17- Mavzu: Limfa bezlarining hosil bo’lishi.
Reja:
1.Limfa haqida ma’lumot.
2.Limfa ning vazifasi.
Qon bilan to'qimalar o'rtasida yuzaga keladigan moddalar almashinuvi limfa va to'qima oraliq suyuqligi ishtirokida boradi. Limfaning hosil boiishini tushuntiradigan bir nechta nazariya bor. 0 ‘tgan asming 50-chi yillarida K.Lyudvig qon plazmasi bilan limfa tarkibining bir-biriga juda yaqinligiga asoslanib, limfa hosil boiishini tushuntirish uchun filtratsiya nazariyasini maydonga qo'ydi. Bu nazariyaga asosan, limfa plazma suyuqligining kapillyarlardan biriktiruvchi to'qima oraligiga filtrlanib o'tishi oqibatida hosil boiadi. Filtratsiya nazariyasining yangi bir ko'rinishi - transsudatsiya nazariyasidir, bu nazariyaga ko'ra limfa hosil boiishida filtratsiya bilan bir vaqtda diffuziya jarayoni ham muhim rol o'ynaydi. Geydengaynning nazariyasiga ko4ra, limfa hosil boiishi sekreto Limfa - tiniq sargich suyuqlikdir. Qon plazmasiga nisbatan unda oqsilarning miqdori kam o'rtacha 3-4 %. Limfa oqsillariga-albuminlar va globulinlar kiradi, glyukoza o'rtacha 0,1 % ga yaqin, mineral tuzlar - 0 ,8- 0,9 % boiib, uning 67 % NaCl hajmiga to‘g4ri keladi. Limfa iviganida juda bo4sh tromb hosil boiadi, chunki uning tarkibidagi fibrinogenni miqdori plazma tarkibidagidan ancha kam. 1 mm' limfada shaklli elementlaming miqdori 2000 dan 20000 gacha boisa-da, ularning tarkibida eritrositlar va donador leykositlar, odatda, uchramaydi. Shaklli elementlaming 55 % ni limfositlar tashkil qiladi. Ulardan tashqari, monositlar va eozinofilar ham boiadi. Limfa tarkibida diastaza va lipaza fermentlari bilan birga antitanalar ham saqlanadi. Limfaning qon plazmasidan naqadar darajada farq qilishini 13- jadvaldan ko'rish mumkin. 13 -Jadval. Limfa va qon plazmasining oilacha kimyoviy tarkibi: % hisobida. Moddalar (%hisobida) Bo‘yin limfa yo‘lining limfasi Ko'krak limfa yo‘lining limfasi Qon plazmasi Suv 95 94 90 Quruq modda 5 6 10 Oqsil 2 4 7,5 Fibrinogen 40 40 300 Glyukoza 110 110 100 Natriy 330 330 320 ' Kaliy 23 24 20 82 Kaltsiy 10 11 10 Magniy 3 3 1,8 Xlor 420 410 370 Anorganik fastor 3 4 3,7 Jadvaldan ko'rinib turibdiki, limfa tarkibida oqsillar kamroq boiishi bilan plazmadan anchagina farq qiladi. Limfaning tarkibi nisbatan doimiy emas va moddalar almashinuvining o'zgarishiga qarab o'zgarib turadi. Ovqat hazmi organlaridan oqib kelayotgan limfaning tarkibida yog'li ovqat iste’mol qilinganidan keyin yog'ning miqdori ortib (3-4 %) u sut ko'rinishiga o'xshash bo'ladi. Limfaning hosil bo'lishi. Organlardan oqib kelayotgan limfaning miqdori keskin o'zgarib turadi va quyidagi sharoitlarda ortadi: 1) qon bosimi ortganda; 2) arterial qon kelishi ortganda; 3) vena qoni to'xtab qolganda; 4) qonning umumiy massasi ortganda; 5) organlar faoliyati kuchayganida (muskul, jigar). Qon tomirlaridagi va ulardan tashqaridagi qon bosimining farqi hisobiga limfa hosil boiadi. Limfaning hosil boiishiga ishlab turgan organlardan kelayotgan dissimilyasiya mahsulotlarining tushishi ta’sir ko'rsatadi, chunki undagi osmotik bosimni oshiradi va qondagi suvni o'ziga tortib oladi. Shu sababli, organning kuchli ishlashi uning miqdorini ko'paytiradi. Limfa yana kapillyarlar endoteliyasining faol faoliyati va uning turli moddalami tanlab o'tkazishi natijasida ham hosil boiadi. Bir qator moddalar limfa hosil boiishini tezlashtiradi va ular quyidagicha farqlanadi: 1) Birlamchi tartibdagi limfodonlar, bularga, oqsillar parchalanishining (peptonlar va albumozlar) mahsulotlari, parranda oqsili, qisqichbaqa muskullarining ekstrakti, yer tutlar kiradi. Nazarimizda bu moddalar kapillyarlar devorlarining limfa hosil qilish funksiyasini oshirsa kerak. Chunki, bu paytlarda limfa tarkibidagi organik moddalarning miqdori ortib, tuzlar miqdori esa o'zgarmay qoladi. 2) Ikkinchi tartibdagi limfodonlar, bularga tuzlar, qand va mochevinaning eritmalari kiradi. Bu eritmalar qonning osmotik bosimini oshiradi va suvni to'qimalardan qonga o'tishini chaqiradi. Bu esa qon bosimini oshirishiga olib keladi va limfa hosil boiishini tezlashtiradi. Turli organlardan oqib kelayotgan limfa o'z tarkibi jihatidan birbiridan ham farq qiladi. Masalan, jigardan, ko'krak limfa yoiidan oqib 83 kelayotgan limfa tananing boshqa qismidan oqib kelayotgan limfaga qaraganda oqsillami ko'proq saqlaydi. Plazmadagi oqsillar konsentratsiyasini 100% deb olsak, u vaqtda jigardan kelayotgan limfadagi oqsillaming konsentratsiyasi 75-84% ga, ko'krak limfa yoiiniki 55-67%ga, ichaklamiki 41-50%ga teng boiadi. Ichakdan oqib kelayotgan limfa tarkibidagi yogiar ko'proq boiadi. Ichaklardan kelayotgan limfada yog'laming ko'payishi hayvon oziqalanganidan so'ng yaqqolroq bilinadi. Limfada oqsillar kamroq bo'lgani uchun uning kolloid-osmotik bosimi ham qon plazmasiga qaraganda kamroqdir. Limfaning mineral tarkibi plazmaning mineral tarkibiga yaqin turadi. Limfa ivish xususiyatiga ega. Chunki unda fibrinogen va protrombin oqsillari bor. Ammo limfaning trombokinaza faolligi past, sababi shuki, limfada trombotsitlar deyarli boimaydi; uning tarkibida ko'p boiadigan limfotsitlar esa bu fennentni juda kam miqdorda saqlaydi. Qayd qilinganidek, limfada qonning shaklli hujayralaridan asosan limfotsitlar ko'p saqlanadi. Limfotsitlar limfa bezlarida hosil bo'lish jarayonida limfaga chiqarib turiladi. Qoramollaming 1mm' limfasida 3500-12000 gacha limfotsitlar boiadi. Bulardan tashqari, limfaning tarkibida monotsitlar, donali leykotsitlar ham uchrab turadi. Limfaning organizmdagi umumiy miqdorini aniqlash ancha qiyin. Uning miqdori qon plazmasining miqdoriga taxminan teng deb qaraladi. Sut hosil boiishida, suv va tuzlar almashinuvida, turli chiqindi moddalarning chiqarilishida, organizmning himoya funksiyasida limfa katta ahamiyatga ega. Gistaminlar, peptonlar, o'tkazish suyuqligi kapillyarlaming o'tkazuvchanligini oshirib, limfa hosil boiishini tezlashtiradi. Bundan tashqari, qonga mochevina, gipertonik eritmalar, glyukoza yuborilganda ham limfaning hosil boiishi ko'payadi. Bu vaqtda qonning osmotik bosimi oshadi. Oqibatda tomirlarga suv so'rilishi kuchayadi. Natijada qonda oqsillaming konsentratsiyasi kamayadi, onkotik bosim pasayadi. Bulaming hammasi limfa hosil boiishining tezlashishiga sabab boiadi.