Bilishga qiziqish o‘qishning eng muhim va eng qimmatli motivi sifatida bolani maktabga, darslarga, o‘z bilish faoliyatiga nisbatan ijodiy munosabatiga ko‘maklashadi. O‘quvchilarning bilishga qiziqishi motiv sifatida rivojlanishi o‘ziga xos uzoq yo‘liga ega bo‘lishi mumkin. Ayrim o‘quv- harakatlari ta’sirchisidan to butun faoliyatning ustuvor motivigacha. Hatto o‘qishning etakchi motivlaridan biriga aylanib, qiziqish shaxsning ma’naviy boyishiga ko‘maklashuvchi umumiy yo‘nalganligining ahamiyatli qismiga aylanishi mumkin. Har qanday motiv singari bilishga qiziqish ajralgan holda rivojlanmaydi, uning tiklanishi boshqa motivlar (axloqiy, ijtimoiy, o‘quv va h.k.) bilan birga kechadiki, qiziqish ular bilan boyiydi va ularga ijobiy ta’sir etadi. Ma’lumki, o‘quv jarayoni modeli o‘zida uch tarkibiy qismni aks ettiradi: o‘qituvchi faoliyati, o‘quvchi faoliyati hamda o‘qituvchi va ta’lim oluvchilarning jadal o‘zaro faoliyati. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro harakatini konstruktiv pedagogika nuqtai nazaridan qator belgilariga ko‘ra tasnif etish mumkin: yo‘nalganligiga ko‘ra (qayta aloqalar bilan yoki qayta aloqalarsiz); axborot jarayonining turiga ko‘ra (o‘zaro harakatni tashkil etishda axborot jarayonining yo‘nalganlik darajasi); boshqarish va axborotlarni uzatish vositalari turiga ko‘ra. O‘quvchilar bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida turli darajadagi faollikni namoyon etishadi. Ana shu sababli, o‘quvchilarga bilimlarni sust ravishda qabul qiladi kabi nuqtai nazardan qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shu sababli bilish faoliyatiga quyidagicha yondashish zarur: o‘quv faoliyatining inkor etilmagan tavsifi asosida unga munosabat o‘zgaradigan bilishning quyi darajasi; quyidan mo‘tadillashgan bosqichga o‘tish sifatidagi vaziyatli faoliyat; o‘quv jarayonida ijro etuvchilik faoliyati; o‘quvchining sub’yektiv nuqtai nazarini maksimal darajada ochishga imkon beruvchi ijodiylik. Yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, bilish faolligi ko‘rsatkichi sifatida mo‘tadillik, ishtiyoq, o‘rganishning anglanganligi, ijodiy namoyon bo‘lishi, nostandart o‘quv vaziyatlaridagi xulq-atvor, o‘quv vazifasini hal etishdagi mustaqillik va boshqalarni aytib o‘ tish mumkin (4-rasm). O‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi ishtiroki va faolligining namoyon bo‘lishi - bu rivojlanib boruvchi, o‘zgaruvchan jarayon. O‘qituvchi yordamida o‘quvchilarning bilish faolligi quyi darajadan vaziyatli-faollikka, undan faol ijrochilikka o‘tib boradi. Ko‘p jihatdan o‘quvchining bilish faolligi ijodiylik darajasiga ko‘tarilishi yoki ko‘tarilmasdan qolishi o‘qituvchiga bog‘liq.
4-rasm. O‘quvchilarning bilish faoliyati ko‘rsatkichlari
Didaktlaming ishlarida shu narsa yaqqol ko‘rinadiki, o‘quv jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi munosabat sub’yekt-sub’yekt tavsifiga ega bo‘lishi zarur. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim - bu keng tarzda sotsiumning bo‘lajak a’zosini umumiy mehnat, hamkorlikka o‘rgatish uchun zarur bo‘lgan birgalikdagi faoliyat. Hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlash nuqtai nazaridan zamonaviy ta’lim jarayonini ko‘rib chiqish asosida o‘quvchilarning rollar orqali namoyon bo‘lishi quyidagicha ko‘rinish kasb etadi: