Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning bosh maqsadi amaliy takomillashtirish uchun zarur «aniq» ilmiy bilimlarni uzatish va o‘zlashtirishdan kelib chiqadi. «Bilim - kuch», shuning uchun inson qadr-qimmatini uning bilish imkoniyatlari aniqlab beradi. Inson o‘ zini o‘ zicha emas, faqat aniq belgilangan etalon (o‘ rtacha namuna, standartlashgan)dagi bilish yoki xulq-atvor sohibi sifatidagina baholaydi. Texnokratik paradigma sharoitida o‘quv-tarbiya jarayonining istalgan natijasi «ha- yo‘q», «biladi - bilmaydi», «tarbiyali - tarbiyasiz», «egallagan - egallamagan» tizimida baholanishi mumkin. Bu yerda tayyorgarlik, ma’ lumotlilik, tarbiyalanganlik darajasi tekshirib aniqlanadigan qandaydir etalon, ideal mavjud bo‘ladi. Ezoterik paradigma. Bu bizning sayyoramizdagi eng qadimiy ta’limiy paradigmalardan biri. Mazkur so‘zning yunonchadan so‘zma-so‘z tarjimasi «sirli», «yashirin» ma’nolarini bildiradi. Uning mohiyatini abadiy va o‘zgarmas Haqiqatga munosabat tashkil etadi. Ushbu paradigma tarafdorlarining fikricha, haqiqatni shunchaki bilish mumkin emas, unga vijdon pokligi orqali erishish mumkin. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi o‘quvchining tabiiiy kuch va imkoniyatlarini yuqori darajadagi ongga ega bo‘lish, Kosmos bilan muloqot uchun sarf etish va rivojlantirishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchining muhim muhofaza qiluvchi funktsiyasi ta’lim oluvchilarning axloqiy, jismoniy, psixik tayyorgarligini amalga oshirish va mavjud kuchlarini rivojlantirishdir. 4.O‘qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari. O‘qitish - o‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar yuzaga chiqadi. O‘qitish (didaktik) jarayonining mohiyatini quyidagi formula yordamida to‘liq anglash mumkin: DJ=M+Ao‘f + Ao‘fb Bu yerda: