Reja: Pulning nominallik nazariyasining yuzaga kelish shart-sharoitlari va asosiy qoidalari. Asoschilari va namoyondalari: J. Berkli, G. Knapp, F. Bendiktsen. Pulning nominallik nazariyasini XX asdda rivojlanishi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə5/8
tarix14.02.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#84213
1   2   3   4   5   6   7   8
1-реферат

1. Oltin tanga standarti
Oltin standarti birinchi marta XVIII asrda Angliyada va XIX asrning oxirlarida boshqa mamlakatlarda joriy etildi. Bu standart oltin monometalizmi deb ham ataldi. Oltin tanga standarti oltin standartining ilk ko`rinishidir. Bu standart I Jahon urushi boshlanishiga qadar hukm surdi.
Oltin tanga standartiga xos bo`lgan belgilar quyidagilardan iborat bo`lgan: tovarlarning baholari faqatgina oltinda o`lchanishi; oltin tanganing muomalada bo`lishi; davlat xazinasi tomonidan cheklanmagan miqdorda moneta zarb qilinishi; kredit pullarni ularning nominali bo`yicha oltinga erkin almashtirilishi; oltinni olib kirish yoki olib chiqishning taqiqlanmaganligi; ichki bozorda oltin moneta va banknotalar bilan birga haqiqiy qiymatga (ya`ni, to`la haqiqiy qiymatga) ega bo`lmagan chaqalar va ma`lum kursga ega bo`lgan davlat qog`oz pullarining muomalada bo`lishi.
Bu tizim mustahkam pul tizimi bo`lib, inflyatsiyani inkor etar edi. Muomala uchun zarur bo`lmagan oltin miqdori yana xazina ko`rinishiga qaytar edi. Ammo kapitalizmning krizisi davrida bu muvozanat izdan chiqdi. II Jahon urushi davrida AQShdan boshqa urushayotgan davlatlar banknotalarni oltinga almashtirishni va oltinni chetga olib chiqishni bekor qilishdi. Oltin muomaladan surib chiqarilib xazinaga aylantirildi. AQShda esa oltin monetalar 1934 yilga qadar muomalada bo`ldi.
2. Oltin quyma standarti
I Jahon urushidan keyin, 20-yillarda ba`zi mamlakatlarda oltin quyma standarti joriy qilindi. Bu standartning oltin tanga standartdan asosiy farqi shunda ediki, muomaladagi banknotalar 12-12,5 kg. atrofidagi oltin quymalarga almashtirilardi. 12,5 kg. lik quymaga banknotani almashtirish uchun Angliyada 1700 ft. st., Frantsiyada 215 ming fr. talab qilinar edi. Bu bilan oltin muomaladan xalqaro aylanmaga chiqarildi. Ichki aylanmada esa bunday imkoniyatga faqatgina yirik firmalar va puldorlar ega bo`lib qoldilar, xolos.
3. Oltin deviz standarti
Oltin quyma standartga kirmagan mamlakatlarda banknotalarni bevosita oltinga almashtirish tiklanmadi. Bu mamlakatlar o`z kredit pullarini oltin quyma standartga kiruvchi mamlakatlarning devizlariga (ya`ni valyutalariga) almashtirishni mo`ljallangan edilar. Bu bir mamlakat valyutasining ikkinchi davlat valyutasiga bog`liqligini keltirib chiqarar edi. Pul tizimining bu ko`rinishi oltin deviz standarti nomini oldi.


3.J.M.Keynsning "likvidlikni avzal ko'rish" nazariyasi. Pullarga bo'lgan talab omillari: tranzaksion omil, ehtiyotkorlik omili, spekulyativ omil. J.M. Keyns nazariyasining rivojlantirilishi.

O‘zining 1936 yilda chop etilgan, - "Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" mashxur kitobida Djon Meynard Keyns klassik yondashishdan bosh tortdi, aylanish tezligining doimiy ekanligi to‘g‘risidagi va pulga bo‘lgan talab nazariyasini ishlab chiqdi , protsentli stavkalarning rolini alohida e’tiborga olib, bu pulga bo‘lgan talab nazariyasi likvidlikni ustun ko‘rilishi deb nomlanadigan nazariya“nega aholi pulni ushlab turadi?“ degan savolga javob beradi. U taxmin qildiki pulga talab 3 ta sabab orqali izohlanadi : transaksionli, spekulyativ va ehtiyotkorlik motivi.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin