Elektr energetikasi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə5/14
tarix14.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#176862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Energetikaning mat mas. Amaliyot № 1- 8

Elektr o`tkazuvchanlik.
Elektr qarshiligiga teskari bo`lgan kattalikka elektr o`tkazuvchanligi deyiladi. O`tkazuvchanlik g (G) harfi bilan belgilanadi va simenslarda [Sm] o`lchanadi.
[ Sm ] = [1/ Om] = [ A/ V ]
G = 1/ R = I/ U (2.2)
O`tkazuvchanlik o`tkazgichlarning elektr o`tkazuvchanligini xarakterlaydi. O`tkazuvchanlik qancha katta bo`lsa, elektr o`tkazuvchanligi shuncha yaxshi bo`ladi. Agar o`tkazuvchanlik doimiy bo`lsa, Om qonunini bir ko`rinishi bo`lgan (2.2) formula matematik yozilishi bo`lib - tok bilan kuchlanish orasidagi to`g`ri proportsionallikni ifodalaydi.
Solishtirma elektr qarshiligi va o`tkazuvchanligi.
O`tkazgichlarning qarshiligi uni geometrik razmerlariga, ya'ni uzunligi va ko`ndalang kesim yuzasiga bog`liq.
Bir jismli o`tkazgichlar uchun chiziqli qarshilik o`tkazgichning uzunligiga to`g`ri proportsional, ko`ndalang kesim yuzasiga teskari proportsionaldir.

R =ρl/s (2.3)


bu yerda l -o`tkazgich uzunligi, S - ko`ndalang kesim yuzasi (Sqconst butun uzunlik bo`ylab), ρ- solishtirma qarshilik, shu metallning elektr o`tkazuvchanligini xarakterlaydi. SI da [Om.m] hisobida o`lchanadi.
Solishtirma o`tkazuvchanlik, solishtirma qarshilikka teskari bo`lgan kattalikdir.
γ= 1/  (2.4)
Solishtirma qarshilik (o`tkazuvchanlik) o`tkazgich materiali qarshiligini (o`tkazuvchanligini), ya'ni uzunligi l =1 m va ko`ndalang kesm yuzasi S = 1 m bo`lgan "elementar qism" ning qarshiligini xarakterlaydi (ma'lumotnomalarda solishtirma qarshilik yoki solishtirma o`tkazuvchanlik beriladi).
Elektrotexnikada har xil solishtirma qarshilikli metallar ham qo`llaniladi. Solishtirma o`tkazuvchanligi katta bo`lgan metallar elektr energisini uzatish yoki magnit maydoni hosil qilish qurilmalarida (kabellarda, elektr uzatish liniyalarida, elektr mashina va transformatorlarning chulg`amlarida va h.k.) qo`llaniladi. Shunday metallar sifatida mis, ammoniy, ayrim maxsus qurilmalarda esa kumush, oltin va platinalar ishlatiladi.
Solishtirma qarshiligi katta bo`lgan qotishmalar elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantiruvchi qurilmalar (elektr qizdirgichlar , elektr plitkalar, dazmollar va h.k.) da ishlatiladi. Bunday qotishmalar sifatida, nixrom, megarip, nikelin, konstantin manganinlar ishlatiladi.
Elektr tokining zichligi.
Ko`ndalang kesim yuzasi doimiy bo`o`gan bir jinsli o`tkazgichlarda elektr tokini zichligi j elektr tokining o`tkazgichning ko`ndalang kesim yuzasiga nisbati bilan ifodalanadi.
j =I / S (2.5)
Elektr toki zichligi [ A/ m2 ] da o`lchanadi.
Quvvatning ta'rifiga asosan t vaqtda o`tkazgichda yoki qarshilikda issiqlikka aylangan elektr energiya miqdori
O`zgarmas tokda (i = I =const ) energiya
W=I2 R t
Bu bog`liqlik rus akademigi E.X. Lents va ingliz olimi D. Joul tomonidan Aniqlangan va Joul-Lents qonuni deyiladi:
O`tkazgichdan I tok o`tganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori tokning kvadratiga, o`tkazgichning qarshiligiga va tok o`tish vaqtiga to`g`ri proportsionaldir.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin