Reja Pedagogning o‘zini-o‘zi boshqarish muammosi Guruhni boshqa
Tafakkurni o‘z- o‘zida boshqarishning asosiy usullari quyidagilardir:
hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifa shartlarni diqqat bilan tahlil qilish;
talab qilingan natijani berilgan shartlar bilan solishtirish, bunday maqsad kerakli natijani olish uchun yetishmagan narsani aniqlash;
doimiy ravishda mashq o‘tkazib borib, tafakkurni chiniqtirish;
tafakkurni aniq yo‘nalishdagi mashqlar bilan chiniqtirish, ya’ni ketma- ket izlanish va yetarli darajada hal qilinishning alternativ yo‘llarni ko‘rib chiqish (bu – vosita anglash jarayoni “sikllanish” deb nomlanadi)
vazifani hal qilishning yo‘llari bilan bog‘liq bo‘lgan aniq farazlarni o‘z ichida yoki ovoz chiqarib so‘zlash (gapirish).
Bajarib bo‘lingan xatti-harakatlar natijalarini va faraz(g‘oya)larni doimiy ravishda yozib borish.
O‘z-o‘zini emotsional boshqarish organizmning muskul to‘qimalari tizimini boshqara bilish qobiliyatiga asoslangan emotsiogen holatlarni tahlil qilib, tafakkurni ongli ravishda faol jalb etish.
Hozirgi zamon maktabi muallimlik shaxsi va kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan sifat va fazilatlarni egallagan, yangicha fikrlaydigan, ijtimoiy faol pedagoglarni talab qilmoqda.
Ana shunday qator muammolarni oqilona hal qilishning eng muhim omillaridan biri pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etishdir. Shunga binoan mamlakatimiz ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ham kadrlar tayyorlash sifatini jahon talablari darajasiga yetkazishdir. Endilikda oliy ta’lim muassasalari oldiga faqatgina o‘qimishli insonni emas, balki voqealarni oldindan ko‘ra biladigan, to‘g‘ri qaror qabul qila olish mahoratiga ega, o‘zini-o‘zi rivojlantirish zaruriyatini tushunib yetadigan oqil va barkamol shaxsni tarbiyalash muammosi qo‘yilmoqda.
Pedagogning shaxsiy va kasbiy tayyorgarlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, bolalar bilan ta’lim va tarbiyaviy munosabatlarni yaxshi yo‘lga qo‘ya oladi. Pedagogning shaxsiy namunasi va obro‘-e’tibori ta’lim-tarbiya jarayonida bolada qat’iy nuqtai nazarni shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi.