Ўзбекистон республикаси навоий кон металлургия комбинати навоий давлат кончилик институти «автоматлаштириш ва бошқарув» кафедраси схемотехника фанидан очиқ дарс ишланмаси мавзу: кетма-кет занжирли схемалар. Триггерлар
NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI ENERGO-MEXANIKA FAKULTETI «АVTOMATLASHTIRISH VA BOSHQARUV» КАFEDRASI SXEMOTEXNIКА FANIDAN OCHIQ DARS ISHLANMASI МАVZU: КЕТМА-КЕТ ZANJIRLI SXEMALAR. ТRIGGERLAR.
EHMlarning sonli elementlari deb, mantiqiy funksiyalarni bajaruvchi, axborotlarni xotirasida saqlovchi va signallarni kuchaytiruvchi va qayta ishlovchi qurilmalarga aytiladi.
Sonli avtomatlarda funksiya qiymati o‘zgaruvchilarning joriy taktdagi qiymatiga bog‘liq bo‘lmay, balki oldingi taktdagi qiymatlariga ham bog‘liqdir.
Demak, sonli avtomatlar bir va undan ortiq taktdagi signallarni o‘zida saqlashi kerak. EHMlarda bu vazifalarni asosan triggerlar bajaradi.
Boshlang‘ich signallar ta’sirida trigger bir turg‘un holatdan ikkinchisiga o‘tishi mumkin. Odatda trigger ikkita chiqish yo‘liga ega: birinchisi to‘g‘ri chiqish yo‘li deyiladi va Q bilan belgilanadi. Ikkinchi chiqish yo‘li teskari chiqish yo‘li deyiladi va bilan belgilanadi.
Triggerning kirish yo‘llarining soni uning bajariladigan funksiyasiga bog‘liq. Axborotlarni yozish bo‘yicha triggerlar 2 ga bo‘linadi:
Triggerning kirish yo‘llarining soni uning bajariladigan funksiyasiga bog‘liq. Axborotlarni yozish bo‘yicha triggerlar 2 ga bo‘linadi:
1. Asinxron triggerlarda axborotning o‘zgarishi uchun istalgan paytda kirish signallarining berilishi bilan o‘zgaradi.