Indeksga asoslangan qidiruv tizimi — hozirda eng muhim tizim.Bu tizim tegishli maʼlumotlarni topib, indeks yaratadi. Indeks shunday bir strukturaki, bunda saqlangan maʼlumotlar keyingi qidiruv vaqtida ham qoʻllaniladi. Lekin bu tizimda indeksni yangilab turish va saqlash muammoli boʻlsa ham, qidiruv jarayoni tez ekanligi bu tizimning ustunligidir. Bu strukturani koʻpincha invers indeks deb ham atashadi.
Meta qidiruv tizimi — qidiruv soʻrovnomasini bir vaqtning oʻzida bir necha indeksga asoslangan qidiruv tizimlariga joʻnatadi va natijani turli kombinasiyada koʻrsatadi.Ustunlik tomoni — koʻp miqdorda maʼlumotlar topishi va implementasiya jarayoni osonroqligidir.Ushbu qidiruv tizimi kam uchraydigan maʼlumotlarni qidirshda yaxshi hisoblanadi.
Gibrid formadagi qidiruv tizimi — odatda nisbatan kichik indeksga ega, lekin boshqa qidiruv tizimlariga ham soʻrovnoma joʻnatib, natijani kombinasiyalangan tarzda koʻrsatishi mumkin.Kam uchraydigan maʼlumotlarni qidirishda yaxshi emas.
Guruhlashtirilgan qidiruv tizimi — nisbatan yangi, bunda qidiruv soʻrovnomasi oʻz qidiruv tizimiga ega bir necha kompyuterlagra joʻnatiladi va natija umumlashtiriladi. Markazlashtirilmagani uchun uzilib qolish xavfi yoʻq, ishonchli, lekin markaziy tsenzura (cheklashlar) qoýishning iloji yoʻq.
Interpretasiya Foydalanuvchining qidiruv soʻrovnmasi qidirsh jarayoni boshlanishidan oldin kerakli qidiruv algoritmiga tushunarli qilib interpretasiya(tarjima) qilinadi.Bu esa oʻz navbatida soʻrov sintaksisini imkon qadar soddaroq qilish va murakkab soʻrovlarni bajarish imkonini yaratishga xizmat qiladi. Koʻplab qidiruv tizimlari matematik mantiqdagi Bul operasiyalari yordamida turli kalit-soʻzlarning mantiqiy birikmasini hosil qila oladi.Natijada esa maʼlum kalit-soʻzga ega web-sahifani topish imkoni paydo boʻladi. Eng yangi qidiruv tizimi tabiiy tilni tushunadigan qidiruv tizimini boʻlib, uni semantik qidiruv tizimi deb atashadi. Eng koʻp qoʻllaniladigan qidiruv tizimlarining belgilari Eng koʻp qoʻllaniladigan belgilar kombinasiyasi WWWdan axborot manbaʼi sifatida, matnli maʼlumotlar uchun esa HTML-format va qidiruvni amalga oshirishda esa indeks yaratishdan foydalanadi. Soʻrovnimani interpretasiya qilish koʻpincha sodda sintaksisga asoslanga holda amalga oshiriladi. Eng yirik qidiruv tizimi hosoblanmish Google, Yahoo Search va Microsoft Live Search mana shu uslubda ishlaydi.