Yengil sanoat aholining kundalik iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaradigan eng yirik tarmog’idir.Shu sababli u barcha, shu jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining muhim tarmog’i sanaladi.Yengil sanoatda eng yetakchi tarmoq to’qimachilikdir.
To’qimachilik sanoati, bir tomondan, sanoatning eng «eski», ikkinchi tomondan esa doimo yangilanayotgan va o’sayotgan tarmoqlaridan hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda jahon to’qimachilik sanoatining beshta yirik mintaqasi mavjud. Bular Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Sobiq Ittifoq mamlakatlari, Yevropa va AQShdir. Ularda to’qimachilik mahsulotlarining asosiy qismini ip-gazlamava kimyoviy tolalardan to’qilayotgan gazlamalar tashkil qiladi.Muhimi shundaki, bunday gazlamalarning umumiy hajmi doimo ortib bormoqda. Shoyi, jun va zig’ir gazlamalar hissasi esa aksincha, sekin-asta kamayib bormoqda.
Umuman, hozirgi vaqtda jahon yengil sanoatining ko’pchilik tarmoqlari rivojlanayotgan mamlakatlarda tezroq sur’atlarda o’smoqda.Buning natijasida Xitoy, Hindiston, Pokiston, Misr kabi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan gazlamalar, kiyim-kechak, trikotaj mahsulotlari Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarning ichki bozorida o’z o’rnini topmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi bunday natijalarni ularda: 1) ishchi kuchining ancha areonligi; 2) to’qimachilik sanoati xomashyolari (tola)ning nisbatan serobligi bilan tushuntirish mumkin.
Umuman, hozirgi vaqtda jahon yengil sanoatining ko’pchilik tarmoqlari rivojlanayotgan mamlakatlarda tezroq sur’atlarda o’smoqda.Buning natijasida Xitoy, Hindiston, Pokiston, Misr kabi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan gazlamalar, kiyim-kechak, trikotaj mahsulotlari Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarning ichki bozorida o’z o’rnini topmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi bunday natijalarni ularda: 1) ishchi kuchining ancha areonligi; 2) to’qimachilik sanoati xomashyolari (tola)ning nisbatan serobligi bilan tushuntirish mumkin.
Mexiko, 2013 yil 14 mart. Inson taraqqiyotidagi yuksalishlarning yangi davrida rivojlanayotgan dunyoning yetakchi mamlakatlari, shu jumladan Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoning ilg`or mamlakatlari umumiy kuch bilan hokimiyatdagi o`zgarishlarning sur`atlariga ta`sir ko`rsatmoqdalar. Ushbu fikr Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan tayyorlangan 2013 yilning Inson taraqqiyoti haqidagi hisobotida e`tirof etilgan. Mazkur Hisobotning taqdim marosimi bugun BMTning Taraqqiyot Dasturi Administratori Helen Klark va Meksika Prezidenti Enrike Penya Nyeto ishtirokida bo`lib o`tdi. Hisobotda “Janubning o`sishi – bu hanuzgacha kuzatilmagan sur`at va miqyoslarda namoyon bo`layotgan hodisa” deb e`tirof etilgan va bunda “Janub” atamasida rivojlanayotgan mamlakatlar, “Shimol” atamasida esa rivojlangan mamalakatlar nazarda tutiladi. “Tarixda hali hech qachon shunchalik ko`p insonlarning turmush sharoitlari va istiqbollari bu darajada keskin va tez o`zgarmagan”. “Ko`plab asrlar o`tgach Janub endi ilk bor butun dunyo eqtisodiyotining o`sish va ijtimoiy o`zgarishlar jarayonini harakatga keltiruvchi kuchga aylangan”.
“BMTTDning Yevropa va Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Byurosining Mintaqaviy rahbari Jihan Sultanoglu “Ko`plab Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarining tez sur`atlarda kirib kelgan o`tish davri taqozosi bilian orttirilgan boshqaruv sohasidagi tajribasi boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarga saboq bo`lishi mumkin”, deb ta`kidladi. “Bu mamlakatlarning umumiy tajribasi ijtimoiy inklyuziya, ya`ni hamkorlik va davlatning ma`suliyatli rolini yaqqol namoyon etadi”.
Shu vaqtning o`zida rivojlanayotgan mamlakatlar oldida bir qator vazifalar, shu jumladan aholining qarishi, ekologik bosim faktori va iqtisodiy tengsizlik kabi masalalar o`z yechimini kutmoqda. Inson taraqqiyoti sohasidagi tadrijiy yuksalish jarayonini davom ettirish uchun yuqoridagi mamlakatlarga yangi ichki siyosiy tashabbuslar hamda xalqaro maydonda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar zarur.