Reja: Pedagogika fani va uning asosiy kotegoriyalari. Pedagogik fanlar tizimi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Ilmiy pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish. Foydalanish uchun adabiyotlar
Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha talim pedagogika psixologiya yunalishi 22-02 guruh talabasi Abduxoliqova Feruzaning ijtimoiy pedagogika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
fan oqituvchisi: Qurbonova Zebinoso
Ijtimoiy pedagogikaning kategoriyalari
Reja: 1. Pedagogika fani va uning asosiy kotegoriyalari.
2. Pedagogik fanlar tizimi.
3. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
4. Ilmiy pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish.
Foydalanish uchun adabiyotlar: Ibragimov X.I. Pedagogika nazariyasi T.: “Fan va
texnologiyalar” nashriyoti 2008.
2.Pedagogika. M.To’xtaxo’jaevaning umumiy taxriri ostida. –
T.: O’zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.
3.Askariva O.M., Xaitboev M., Nishonov S. Pedagogika –T.:
O’zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.
4.Ibragimov X.I. Abdullaeva SH. Pedagogika nazariyasi. –T.:
“Fan va texnologiyalar”nashriyoti, 2008.
Elektron ta`lim resurslari http://www.edunet.uz; http://www.ziyonet.uz;
http://www.istedod.uz 1 - Pedagogika predmeti. Pedagogika (yunoncha - paidagogike bo’lib, paidagogos «bola» va «etaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o’rganadigan fan.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o’qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi
Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o’rgatuvchi», didasko «o’rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va o’qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.
Tarbiya nazariyasi– pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o’rganadi. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tamonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptiruvchi uzluksiz jarayonidir. Tarbiya turlari:iqtisod tarbiyasi, aqliy, axloqiy jismoniy tarbiyasi, estetik tarbiya, gigenik tarbiya, ekologik tarbiya, mehnat tarbiyasi, … SHarqda buyuk allomalar - Muhammad Muso al-Xorazmiy,
Abu Nasr Forobiy, Abu Rayќon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,
Ahmad al-Farg’oniy, g’arbda esa T.Mor, T.Kampanella, E.Rotterdamskiy, F.Rable, M.Montenь va boshqalar tomonidan har tomonlama rivojlangan, ruhiy va jismoniy jihatdan sog’lom, antik dunyo va burjaziya davri yutuqlari asosida ilmiy bilimlarni o’zlashtira olgan shaxsni tarbiyalash g’oyasi ilgari surildi va puxta asoslab berildi.
Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy jihatdan asoslandi. Bu o’rinda pedagogika fani rivojiga o’zining munosib hissasini qo’shgan mutafakkirlar:
G’arbda - Ya.A.Komenskiy, D.Didro, J.J.Russo, F.Gerbart, V.V.Disterveg, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, SHarqda I.Ibrat, S.Siddiqiy, A.SHakuriy, S.Ayniy, A.Avloniy, A.Fitrat, H.H.Niyoziy, M.Abdurashidov, M.Behbudiylar shaxsga ta’lim berish va uni tarbiyalash borasidagi šarashlarni yanada boyitdilar hamda ta’lim tizimiga ilm-fan, texnika yangiliklarini tadbiq etish, o’qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz, asoslangan) asosida tashkil etish kabi g’oyalarni ilgari surdilar.