Reja: Qidiruv tushunchasi; Axborotlarni qidirish; Axborotlarni parametrlari bo‘yicha qidirish; Rasmlarni qidirish; Musiqa va filmlarni qidirish; Qidiruv Tizimi
lnternetda ma’lumot qidirish. Intemetdan masofaviy ta’limni tashkil
qilishda foydalanish. Taqsimlangan mavzularga oid ma’lumot qidirish.
Internet Explorer dasturi imkoniyatlari.
Reja: Qidiruv tushunchasi;
Axborotlarni qidirish;
Axborotlarni parametrlari bo‘yicha qidirish;
Rasmlarni qidirish;
Musiqa va filmlarni qidirish;
Qidiruv Tizimi (inglizchada"search engine")- immmmmm reba bu komputerda, kompyuter tarmog´idayoki butunjahon web tarmog´ida worldwide web saqlanayotgan ma'lumotlarni qidirishga mo´ljallangan dasturdir. Internet qidiruv tizimi Information Retrieval systemdan kelib chiqqan. Bu sistema ma´lumotlar bazasi uchun kalit-so´zlar indeksini yaratib, natijada ushbu kalit-so´z qatnashgan qidiruv so´rovnomasiga javob sifatida natijalar ro´yxatini ko´rsatish imkoni paydo bo´ladi.Qidiriv tizimining afzalliklaridan biri bu kerakli ma'lumot yoki axborotni qisqa vaqt ichida komputer xotirasidan topib uni foydalanuvchiga yetkazishdir.Qidiruv tizimining asosiy vazifalari, hamda tarkibiy qismlari quyidagilardir:
Indeks yaratish va yangilab turish (hujjatlardagi ma´lumotlar strukturasi)
Qidiruv so´rovnomalarini bajarish
Qidiruv natijasini imkon qadar mazmunli, ya´ni tushunarli shaklda ko´rsatish
Odatda ma´lumotlar qidirish avtomatik ravishda amalga oshiriladi, masalan WWWda Webcrawler, alohida kompyuterda esa foydalanuvchi belgilagan Indexlar ro´yxatidan barcha ma´lumotlarni o´qish. Qidiruv tizimi turlariQidiruv tizimlarini bir qancha belgilariga ko´ra turlarga ajratish mumkin. Quyidagi belgilar misol sifatida tanlangandir. Yangi qidiruv tizimini yaratishda ushbu belgilarning hammasini olish shart emas.
Axborotlar turi Turli xil qidiruv tizimlari turli xil axborot turlarini qidira oladi. Avvaliga umumiy qilib ma´lumotlar turini ko´rsatish mumkin, masalan, matn, tasvir, videotasvir, audiofayl va b. Natijalar ham ushbu turlarga bog´liq holda tartibga solinadi. Matn qidirilganda natija sifatida ushbu matndan kalit-so´z qatnashgan bir qism ko´rsatiladi. Axborotlar manba´iKlassifikasiyaning yana bir turi bu qidiruv tizimi topgan axborotning manba´i hisoblanadi. Ko´pincha qidiruv tizimining nomi axborotlani qaysi manba´dan qidirishini ko´rsatadi.
Web qidiruv tizimi - WWWdan ma´lumot qidiradi
Usenet qidiruv tizimi - butun dunyoga taqsimlangan munozaralar mediumi (vositasi) hisoblanadigan Usenetdan ma´lumot qidiradi
Intranet qidiruv tizimi - alohida tashkilotning ichki tarmog´idagi kompyuterlardan ma´lumot qidiradi
Desktop qidiruv tizimi - alohida kompyuterning ma´lumotlar bazasidan ma´lumot
Intеrnеt tarmog’idagi qidiruv tushunchasi shuni anglatadiki, bunda har bir foydalanuvchi o’ziga kеrakli bo’lgan biror ma'lumot yoki matеrialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Internet - bepoyon axborot ummoni. Axborotlar Internetda millionlab Web- sahifalarda saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan Web-sahifani topish uchun uning Internetdagi adresini bilish zarur. Ammo internet soat sayin yangi axborotlar bilan boyib boradi. Shuningdek, ba'zi (eskirgan) axborotlar Internet tarmog'idan chiqarib tashlanadi. Internetdagi ko'p foydalaniladigan Web-sahifalar adreslari maxsus ma'lumotnomalarda chop etib turiladi. Lekin ulardan to'liq axborot olib bo'lmaydi. Chunki Internetdagi barcha Web-sahifalar adreslarini chop etish uchun juda katta hajmli kitob kerak bo'ladi. Bu kitob chop etib tugatilmasidan Internetdagi bir qancha adreslar o'zgarishi aniq. Bu muammo maxsus Qidiruv tizimlari yaratilishi bilan osonlikcha hal etildi.
Intеrnеt tarmog’i foydalanuvchilari qidiruvni Intеrnеt muhitida joylashgan vеb- saytlar, ularning manzili va ichki ma'lumotlari bo’yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kеrakli bo’lgan axborotni samarali qidirish va tеz topish imkoniyatini bеradi.