4-Amaliy mashg`ulot Tugun tenglamalarini matritsa holidashakllantirish. Ishning maqsadi: Tugun tenglamalarini matritsa holida shakllantirishni o`rganish.
Nazariy qism Usulni qulayliklari. Elektr sxemasini istalgan tarmog`idagi tokni tarkibida EYUK bo`lgan zanjirning qismi uchun Om qonunidan aniqlash mumkin. Om qonunini qo`llash uchun sxema tugunlaridagi potentsiallarni bilish kerak. Elektr sxemalarini hisoblashda noma’lumlar sifatida sxemadagi tugun potentsiallari qabul qilinsa, bu usulga tugun potentsiallar usuli deyiladi. Elektr sxemasida n ta tugunlar bo`lsin. Sxemaning istalgan tugunini yerga ulash mumkin, bu vaqtda sxemada tok taqsimoti o`zgarmaydi, ya’ni ixtiyoriy tugunni fikran yerga ulash va potentsialini nolga teng deb olish mumkin.Bu vaqtda n noma’lumlar soni n - 1 ga qadar kamayadi. Bu usulda noma’lumlar soni Kirxgofning birinchi qonuni bo`yicha tuziladigan tenglamalar soniga teng bo`ladi. Tugun potentsiallar usuli kontur toklari usuli kabi elektr zanjirini asosiy hisoblash usullari hisoblanadi. Bu usulda mustaqil konturlar sonidan tugunlar soni bitta kam bo`lgani uchun, kontur toklar usuliga nisbatan bu usulda hisoblash qulayroqdir.
5.1 -rasmdagi sxemada 3 - tugunni potentsialini nol deb qabul qilish mumkin. Bu sxemada uchta mustaqil kontur bor. Kontur toklar usulida uchta tenglama tuzish kerak bo`ladi, tugun potentsiallar usulida faqat ikkita tenglama tuziladi.
1 R5 I5 2 I3 I1 R1 E2 I2 R3 E3 E1 IK R4 I4 R2 3