Elektr zanjirining elementlari va sxemalari. Elektr zanjirining grafik ravishda shartli ifodalanishiga elektr sxemasi deyiladi.
Elektr zanjirining sxemasi texnik sistemalarda elektromagnit jarayonlarni o`rganishda quyidagi sabablarga ko`ra juda keng qo`llaniladi:
1) Elektr sxemasida shartli ifodalanish elektr asbob va uskunalarini yaqqol tasvirlaydi;
2) Elektr zanjirining sxemasi elektr jarayonlarini matematik ifodalash (matematik model tuzish qonun va qoidalarni elektr zanjiri elementlari uchun qo`llash) imkonini yaratadi.
3) Elektr zanjirining sxemasi ma'lum sondagi elektrotexnik asbob va detallarini fizik modelini qo`llash imkonini beradi.
Elektr zanjirining va sxemasining asosiy elementlari aktiv elementlar (EYUK va tok manbalari) va passiv elementlar- o`zgarmas tok uchun qarshiliklar Rk va geometrik elementlar deb nomlanuvchi tugun, tarmoq va konturlardir. Sxemalarda aktiv va passiv elementlar o`lchov simlarni ifodalovchi chiziqlar orqali birlashtiradi.
Kirxgof qonunlari Kirxgofning ikkita qonuni elektr zanjirini to`liq holatini aniqlaydi va ularni hisoblashda asos bo`lib xizmat qiladi. Barcha elektr zanjirlari Kirxgofning birinchi va ikkinchi qonunlariga (qoidalariga) bo`ysunadi.
a) Kirxgofning birinchi qonuni. Bu qonun elektr zanjiri toklari uchun umumiy bo`lib, ikki xil ta'riflanadi:
1) Elektr zanjirining istalgan tugunidagi toklarning algebraik yig`indisi nolga teng;
2) Elektr zanjirining istalgan tuguniga oqib keluvchi toklarning algebraik yig`indisi shu tugundan ketuvchi toklarning algebraik yig`indisiga teng.
Tugunga keluvchi toklarni musbat, tugundan ketuvchi toklarni manfiy deb olamiz. Birinchi ta'riflanishga asosan
5I1 –I2 –I3 –I4 = 0
R1 R2 I1 I2 I2 I1 I3 ikkinchi ta'riflanishga asosan E1 R0 E2 I1 = I2 +I3 +I4 I3 I4 R3 Umuman olganda
2.1-rasm
Kirxgofning birinchi qonuni fizik jihatdan shuni bildiradiki, zanjirda zaryadlar harakati shunday bo`ladiki,ular tugunlarda to`planib qolmaydi.
b) Kirxgofning ikkinchi qonuni. Kirxgofning ikkinchi qonuni kuchlanishlar uchun umumiy qonun bo`lib, elektr zanjirining yopiq konturi uchun qo`llaniladi. Bu qonunni ham ikki xil ta'riflash mumkin:
1) Istalgan yopiq konturdagi kuchlanishlar tushuvining algebraik yig`indisi shu konturdagi EYUK larning algebraik yig`indisi teng:
Σ U∙R = Σ E
(Xar bir yig`indi kontur yo`nalishiga mos bo`lsa musbati ishora bilan, agarda kontur yo`nalishiga teskari bo`lsa manfiy ishora bilan kiradi);
2) Kuchlanishlarning algebraik yig`indisi (kuchlanishlar tushuvi emas) yopiq kontur bo`ylab nolga teng.
Uk = 0