O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish doirasida ham yuritilgan edi. Xususan, O‘zbekistonning global raqobatbardoshlik reytingi va boshqa xalqaro reytinglarda qatnashishi hamda unda mamlakatimizning egallagan o‘rnini yaxshilab borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish belgilandi.

2020-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, shuningdek, respublikamizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashni taʼminlash yo‘llari atroflicha belgilab berildi.
Ta’kidlash joiz, bu o’rinda O’zbekistonning xalqaro reyting va indekslarda yuqori o’rinlarni egallashiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institutsional muhitning sifatini baholash – iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida dunyoda umum qabul qilingan vosita hisoblanadi. Bugunga kelib bu kabi reyting va indekslar nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida ham islohotlar va iqtisodiy siyosatning muvaffaqiyati mezonlari sifatida qo’llanila boshlandi. BMTning Inson kamoloti indeksi (Human Development Index), Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksi (Global Competitiveness Index), Jahon bankining biznes yuritish reytingi (Doing Business) va shu singari boshqa qator omillar bo’yicha natijalar davlatlarda, shu jumladan O’zbekistonda turli darajadagi dasturlar ishlab chiqilishida maqsadli yo’nalish sifatida xizmat qilmoqda