Amaliy protokollar – ilovalarning muloqoti va ular o‘rtasidagi axborot almashinuvini taminlaydi. Ularning ko‘p ishlatiladigan va taniqliligi quyidagilardir:
· FTAM (File Transfer Access and Management) – fayllarga ega bo‘lish OSI protokoli;
· X.400 – elektron pochtalarni xalqaro almashish uchun CCITT protokoli;
· X.500 – bir necha sistemada fayl va katalog xizmati CCITT protokoli;
· SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) – elektron pochta almashinuvi uchun Internet global tarmoq protokoli;
· FTP (File Transfer Protocol) – fayllar uzatish uchun Internet global tarmoq protokoli;
· SNMP (Simple Network Management Protocol) – tarmoq monitoringi, tarmoq qisimlarini nazorat va ularni boshqarish protokoli;
· Telnet – Internet global tarmoq protokoli, u uzoqdagi xostlarni qayd qilish va ularda axborotga ishlov berish vazifasini bajaradi;
· Microsoft SMBs (Server Message Blocks, bloki soobsheniye servera, serverni xabar berish bloklari) va mijoz qobig‘i yoki Microsoft redirektorlari;
· NCP (Novell Net Ware Core Protocol) va mijoz qobig‘i yoki Novell redirektorlari.
Tarmoq protokollari – manzillash, yo‘naltirish, xatoliklarni tekshirish va qayta uzatish so‘rovlarini boshqaradi. Ularni ko‘p ishlatiladiganlari quyidagilar:
· IP (Internet Protocol) – axborot uzatish uchun TCP/IP – protokoli;
· IPX (Internet Work Packet Exchange) – paketlarni uzatish va yo‘naltirish uchun mo‘ljallangan Net Ware firma protokoli;
· NW Link – IPX/SPX protokollari Microsoft firmasining tadbiqi;
· Net BEUI – transpotr protokoli – u axborotlarni tegishli vaqtda uzatish va Net BIOS ilovasi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, protokollarni loyixalashtiruvchilar yuqorida ko‘rsatilgan bosqichlarga xar doim xam rioya qilmaydilar. Masalan, bazi protokollar OSI modelining bir necha bosqichlarining vazifalarni bajarsa, boshqa protokollar bir bosqichning bazi vazifalarini bajaradi. Bu xol turli firma protokollarini ko‘pincha o‘zaro mos tushmasligiga olib keladi, yana bu protokollar o‘zi tuzgan protokol to‘plamida (stek) muvafaqiyatli ishlatilishi mumkin, ular u yoki bu xolda tugallangan gurux vazifalarini bajarishi mumkin. Xuddi shu tarmoq operatsion sistmasini «firma» qilish mumkin, ya’ni ochiq standart OSI modeli bilan o‘zaro mos tushmaslikka olib keladi.
Misol tariqasida 2.1, 2.2 va 2.3 – rasmlarda protokollarning nisbati sxematik ravishda keltirilgan. Unda standart OSI modeli bosqichlari bilan taniqli va ishlatiladigan firma tarmoq operatsion sistemalarining mosligi taqqoslangan, chizmalardan ko‘rinib turibdiki amalda xech bir bosqich bilan ideal model bosqichlarining aniq mos tushishi kuzatilmaydi.
2.1 – rasm. Windows NT operatsion sistemasi protokollari bilan OSI modeli bosqichlarini solishtirish
OSI NetWare
2.2 – rasm. Net Ware operatsion sistema protokollari bilan OSI modeli bosqichini solishtirish
OSI Internet protokollar to‘plami
2.3 – rasm. Internet tarmoq protokollari bilan OSI modeli bosqichlarini solishtirish
Endi ko‘p tarqalgan bazi protokollar xaqida to‘xtalib o‘tamiz.
Mantiqiy ulanishsiz muloqot usuli (Metod deytogramm) – Qadimgi va sodda usul, unda xar bir paket mustaqil ob’ekt sifatida qaraladi (2.4rasm). Paket mantiqiy kanal o‘rnatilmasidan uzatiladi, ya’ni qabul qiluvchi qurilmasini axborot qabul qilishga tayyorligni aniqlovchi xizmatchi paket jo‘natilmasdan va shuningdek mantiqiy kanalni yo‘q qilmasdan, ya’ni uzatish tugagani xaqida xabar beruvchi paketsiz. Paket qabul qiluvchiga yetib bordimi yoki yo‘qmi nomalum (paket olinganligi xaqidagi xabar yuqoriroq bosqichga qoldiriladi).Deytagramma usuli qurilmalarga qo‘yiladigan talablarni oshiradi (chunki qabul qiluvchi qurilma xar doim paketni qabul qilishga tayyor bo‘lishi kerak). Usulning afzalliga shundaki, uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar bir-biriga bog‘lanmagan xolda ishlaydilar, paketlar bufer xotira qurilmasiga to‘planib so‘ng birdaniga uzatilishi mumkin, xamma abonentlarga paketni bir vaqtning o‘zida manzillash mumkinligida. Usulning kamchiligi – paketning yo‘qolish extimoli borligida, shuningdek qabul qiluvchi qurilma yo‘q bo‘lsa yoki tayyor bo‘lmagan xolda tarmoq befoyda paketlar bilan band bo‘lish extimoli mavjud.
Dostları ilə paylaş: |