3-Amaliy mashg`ulot Kontur tenglamalarini tuzish. Ishning maqsadi: Elektr zanjirlar sxemalarini analitik ifodalashni o`rganish va tanishib shiqish.
Nazariy qism Usulning qulayliklari.EYUK lari va qarshiliklari ma'lum bo`lgan murakkab elektr zanjirlarini tugunlar va konturlar tenglamalari orqali yechish tenglamalar soni juda ko`p bo`lgani uchun ancha qiyin. Bu tenglamalar sonini kamaytirish mumkin, agarda kontur toklarga tushunchasini kiritsaq, ya'ni 31-rasmdagi sxemada ko`rsatilgandek, mustaqil konturlarda oquvchi I11 , I22 , I33 kontur toklari sxemani uchta konturiga tengishlidir. Bu vaqtda noma'lum kontur toklarining soni mustaqil konturlar soniga teng bo`ladi. Bu holatda zanjirni hisoblash uchun Kirxgofning II-qonuniga asoslangan uchta tenglama tuzish kerak bo`ladi, Kirxgofning I-qonuni bo`yicha tenglamalar tuzish shart bo`lmaydi (emas).
Kontur toklari va tarmoq toklari. Kontur toklarni kattaligi qaralayotgan konturdagi barcha tarmoqlar uchun bir xil bo`ladi. Kontur toklarini tarmoqdagi toklardan farqlash uchun ikkita bir xil indeks bilan belgilanadi. Tenglamalar tuzish qulay bo`lishi uchun barcha konturlar uchun kontur toklarini musbat yo`nalishi bir xil tanlanadi (soat strelkasi bo`yicha), a konturlar yo`nalishi kontur toklari yo`nalishi bo`yicha olinadi. Kontur tokining absolyut kattaligi shu konturdagi aralash bo`lmagan faqat shu konturga tegishli bo`lgan tarmoqdagi tok kattaligiga teng deb olinadi.
I1 = I11 ; I2 = - I22 ; I6 = I33 .
R1 I1 I3 I2 E2 E1 R2 R3
I5 E4 R4 R5 E5
R6 I6 E6 3.1-rasm
Aralash tarmoqlardagi (ichki tarmoqlardagi) toklar ikkala qo`shni konturga tegishlik bo`lib, shu ikkala kontur toklarini algebraik yig`indisi (ayirmasi) sifatida aniqlanadi.
I5 = I11 – I22 ; I3 = I33 – I11 ; I4 = I33 – I22 .
Kontur EYUK lari. Kontur EYUK deb - shu konturdagi barcha EYUK larning algebraik yig`indisiga aytiladi. Bizning misolimizda 1321 konturda ikkita EYUK E1 va E3 mavjud. Kontur yo`nalishini kontur toklari yo`nalishi bo`yicha olib E11 =E1 –E3 ga ega bo`lamiz.
Xuddi shunday 1431 konturda E22 = - E2 – E4 va 2342 konturda E33= E3+E4+E6.
Konturlarni xususiy va umumiy qarshiliklari. Konturni hosil qiluvchi, shu konturdagi tarmoqlar qarshiliklarining yig`indisi shu konturning xususiy qarshiligi deyiladi. Tarmoqlarda qarshiliklardan farqlash uchun kontur qarshiliklari ikkita bir xil indeks bilan belgilanadi. 31-rasmdagi sxema uchun konturlarni xususiy qarshiliklari
R11 =R1 +R3 +R5 ; R22 = R2 + R4 + R5 ; R33 = R3 + R4 + R6 .
Xususiy qarshilik R11 ni I11 - birinchi kontur tokini qarshiligi deb qarash mumkin.
Ikkala konturga tegishlik bo`lgan, aralash tarmoq qarshiligi, konturlarni umumiy qarshiligi deyiladi. Ular kontur tartiblariga qarab ikki xil indeks bilan belgilanadi. Bizning misolimizda R5 qarshilik birinchi va ikkinchi konturlar chegarasida joylashgan va shu konturlarni umumiy qarshiligi hisoblanadi.
R12 = R21 =R5 .
Xuddi shunday birinchi va uchinchi konturlarning umumiy qarshiligi R13 = R31 =R3, ikkinchi va uchinchi konturlarning umumiy qarshiligi R23 = R32 = R4 Agar konturlar umumiy tarmoqqa ega bo`lmasa, ularning umumiy qarshiligi nolga teng.
Kontur tenglamalarini tarkibi. Tenglamalar tuzish. Kontur toklarini tarkibi har bir mustaqil kontur uchun kontur toklari o`tganda kontur EYUK ni shu konturdagi xususiy va umumiy qarshiliklarda kuchlanishlar tushuvining tengligini ifodalaydi. Endi mustaqil konturlar (yacheykalar) uchun Kirxgofning II-qonuniga asosan uchta tenglama tuzamiz.
E11 = R11 I11 - R12 I22 – R13 I33 E22 = - R21 I11 + R22 I22 – R23 I33 E33 = - R31 I11 - R32 I22 + R33 I33 bu yerda R11 - birinchi konturning tula yoki xususiy qarshiligi
R12 - birinchi va ikkinchi konturni umumiy qarshiligi bo`lib manfiy ishorada olinadi.
E11 - birinchi konturdagi EYUK.
Agar elektr zanjirida n ta mustaqil (bog`liq bo`lmagan) konturlar bo`lsa, u vaqtda tenglamalar soni ham n ga teng. Bu tenglamalar sistemasining umumiy yechimi quyidagicha bo`ladi. Ikk =E11k1/ + E12k2/ + E33k3/ +……+ Eknkn/
bu yerda
R11 R12 R13 …….R1n R21 R22 R23 …….R2n = R31 R32 R33 ……..R3n …………………………..
Rn1 Rn2 Rn3 ……..Rnn - sistemani bosh aniqlovchisi.
Tok manbalari bo`lgan sxemalarda kontur toklari usulida tenglamalar tuzishni o`ziga xos xislatlari bor. Bunday hollarda EYUK va qarshiliklardan iborat tarmoq bilan tutashuvchi tok manbai bo`lgan tarmoq shu konturga kiradi,bu toklar ma'lum mos keluvchi tok manbalarini tokiga teng deb qaraladi. Tenglamalar faqat kontur toklari noma'lum bo`lgan konturlar uchun tuziladi. Agar 32 -rasmdagi sxemada kontur toki I11 qIk deb birinchi va ikkinchi tarmoqlar orqali soat strelkasi yo`nalishi bo`yicha o`tadi, deb olsaq, u vaqtda I22 =I3 ikkinchi va uchinchi tarmoqlar orqali o`tuvchi kontur toki soat strelkasi bo`yicha birinchi kontur toki bilan tutashadi va kontur toklari usuliga asosan faqat I noma'lum kontur toki uchun tenglama tuziladi.
(R2 + R3) I22 - RkIk = E
bu yerda
a
I1 I3 I22= E - RkIk /(R2 + R3) I2 R1 R3 R2 va ikkinchi tarmoq toki. IK E
I2 = I11 - I22 b
3.2 - rasm