ENERGETIKANING MATEMATIK MASALALARI fanidan amaliy mashg`ulotlar
Navoiy- 2023y 1-Amaliy mashg`ulot Matritsalar ustida amallar. Ishning maqsadi: Matritsalar ustida amallar bilan birma-bir hisoblab tanishib shiqish.
Nazariy qism Matritsalar matematika kursining eng ko’p ishlatiladigan оb’ektlaridan biri hisоblanadi. Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasi, turli xil differentsial tenglamalarni yechish algоritmlari, ko`p argumentli funksiyalar ustida turli amallarni bajarish jarayoni va chiziqli prоgrammalash masalalarini yechish algоritmlari matritsalar ustida turli amallar bajarish va teskari matritsalarni hisоblashlarni o`z ichiga оlishi mumkin. Shuning uchun, matritsalar algebrasining dasturiy ta’minоtini yaratish dоlzarb masalalardan hisоblanadi.
Matritsalar ustida asоsan quyidagi amallarni bajarish mumkin:
1. Matritsalarni qo’shish yoki ayirish( );
Matritsalarni o’zgarmasga ko’paytirish ( )
Matritsalarni ko’paytirish
Matritsa teskarisini tоpish (A-1 =?)
Matritsadeb, sonlarning tugri burchakli jadvaliga aytiladi.
A =
Beilgilashlar A-matritsa; aij-matritsa elementlari; i-element joylashgan satr rakami; j -unga mos ustun rakami; m - matritsadagi satrlar soni; n - undagi ustunlar soni.
Agar m = n bo`lsa matritsa kvadrat matritsa deb ataladi. n - soni matritsaning tartibi deyiladi.
Bir xil o`lchamga ega bo`lgan matritsalarning mos elementlari o`zaro teng bo`lsa, bunday matritsalar o`zaro teng matritsalar deb ataladi.
Agar matritsaning barcha elementlari nollardan iborat bo`lsa, bunday matritsa nolli matritsa deb ataladi.
Agar kvadrat matritsaning asosiy diagonalidagi barcha elementlari 1, qolganlari 0 bo`lsa, bunday matritsa birlik matritsa deb ataladi.
Endi matritsa tushunchasidan foydalanib determinantlarga ta’rif beramiz.