Sobiq Ittifoq mamlakatlari jahonning to’rtinchi mashinasozlik mintaqasini tashkil qiladi.Garchi mintaqa mashinasozlikning eng muhim mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega bo’lsa-da, sifat ko’rsatkichlariga ko’ra boshqa mintaqalardan orqada.
Ayniqsa, fantalab mashinasozlik tarmoqlari nisbatan sust rivojlangan.Shu sababli uning mavqeyi tobora pasayib bormoqda.
Barcha rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga dunyo mashinasozlik mahsulotlarining 1/10 qismiga yaqini to’g’ri keladi. Ammo hozirgi vaqtda ularda mashinasozlik sanoatining o’sish sur’atlari ancha yuqori.Ayniqsa, Braziliya, Hindiston, Argentina, Meksika, Osiyoning yangi industrial davlatlarida bu borada sezilarli yutuqlar kuzatilmoqda.Bu holat yaqin kelgusida ular hissasining oshishiga olib keladi.
Ba’zi mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi eng yirik davlatlar qatorida rivojlangan mamlakatlar bilan birga rivojlanayotgan mamlakatlar ham tobora ko’p ko’zga tashlanmoqda.
9.3. Xorijiy sarmoyalar – rivojlanayotgan mamlakat iqtisodiyotida
9.3. Xorijiy sarmoyalar – rivojlanayotgan mamlakat iqtisodiyotida
«Qashshoqlik botqog’i»dan qutilishga intilish, iqtisodiyotning ilg’or tarmoqlari rivojlanishga imkoniyat yaratish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini rivojlantirish, rivojlanayotgan mamlakatlardan xorijiy sarmoyalarni izchil jalb qilishni talab etadi. Bunday maqsadlarda, investitsiya muhim kafolat shart-sharoiti mavjud bo’lgan maxsus iqtisodiy zonalar tashkil etiladi.
Ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarni kuchaytirib berish jarayoni oson kechmadi. SHuningdek 2002 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarga kiritilgan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning miqdori 51,5 mlrd. dollarni tashkil etgan darajasiga nisbatan ikki barobardan ham ko’proqdir. Jahon bankining ma’lumotiga qaraganda, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga xususiy kapitallarni jalb qilish 1994 yilga kelib yanada kuchaydi va 2000-2009 yillari oralig’idagi davrlar bilan taqqoslaganda uning o’sish darajasi tez qisqarganligiga qaramasdan, uning miqdori 173 mlrd. dollarga teng bo’lgan rekord natijaga erishdi. SHunga qaramasdan, yangi fond bozorlaridagi aktsiyalarga band etilgan partfel qo’yilmalar 1993 yildagi 46,9 mlrd. dollarga teng bo’lgan rekord darajadan 39,5 mlrd. dollarga qadar pasayib bordi.