Reja: Rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy tomonlari



Yüklə 49,73 Kb.
səhifə5/15
tarix07.01.2024
ölçüsü49,73 Kb.
#201930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
9-мавзу Рив-ётган

Sanoat tarmoqlari geografiyasi

Sanoat tarmoqlari geografiyasi

METALLURGIYA SANOATI

  • Metallurgiya sanoati jahon xo’jaligini, asosan, konstruksiyabop materiallar — qora va rangdor metallar bilan ta’minlaydi. Garchi mamlakatlar xo’jaligida boshqa xil konstaiksiyabop materiallar, jumladan, plastmassalarning ahamiyati ortib borayotgan bo’lsa-da, ular po’latning o’rnini bosa olmaydi.Shu sababli bu tarmoq hozirgi jahon xo’jaligining ahamiyatli negiz tarmoqlaridan hisoblanadi.
  • Metallurgiya sanoati o’z navbatida mustaqil qora va rangdor metallurgiya sanoatlariga bo’linadi.

Qora metallurgiya sanoatining xususiyatlaridan biri asosiy mahsulotlari hisoblanadigan cho’yan, po’lat va prokat ishlab chiqarish jarayonida juda katta hajmdagi temir rudasi, kokslanadigan ko’mir va boshqa xil resurslarni ishlatishidir. Shu sababli dastlabki yillarda tarmoq korxonalari, asosan, yirik kokslanadigan ko’mir konlari hududlarida shakllandi. FTI davrida tarmoqda yangi ishlab chiqarish texnologiyasiga o’tish tufayli temir rudasi va kokslanadigan ko’mirni jahonning turli mintaqalaridan keltirish imkoniyatlari ancha kengaydi. Natijada G’arbiy Yevropa davlatlari, Yaponiya, qisman AQShning qora metallurgiya korxonalari tobora dengiz portlari atroflarida joylashtirila boshlandi.

  • Qora metallurgiya sanoatining xususiyatlaridan biri asosiy mahsulotlari hisoblanadigan cho’yan, po’lat va prokat ishlab chiqarish jarayonida juda katta hajmdagi temir rudasi, kokslanadigan ko’mir va boshqa xil resurslarni ishlatishidir. Shu sababli dastlabki yillarda tarmoq korxonalari, asosan, yirik kokslanadigan ko’mir konlari hududlarida shakllandi. FTI davrida tarmoqda yangi ishlab chiqarish texnologiyasiga o’tish tufayli temir rudasi va kokslanadigan ko’mirni jahonning turli mintaqalaridan keltirish imkoniyatlari ancha kengaydi. Natijada G’arbiy Yevropa davlatlari, Yaponiya, qisman AQShning qora metallurgiya korxonalari tobora dengiz portlari atroflarida joylashtirila boshlandi.
  • Jahon qora metallurgiya sanoatida hozirgi vaqtda xomashyo resurslarini yetkazib beruvchi, tayyor metall mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va ularni iste’mol qiluvchi mamlakatlar guruhlari shakllangan. Jumladan, temir rudasini jahon bozoriga chiqarishda Braziliya, Avstraliya, Hindiston, JAR, Liberiya davlatlari, po’lat ishlab chiqarishda Yaponiya, Rossiya, AQSh, Ukraina, Germaniya davlatlari ajralib turadi. Tayyor metall mahsulotlarini iste’mol qilishda esa, asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qilmoqdalar. Jahonda ishlab chiqarilayotgan po’latning 80 foizi rivojlangan davlatlar hissasiga to’g’ri keladi. Ularning hissasi yuqori sifatli qora metall mahsulotlarini tayyorlashda, ayniqsa, yuqori.

Rangdor metallurgiya sanoati murakkab tarmoqlar tarkibiga ega bo’lib, o’nlarcha xildagi metallar (mis, aluminiy, rux, qo’rg’oshin, volfram, oltin, kumush, uran va boshqalar)ni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar rangdor metallurgiyada xomashyo resurslarini yetkazib berishga va rivojlangan mamlakatlar esa iste’molga tayyor rangdor metallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Masalan, mis rudalarini qazib chiqarish va jahon bozoriga chiqarishda Markaziy Afrikadagi Zambiya va KDR davlatlari yetakchilik qiladi. Ularning hududi bo’ylab Mis mietaqasi deb ataladigan misga boy havza yotadi.Bunday resurslarga bundan tashqari Chili, AQSh, Kanada ham ancha boy.Toza (rafinad) misni ishlab chiqarishda esa AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya kabi asosan, rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qilmoqda.
Shunga o’xshash holatni nisbatan yengilligi uchun qanotli metall deb nom olgan aluminiy sanoatida ham ko’rish mumkin.Tarkibida aluminiy metali bo’lgan boksit rudasiga eng boy davlatlar Avstraliya, Gvineya, Yamayka, Braziliyadir. Lekin tozalangan aluminiyni ishlab chiqarish va iste’mol qilishda yana AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlar ajralib turadi,

Yüklə 49,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin