Reja Ravishning ta’rifi va leksik –grammatik xususiyatlari. Ravishning ma’no turlari


Sodda ravishlar bir o‘zak morfemadan iborat bo‘ladigan a) tub: tez, sekin, kam; b) yasama: qahramonlarcha, ojizona, yangicha, ko‘plab singari so‘zlardan iborat bo‘ladi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə2/3
tarix09.10.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#153102
1   2   3
7-ma\'ruza ravish

1.Sodda ravishlar bir o‘zak morfemadan iborat bo‘ladigan a) tub: tez, sekin, kam; b) yasama: qahramonlarcha, ojizona, yangicha, ko‘plab singari so‘zlardan iborat bo‘ladi.

  • 1.Sodda ravishlar bir o‘zak morfemadan iborat bo‘ladigan a) tub: tez, sekin, kam; b) yasama: qahramonlarcha, ojizona, yangicha, ko‘plab singari so‘zlardan iborat bo‘ladi.
  • 2.Qo‘shma ravishlar mustaqil so‘zlarning birikishi orqali hosil bo‘ladi: har vaqt, bir zum, hech qachon, allamahal.
  • 3.Juft ravishlar umumlashtirish, taxmin kabi ma’nolarga ega bo‘ladi va quyidagicha tuziladi: 1) sinonim so‘zlardan: eson-omon, asta-sekin, ochiq-oydin, uzul-kesil; 2) antonim so‘zlardan: ertakech, tunu kun, yozin-qishin.
  • 4. Takroriy ravishlar ma’noni kuchaytiradi va quyidagicha tuziladi: 1) tub ravishlarning takroridan: tez-tez, endi-endi, asta-asta, kam-kam, keyin-keyin; 
  • 2) –ma\ -ba unsurlari yoki chiqish va jo‘nalish kelishiklarini olgan so‘zlar takrori asosida: yuzma-yuz, ketma-ket, bekordan-bekor, kamdan-kam, zo‘r-bazo‘r, naridan-beri.

RAVISH YASOVCHI QO‘SHIMCHALAR

  • -cha, -lab, -larcha, -ona, -an, -chasiga qo ‘shimchalari ot, sifatga qo’shilib ravish yasaydi.
  • Tubdan, jo‘rttaga, avvallari, so‘ngra, kechasi va bu kabi ravishlarda –dan, -ga,- da kelishik,-(s)i egalik qo‘shimchalari asos qism bilan mustahkam birikib, hozirgi kunda ajralmas holga kelgan.

Ravishlarning ma’no turlari


RAVISH
HOLAT
PAYT
MIQDOR-DARAJA
MAQSAD-SABAB
O‘RIN

HOLAT RAVISHLARI

Harakat-holatning qanday holda bajarilganligini bildirgan va “qanday?”, “qay holda?”, “qay tarzda?” so‘roqlariga javob bo‘luvchi ravishlarga holat ravishi deyiladi.

Holat ravishlariga jim, yayov, chindan, qo‘qqisdan, to‘satdan, piyoda, tasodifan, astoydil, eskicha, qatorisiga, birma-bir, yakkama- yakka, yonma-yon, bafurja, arang, zo‘rg‘a, mardlarcha singari so‘zlar kiradi.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin