Reja: Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari


Tarbiya jarayonining mazmuni



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə29/80
tarix28.09.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#150262
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80
PEDAGOGIKA FANI UNI O`QITISH PREDMETI VA METODOLOGIYASI

Tarbiya jarayonining mazmuni. Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga etkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.
Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda ob’ektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi.
Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat – yo xalokat masalasidur»1. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning asosiy g‘oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e’tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlari, chunonchi, «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan.
Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.
Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o‘zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi.
Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham o‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o‘quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o‘quvchilar jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o‘zini o‘zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola o‘z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo‘lib qoladi.
Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin