Reja Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari Monopoliyalarn
keyingi bosqichda (1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish to’xtatildi. Qat‘iy belgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turinadigan narxlarda sotiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi.
Narxlarning erkinlashtirishning navbatdagi bosqichi (1994 yil oktyabr-noyabr) xalq iste‘mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo’yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi.
SHunday qilib, respublikada iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni bosqichma-bosqich (uch bosqichda) to’liq erkinlashtirish bilan tugadi.
Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat tomonidan turli kompensatsiyalar maqsadidaga jamg’armalar tuzildi, ish haqi, pensiya va stipendiyalarning eng kam miqdori muntazam sur‘atda oshirib borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam ko’rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi.
Bugungi kunda O’zbekiston bo’g’doy, un, paxta yog’i, meva-sabzavot, quruq mevalar va uzum, poliz mahsulotlari kabi o’ta zarur oziq-ovqat tovarlari bilan nafaqat o’z ichki ehtiyojlarini, balki ularni yurtimizdan tashqariga ham eksport qilmoqda.