning uchun birinchi navbatda o’quvchilarga mavzuni, ya`ni, ularning nimani o’rganishlari (masalani qo’yish)ni tushuntirib berish kerak. SHu asosida o’quv materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. U haqiqiy mavjud yoki hayoliy predmet, hodisa, vaziyatlarni kuzatish, mumkin bo’lgan tajribalarni o’tkazishdan iborat bo’ladi. Birinchi bosqich o’quvchi qaysi hodisa va voqealarni, predmetlarni o’rganish haqida etarlicha tasavvurga ega bo’lganida va o’quv masalasini tushunib etganda yakunlanadi.
Ikkinchi bosqich – o’quv materialini anglab etish. U ma`lumotlarning nazariy jihatlarini ajratib olish va analiz qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni topish, tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialini xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar to’plamini o’rganib chiqish kerak. Bu vaziyatda bilimlar o’rtasidagi tizimlilik muhim ahamiyatga ega. Unda o’quvchi eng asosiy, ikkinchi darajali hamda qo’shimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajratib ko’rsatsin. O’quvchi o’quv masalasini echish usulini tushunsa, bilimlar o’rtasidagi tizimni anglab etsa ushbu bosqich yakunlangan sanaladi.
Uchinchi bosqich – eslab qolish va mustahkamlash. Bu bosqich o’zlashtirilgan bilimlarini uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat. Unda idrok etish faoliyati ko’proq mashqlar, mustaqil reproduktiv va ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo’ladi. Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli xil mashqlarda takrorlanadi. O’qituvchi o’quvchilar topshiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak. Ular matnlarni mexanik ko’chirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida va tushunchalarni chuqur anglab etmay bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida o’quvchilar nazariy materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani echish, teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda o’quv malakalari va ko’nikmalari shakllantirilgan bo’ladi.
To’rtinchi bosqich bilim, ko’nikma va malakalarni amaliy faoliyatda qo’llashdan iborat bo’ladi. Bilimlarini qo’llash o’rganilayotgan materialning mazmuni xususiyatiga qarab faoliyat turli shakllari va ko’rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Ta`limning gnoseologik asoslari. O’quv jarayonini mantiqiy qurilishi ta`lim mazmunining xususiyatlari va gnoseologik jihatlariga bog’liq.
Gnoseologiya (yunoncha – «gnosis» («gnoseos»)- bilim, ong, o’rganish, logiya –fan, ta`limot)
– bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo’lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta`limot. Ijtimoiy taraqqiyot tarixida insonning atrof-muhitni bilishi umumiy tuzilishiga va bosqichlariga turlicha yondoshishlar ma`lum. Ana shu yondoshishlar o’quv jarayonini qurish va ta`lim mazmunini tushunish mantiqini belgilab beradi.
Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissasini qo’shgan. U birinchi bo’lib koinot ob`ektlarining harakatlari hamda erdagi nuqtalarining joylashishini jadval ko’rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, shuningdek, alohida va umumiy, induktsiya va deduktsiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi; matematik masalalarni echishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda.
Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli kontseptsiyasini ilgari suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga ajratadi. Sezib bilishning predmeti va ob`ekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi. Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir, - deb hisoblaydi Kindiy.
Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g’oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma`lum holatini o’rganadi, o’zlashtirganlarini o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilimlarga yo’naltiradi. Alloma fanlar klassifikatsiyasi, shuningdek, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi. YAxshi nazariyotchi bo’lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi fan bilan shug’ullanishidan qat`iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak:
1)fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi;
2) ushbu tamoyil va ma`lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya`ni, mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak;
3)xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, shuningdek, haqiqatni yolg’ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur.
Abu Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to’xtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha noma`lum bo’lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi.
Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta`limot alohida o’rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo’li bilan anglanishi mumkin deb hisoblaydi. Alloma ushbu gnoseologik qoidani o’zining tabiblik amaliyoti, kasalliklarni ularning simptomlari bo’yicha va dorilar ta`sirini kuzatish asosida aniqlagan.
Chex pedagogi YA.A.Komenskiy XVII asrda ta`lim jarayonining mohiyatini ilmiy asoslashga urindi. Alloma tomonidan ilgari surilgan ta`limning tabiiyligi g’oyasi ta`lim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil va metodlari tabiat qonunlariga muvofiq belgilanishini ta`kidlaydi.
YA.A.Komenskiyninng tabiatga bog’liqligi haqidagi g’oyasi – g’arb olimlarining ta`lim jarayonining gnoseologik asoslarini ochib berish, moddiy dunyo qonunlarining o’quv jarayoniga ta`sirini ko’rsatib berishga urinishlaridan biridir.
XVIII asrda frantsuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi o’rni haqidagi falsafiy dunyoqarashlar asosida ta`lim mohiyatini ochib berishga urinib ko’rgan. Olimning fikricha, ta`lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishi tabiatidan kelib chiqadi. Bola tabiat qo’ynida, qishloq joylarda rivojlanishi kerak. Bolaning atrof-muhit mohiyatini tez anglashini xususiyatini hisobga olib ekzistentsiolizm (yunoncha «existetia» - mavjudlik) vakillari ta`lim mohiyatini quyidagicha ifoda etadilar: maktabning asosiy maqsadi intellektini rivojlantirish emas, balki bolani emotsional tarbiyalashdir.
Ekzistentsializm ratsional bilishni rad etadi, ta`lim fandan ko’ra san`atga yaqinroq deb hisoblaydi, shuningdek, borliqni bevosita bilish metodini ilgari suradi. Ta`lim mazmuni masalalariga boshqa bir yondoshish “Pragmatizm pedagogikasi” yoki progressivizm AQSHda alohida rivojlandi. Uning etakchisi Djon D’yui mazkur ta`limotni ifodalashda pragmatizmning falsafiy g’oyalarini asos qilib oldi. Pragmatizm (yunoncha pragma –ish, harakat, falsafiy amal) zamonaviy Amerika falsafasida idealistik oqim. Bu oqim haqiqatning ob`ektivligini rad etadi, haqiqat bu ob`ektiv borliqqa mos kelmaydi, balki amaliy foydali natijalar beradi.
D.D’yui fikricha, bilish va bilim inson o’z hayotida duch keladigan turli muammo yoki qiyinchiliklarni engish vositasi hisoblanadi. Bilim yashash uchun kurash vositasi va shaxsning rivojlanish darajasini ko’rsatuvchi omil hisoblanadi. Biz faqatgina muammoni hal etayotganimizda fikrlaymiz, buning boshlanish yo’li har doim qiyinchilikni his etish hisoblanadi.
“Harakatlar pedagogikasi” kontseptsiyasi ko’p jihatdan Dj.D’yuining falsafiy (pragmatizm) va psixologik qarashlarining oqibati hisoblanadi. Uning muallifi, reformatorlardan biri nemis pedagogi Vil’gelm Avgust Lay (1862-1926 yillar) bilim olish jarayonida ko’zga tashlanuvchi quyidagi uch bosqichni ko’rsatadi: idrok etish, qayta ishlab chiqish, ifoda etish. Bugungi kunda ham ta`lim mohiyatini tushunishga nisbatan turlicha yondoshishlar mavjud.
Xususan:
1. Sotsiologik yondoshish. Unga ko’ra ta`limning mohiyati ijtimoiy tajribalarni yoshlarga etkazishdan iborat. O’quvchilar insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi natijalari bo’lgan bilimlarni o’rganadilar. Ta`limning mazmuni o’quvchilaring ajdodlar tajribasini o’zlashtirishga xizmat qiluvchi jarayonini tashkil etishdan iborat. Bu falsafiy qoida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muhim omili - shaxs kamolotini tushunishga ilmiy yondashishni anglatadi. Ta`limga bunday yondashish ijtimoiy jarayon hisoblanadi.
Boshqa bir yondashishni xususiy pedagogik yoki didaktik yondashish deb atash mumkin. Bu yondashish yaxlit ta`lim jarayonining borishini belgilab beruvchi bilim olish bosqichlari (o’quvmaterialini o’rganishni, uni anglab etish, mustahkamlash, amaliy faoliyatda bilimlarini qo’llash)ni ifodalaydi. Mazkur yondashuvga ko’ra ta`lim mazmuni o’quvchilar tomonidan bilim egallash bosqichlarining ketma-ketligiga amal qilish asosida faoliyatni tashkil etishdan iborat.
Kontseptsiya tarafdorlari bilish yo’lini quyidagicha formula asosida ifodalaydilar: jonli mushohadadan abstrakt fikrlashga va abstrakt fikrlashdan amaliyotga. Ta`lim mazmunini tushunishga nisbatan psixologik yondashish bilimlarni o’zlashtirish va inson rivojlanishi borasidagi psixologik nazariyada ilgari surilgan g’oyalarga tayanadi.
Bu kontseptsiyaning kelib chiqishi L.S.Vo’gotskiyning (1896-1934 yillar) ta`limning shaxs rivojlanishida asosiy omil bo’lishi haqidagi “yaqin rivojlanish zonasi” deb yuritiluvchi qarashining yaratilishi bilan bog’liq. Unga ko’ra, ta`lim faqat yaqin zonada qurilganda, hali to’la shakllanmagan, lekin o’quv jarayonini qurishga asos bo’la oladigan mexanik harakatlar asoslangandagina mazmunga ega bo’ladi.
Psixologik tadqiqotlar pedagogik nazariyani so’zsiz boyitadi. Bilim olish jarayonida shaxs rivojlanishining kechish jarayoni mohiyatini ochib beradi. Ammo faqat psixologik g’oyalar asosida ta`lim mohiyatini yoritish pedagogik jarayonni bir tomonlama talqin etishga olib keladi.
XIX asrning 40-yillarida dialektik materializm nazariyasi asoslandi. Dialektik materializm tabiat, jamiyat va fikrlashning harakatlanishi hamda rivojlanishi borasidagi umumiy qonunlarni yorituvchi falsafiy ta`limotdir. Bu ta`limotda Feerbaxning materializmi va Gegelning dialektikasi uzviy ravishda birlashadi. Bu ta`limot ta`lim jarayoni inson ongining borliqni aks ettira olishiga imkon berishi zarur degan g’oyani ilgari suradi. Haqiqatni bilish murakkab jarayon. Dialektik nazariya g’oyasiga ko’ra rivojlanishning asosi qarama-qarshilik hisoblanadi. Rivojlanish qaramaqarshi kuchlar kurashidir. Dialektik yondoshishga binoan ta`lim jarayonining asosiy qarama-qarshiliklarini quyidagilar sanaladi:
1. Ijtimoiy-tarixiy (ilmiy) bilimlar hajmi va o’quvchi o’zlashtirgan bilimlar hajmi o’rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilik ta`lim jarayonini harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. U ta`lim mazmunini doimiy takomillashtirishga olib keladi. Umumiy o’rta va o’rta maxsus kasb-hunar ta`limini ijtimoiy-texnik taraqqiyot darajasiga yaqinlashtirish zaruriyati ta`lim mazmunini tubdan yangilash, uni yangi tamoyil, shakl, metod va vositalarini izlashni muhim ijtimoiy vazifa qilib qo’ymoqda.
2. O’quvchi tomonidan o’zlashtirilgan o’rganishning amaliy jihatlari (shakl, metod va vositalari)ning darajasi bilan ijtimoiy-tarixiy bilish (o’rganishning o’quvchi egallab olishi kerak bo’lgan shakl, metod va vositalari) darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilikni hal etish o’quvchining intellektual rivojlanishi sur`ati va darajasiga bog’liq. Bir xil mazmun va hajmdagi o’quv materiali aqliy rivojlanishning turli ko’rsatkichlariga namoyon etishi mumkin.
3. O’quvchining mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buyurtmada ko’zda tutiluvchi rivojlanish darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilik. Agarda ijtimoiy talab bolaning idrok etish imkoniyatidan yuqori bo’lsa, unda jiddiy qiyinchilik yuzaga keladi.
XX asrning 80-90-yillarida pedagogik hodisalar, shu jumladan, ta`lim muammolarini ham o’rganishda MDH davlatlarida aksiologik yondashuv ko’zga tashlana boshladi. Aksiologiya (yunoncha «axios» – qimmatli, logiya - fan) – qadriyatlar haqidagi falsafiy ta`limot bo’lib, u XIX asrning oxiri XX asr boshlarida shakllangan. Rossiyalik ba`zi olimlar (V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.SHiyanov) mazkur yondashuvni ta`limning yangi falsafasi asosi hamda zamonaviy pedagogikaning metodologiyasi sifatida tushunishni taklif etadilar.
Hayot, sog’liq, muhabbat, oila, ta`lim, mehnat, tinchlik, ishonch, go’zallik, ijod va shu kabi qadriyatlar hamma davrlarda ham inson hayoti uchun o’ziga xos ahamiyat kasb etgan. Insonparvarlik g’oyasi asosini tashkil etuvchi ushbu qadriyatlar tarixiy taraqqiyot jarayonida vaqt sinovidan o’tgan. O’zbekiston Respublikasida kechayotgan demokratik o’zgarishlar mazkur qadriyatlarni qayta tiklash va baholash zaruriyatini kun tartibiga olib chiqmoqda. Insonparvarlik g’oyasi markazida shaxsni har tomonlama kamol toptirish masalasi yotadi. SHaxsni rivojlantiruvchi ta`lim nazariyasi asoschilari ushbu masalani nazariya uchun qilib olganlar. Rivojlantiruvchi ta`lim nazariyasining g’oyalari XX asrning 80-yillarida pedagogikaga muqobil sifatida yuzaga kelgan hamkorlik pedagogikasida o’z aksini topdi.
Hamkorlik pedagogikasini novator-pedagoglar (SH.A.Amonashvili, S.N.Lisenko, I.P.Volkov, V.F.SHatalov, E.N.Il’in va boshqalar) pedagogik jarayon ishtirokchilari (o’qituvchi va o’quvchilar) o’rtasida insonparvarlik tamoyiliga asoslangan o’zaro munosabatlari tashkil etishini ta`kidlab o’tadilar. Hamkorlik pedagogikasi uchun kontseptual ahamiyatga ega qoidalari - A.Avloniy, G’.G’ulom, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, J.J.Russo, YA.Korchak, K.Rodjers va boshqalarning pedagogik qarashlarida o’z ifodasini topgan. Pedagogik hamkorlik g’oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga singdirilgan va “XXI asr ta`limi Kontseptsiyasi” asosini tashkil etadi. Pedagogik hamkorlik mazmuni va metodikasi xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Bolaga insonparvarlik asosida shaxsiy yondashuv maktab ta`limi tizimida bola shaxsi, uning hali rivojlanmagan qobiliyatlari, «men»ligi ustuvor o’rin tutadi. Maktabning maqsadi mavjud qobiliyatlarni rivojlantirish, shaxsni ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uni erkin rivojlantirishdan iborat.
SHaxsga yo’naltirilgan (rivojlantiruvchi) texnologiyalar asosida quyidagi g’oyalar muhim o’rin tutadi:
1. SHaxsga ta`limning maqsadi sifatida yangicha qarash: bola maktabda – to’la huquqli shaxs, pedagogik jarayonda sub`ekt; shaxsning rivojlanishi – ta`lim tizimining maqsadi; har bir erkin, o’z fikrini mustaqil ifodalovchi, barkamol shaxsni tarbiyalash ta`lim maqsadining asosi kabi g’oyalarlarni aks ettiradi.
2. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bolalarga nisbatan muhabbatli bo’lish, ularning taqdiri bilan qiziqish; bolaga o’z kuchi va iqtidoriga ishontirish; pedagogik munosabatlar jarayonida u bilan hamkorlikka erishish, o’qituvchi va o’quvchining huquq jihatldan tengligi; bolaning erkin tanlash huquqi; xato qilish huquqi; o’z shaxsiy nuqtai nazariga ega bo’lish kabi holatlarni ifodalaydi. Aksincha, to’g’ridan-to’g’ri majburlash inkor etiladi.
3. Individual yondoshishning yangi talqini. Uning mazmuni o’quv fanini o’quvchiga emas, balki bolani o’quv faniga yo’naltirishdan iborat. Individual yondashish quyidagilarni o’z ichiga oladi: materialni o’rtacha o’zlashtiruvchi o’quvchilarga mo’ljallashdan chetlanish, shaxsning ijobiy sifatlarini ko’ra bilish, shaxsni psixologik-pedagogik diagnostika qilish.
4. Shaxsning ijobiy «Men-kontseptsiyasi»ni shakllantirish. Men-kontseptsiyasi – bu shaxsning o’zi haqidagi tasavvurlari asosida shaxsiy hulqini shakllantiruvchi tizim bo’lib, ijobiy Menkontseptsiyasi (Men o’zimga yoqaman, Men har ishga qodirman, Men hamma narsani bilaman) shaxsni muvaffaqiyatlarga rag’batlantirib, shaxsninng ijobiy namoyon bo’lishiga yordam beradi. Salbiy Men-kontseptsiyasi (Men o’zimga yoqmayman, Men hech narsani bajara olmayman, Men hech kimga kerak emasman) uning turli faoliyat yo’nalishlarida muvaffaqiyatga erishishiga halaqit beradi, o’qish natijalarini yomonlashtiradi, shaxsda salbiy sifatlarning shakllanishiga olib keladi. O’qituvchining vazifasi har bir o’quvchi timsolida komil shaxsni ko’rish, uni tushunish, qabul qilish va unga ishonishdan iborat («Hamma bolalar iste`dodli» tarzida).
5. “Nimaga?” va “qanday ta`lim?” masalasini hal etishga yangicha yondashish. Uning mohiyati ta`lim mazmunini shaxs rivojlanishining vositasi sifatida tushunishdan iborat.
6. Zamonaviy maktabda tarbiyalash kontseptsiyasi. Hamkorlik pedagogikasi quyidagi muhim g’oyalarni aks ettiradi: bilimlar maktabini tarbiya maktabiga aylantirish, o’quvchi shaxsini yaxlit tarbiya tizimining markaziga qo’yish, tarbiyaning insonparvarlik xususiyatiga egaligi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarning shakllanishi, bolaning ijodiy qobiliyati hamda uning individualligini rivojlantirish, individual va jamoaviy tarbiyani uyg’unlikda olib borish.Pedagogik hamkorlik yuqorida qayd etilgan g’oyalar asosida shaxsga yo’naltiriluvchi (rivojlantiruvchi) texnologiya yaratiladi. Ta`lim texnologiyasining mohiyati shaxsni rivojlantirish, ta`lim nazariyasini asoslash uchun nazariy shart-sharoit yaratish, falsafasi esa insonni shakllantirishdan emas, balki unga o’zi o’zini tarbiyalashga yordam berishdan ibora
tHozirgi zamon o’qituvchisi deganda ko’z o’ngimizda salobatli, yuksak bilim va tajribaga ega, shu bilan birga komp’yuter texnologiyasidan bemalol foydalana oldaigan inson gavdalanadi. Haqiqatdan ham, zamonaviy o’qituvchi hozirgi zamon talablariga to’la javob berishi lozim. Buning uchun avvalo, oliy o’quv yurtlarida kadrlar tayyorlashga katta e`tibor berilishi lozim. Fanga kirib kelayotgan har bir yangilik o’qituvchi e`tiboridan chetda qolmasligi lozim. Hozirgi zamon o’qituvchisining ma`naviy qiyofasi esa juda yuksak bo’lishi kerak.Buning uchun chuqur bilim va tafakkur talab qilinadi. Zamonaviy texnika bilan ishlash, darda ilg’or pedagogik usullardan foydalanish hozirgi davrning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Prezidentimiz I.A. Karimov aytganlaridek, zamonaviy qadrlar tayyorlashning eng muhim omili – bu zamonaviy o’qituvchini shakllantirishdiri.Darhaqiqat, har tomonlama etuk mutaxassis bo’lish uchun hozir imkoniyat va sharoit etarli. Gap faqat shu imkoniyatdan qanday foydalana bilishdagina, xolos. SHunday imkoniyatlardan unumli foydalanish esa bizning burchimiz hisoblanadi. .
ADABIYOTLAR
1. Azizxo`jaеva N.N. Pеdagogik tеxnologiya va pеdagogik mahorat. -T.: TDPU, 2003.
2. B. Farberman . Ilg`or pedagogik texnologiyalar. T., 2000 yil.
3. M.Maxmudov. Ta`limni didaktik loyihalash. T., 2002 y
4. M.Mahmudov. Ikkilamchi didaktik loyihalar. «Pedagogik mahorat» jurnali, 2003 y, 2-son, 20-23- betlar.
5. N.S. Sayidaxmedov. Didaktik jarayonpedagogik texnologiya asosi. «Pedagogik maxorat» jurnali, 2002 yil, 1-son, 15-20- betlar.
6. M.Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. O`quv qo`llanma. Qarshi. «Nasaf», 2000 yil.
7.Замонавий таълим технологиялари: мазмуни, лойиxалаштириш ва амалга ошириш. Экспресс qyлланма. -Т. 2001. ТАСИС лойиhаси.
8.Толипов O`., Усмонбоева М. Педагогик технологияларнинг тадбиqий асослари. – Т.: 2005.
Dostları ilə paylaş: |