Reja Ravishning ta’rifi va leksik –grammatik xususiyatlari. Ravishning ma’no turlari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə3/3
tarix09.10.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#153102
1   2   3
7-ma\'ruza ravish

PAYT RAVISHLARI

Harakat-holatning bajarilish yoki balarilmaslik paytini bildirib, “qachon?” so‘rog‘iga javob bo‘luvchi ravishlar payt ravishlari sanaladi.

Payt ravishlariga endi, hozircha, so‘ngra, hanuz, hamisha, doimo, hamon, dastlab, erta-indin, qishin-yozin, kecha-kunduz kabi ravishlar kiradi

O‘RIN RAVISHLARI

Harakat-holatning bajarilish yoki balarilmaslik o‘rnini bildirgan va “qayer(-ga, -da, -dan)?” so‘rog‘iga javob bo‘luvchi ravishlar o‘rin ravishlari hisoblanadi.

O‘rin ravishlariga olg‘a, ichkarida, tashqarida, ustidan singari so‘zlar kiradi.

MIQDOR-DARAJA RAVISHLARI

Harakat va holatning bajarilishidagi miqdor-darajasini bildirgan va “qancha?” so‘rog‘iga javob bo‘lgan ravishlar miqdor-daraja ravishlari deyiladi .

Ularga sal, picha, xiyol, oz, ko‘p, kam, ancha kabi ravishlar kiradi.

MAQSAD-SABAB RAVISHLARI

Harakat-holatning maqsad-sababini bildiruvchi hamda “qanday maqsad (sabab) bilan?” so‘rog‘iga javob bo‘luvchi ravishlar maqsad-sabab ravishlari deyiladi.

Ataylab, atayin, noiloj, noilojlikdan, jo‘rtaga, qasddan kabi ravishlar maqsad-sabab ravishlari hisoblanadi, ular miqdori u qadar ko‘p emas.


Ravish yasovchi qo’shimcha lar
- cha
chasiga
- ona
- an
-lab
- larcha

Ravish mustaqil so‘z turkumi sifatida quyidagi morfologik xususiyatlar bilan ajralib turadi:

  • daraja kategoriyasiga ega: tez, ko‘p (oddiy daraja) — tezroq, ko‘proq (qiyosiy daraja) — eng tez, juda ko‘p (orttirma daraja) kabi;
  • 2) o‘zgarmas bo‘lib, ko‘pincha feʼllarga bogʻlanib keladi: So‘rida qat-qat duxoba ko‘rpachalar ustma-ust to‘shalgan edi;
  • 3) Ravish ayrim o‘rinlarda sifat va otga bogʻlanib kelishi ham mumkin. Bunday hollarda Ravish belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, o‘zi bogʻlanib kelgan sifat yoxud otdan anglashilgan harakatlarning belgisini bildiradi: Kecha havo juda sovuq edi. U hozir beqiyos va tasavvur qilib bo‘lmas baxtiyor edi;
  • 4) Ravish yasovchi muxsus qo‘shimchalarga ega: cha, ona, larcha, lab va boshqa;
  • 5) turlanmaydi va tuslanmaydi (otlashish hollari bundan mustasno).

darrov
hozir
ertalab
bugun
Ko`p
ichkarida
darhol
astoydil
Ravishning ma’no turlari
Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin