Reja: Reja: Mustaqil O‘zbekistonda ta’lim soxasida amalga oshirilgan isloxotlar


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim To‘g‘risida”gi Qonun" Respublikamizda ta’lim-tarbiyani tashkil etish va kadrlar tayyorlashning huquqiy asosi sifatida



Yüklə 96,19 Kb.
səhifə2/4
tarix14.06.2023
ölçüsü96,19 Kb.
#130151
1   2   3   4
11 maruzaq

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim To‘g‘risida”gi Qonun" Respublikamizda ta’lim-tarbiyani tashkil etish va kadrlar tayyorlashning huquqiy asosi sifatida.

Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni,2020-yil 23-sentabr kuni tasdiqlangan bo‘lib 11 bob ,75 moddadan iboratdir.

Unda uzluksiz ta’lim tizimining mohiyati, yo‘nalishlari, ta’lim mazmuni, ta’limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan. Mazkur me’yoriy hujjat mazmuni quyidagilar ifodasini topgan:

Umumiy qoidalar

  • Umumiy qoidalar
  • Ta’lim tizimi, turlari va shakllari
  • Ta’lim tizimini boshqarish
  • Ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish
  • Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi
  • Ta’lim oluvchilarning, ular ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari
  • Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish
  • Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish. Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi xujjatni tan olish, ta’lim sohasidagi hujjatlarga apostil qo‘yish
  • Ta’limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
  • Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik
  • Yakunlovchi qoidalar

Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasida ta’lim sohasidagi davlat siyosatiningasosiy tamoyillari ko‘rsatib o‘tilgan. Ular quyidagilardan iborat:

  • Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasida ta’lim sohasidagi davlat siyosatiningasosiy tamoyillari ko‘rsatib o‘tilgan. Ular quyidagilardan iborat:
  • ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
  • ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
  • ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
  • ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
  • ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
  • ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
  • ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
  • o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
  • davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
  • o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
  • insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
  • jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
  • ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
  • bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;
  • ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;
  • ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
  • Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 23 сентябрдаги «Таълим тўғрисида”ги ЎРҚ-637-сон Қонуни. https://lex.uz

Yüklə 96,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin