Reja: Sanoat tormoqlari, ishlab chiqarish korxonalarning iqlim oʻzgarishiga ta’siri

Yüklə 56,03 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü56,03 Kb.
#122681
1-Mavzu-WPS Office

1-Mavzu
1-MAVZU.

IQLIM OʻZGARISHINI KELTIRIB CHIQARUVCHI MANBALAR VA OMILLAR

REJA:

1. Sanoat tormoqlari, ishlab chiqarish korxonalarning iqlim oʻzgarishiga ta’siri

2. Iqlim oʻzgarishining tabiiy va antropogen sabablari

3. Yerning global iqlimi, mikroiqlim, mahalliy iqlim haqida ma’lumot.

4. Iqlim oʻzgarishiga sabab boʻluvchi ichki va tashqi omillar

Bugungi kunda iqlim oʻzgarishining asosiy omillariga misol qilib bevosita inson faoliyati, jumladan sanoat tormoqlari, ishlab chiqarish korxonalarning rivojlanishi natijasida iqlim oʻzgarishiga oʻzining salbiy ta’sirlarini koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Xarakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” gi1 Farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʻyoriy-huquqiy hujjatlarda ham iqlim oʻzgarishi, hozirgi ekologik vaziyatni yaxshilashga alohida eʻtibor qaratilgan.

Tabiyat gapirmaydi lekin koʻrsatadi, bu soʻzning ma’nosi tabiyatga qancha mexr bilan qarasangiz tabiyat sizga shunchalik mexir koʻrsatishi toʻgʻrisida keng bir ma’noga ega xisoblanadi. Hozirgi vaqtda kuzatilayotgan iqlimning global oʻzgarishi atrof-muhitning turli komponentlari va ularning alohida xususiyatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarga ta’sir yetkazmoqda.

Sanoat rivojlanishi oqibatida atmosferaga chiqayotgan uglevodorod gazi miqdori yil sayin koʻpaymoqda. Bu esa sayyoramizda “bugʻxona hodisasi“ni kuchaytirib, keskin iqlim oʻzgarishlarini yuzaga keltiryapti. Oqibatda tabiiy ofatlar koʻpaymoqda. Dunyoning koʻpgina mintaqalarida tabiiy muvozanat buzilmoqda: ayrim joylarda yogʻingarchilik odatdagidan ancha koʻp boʻlsa, boshqa hududlarda qurgʻoqchilik avj olyapti. Joriy yilning oʻzida kuzatilgan “tabiiy meʻyorlarning buzilish” holatlari bunga yaqqol misol boʻladi. 2010-yil bahorida ba’zi Yevropa davlatlarida kuchli suv toshqinlari roʻy berdi, yoz esa juda issiq va quruq keldi.

Hisob-kitoblarga koʻra, har yili atmosferaga 100 million tonnadan ortiq uglevodorod chiqarilar ekan. Shuning 74 foizi rivojlangan davlatlar hissasiga toʻgʻri keladi. Olimlarning fikricha, oʻrmon yongʻinlari oqibatida atmosferaga chiqayotgan karbonad kislotasi sanoat chiqindilarining 50 foiziga teng ekan. Havoga koʻtarilgan tutun atmosferaning yuqori qatlamida kuyindi zarralarini koʻpaytiradi. Oqibatda, sayyoramizga Quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasi qaytadan koinotga yoyilish oʻrniga, Yerning oʻzida qolib, “bugʻxona hodisasi“ni keltirib chiqarmoqda. Oʻzbekiston hududi boʻyicha iqlim monitoringi ma’lumotlari XX asr va XXI asr boshlarida isishning turgʻun tamoyilini koʻrsatmoqda, uning surʻati oʻn yillik uchun 0,2 C dan oshadi, bu shimoliy yarimshar boʻyicha isishning oʻrtacha surʻatidan 40 % ga ortiqdir. Global isish mintaqadagi iqlimiy sharoitlarni murakkablashtirib, yozgi mavsumda - qurgʻoqchilik va jaziramani kuchaytirgan, qishki qahratonni esa uzaytirgan. Orol boʻyida selsiy boʻyicha 40 daraja issiqdan ortiqni tashkil qilgan kunlar ikki baravarga oshgan. Inson oʻz faoliyati bilan Yer yuzidagi muzliklarga tuzatib boʻlmas zarar yetkazgan, deya aytilmoqda. Ba’zi olimlar Shimoliy qutb, Arktikadagi muzliklar kelgusi 40-50 yil mobaynida butunlay erib ketib, ummon sathi 7 metrga qadar koʻtarilib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqdalar. Lekin boshqa olimlar bu kabi ehtimolni rad etadilar. Yer iqlimi isishining Shimoliy va Janubiy qutblardagi muzliklarga ta’sirini oʻrganish uchun 2007-yil mart oyida "Xalqaro Qutblar Yili" nomi ostida ikki yillik tadqiqotlar loyihasi ish boshlagan. Markaziy Osiyoda esa muzli qoyalar asosiy suv manbai hisoblanadi. Ba’zi ekologlarga koʻra bu muzliklarning 30 foizi hozirga qadar erib ketgan.

Iqlim oʻzgarishining tabiiy va antropogen sabablari. Iqlim tizimi, iqlim tizimi komponentlari va ular orasidagi bogʻliqlik, teskari aloqalar mexanizmi, iqlim oʻzgarishi va shakllanishiga ta’sir etadigan ichki va tashqi jarayonlar, issiqlik va namlik almashinuvi, atmosfera sirkulyatsiyasi, geografik kenglik ta’siri, Yerda dengiz va quruqlikning taqsimlanishi, qor va oʻsimlik qoplami, orografiya va iqlim, iqlimning balandlik boʻyicha oʻzgarishi, iqlimning kontinentalligi. Iqlim tizimi oʻzida beshta muhim komponentlarni: atmosfera, gidrosfera, kriosferalar (muz va qor), quruqlik va biosferasi yuza qismi va ular oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni oʻz ichiga olgan murakkab tizim. Iqlim tizimi komponentlari va turli jarayonlar iqlim oʻzgarishi shakllanishini tashqi va ichki qismlarga boʻladi.

Tashqi jarayonlarga quyidagilar kiradi:

- quyosh radiatsiyasining quyilishi;

- atmosfera tarkibi oʻzgarishi, litosferada boʻladigan jarayonlar va koinotdagi aerozollar va gazlar oqimi;

- okeanlar, materiklarning koʻrinishi oʻzgarishi;

Ichki jarayonlarga quyidagilar kiradi:

- atmosferaning okeanlar, quruqlikning yuza qismi va muzning (issiqlik almashuvi, bugʻlanish, yogʻingarchiliklar) bilan oʻzaro harakati;

- muz-okean oʻzaro harakati;

- atmosferaning gaz va aerozollar tarkibini oʻzgarishi;

- bulutlilik;

- qorli va oʻsimlik qoplami.

Bu majmuali tizim quyidagi parametrlar bilan izogʻlanadi: harorat, atmosfera yogʻingarchiliklari, havo va tuproq namligi, qorli va muz qoplami holati, dengiz sathi. Iqlim tizimi shuningdek, ancha murakkab tarzda xarakterlanadi: atmosfera va okean sirkulyatsiyasningi yirik masshtabdagi dinamikasi, ekstremal metereologik holatlarning kuchi va chastotasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosining yashash muhitini chegaralari.

Atmosfera - atmosfera sharoitida issiqlikni Yer tizimida olish, uzatish, oʻtkazish va yoʻqotish kabi murakkab jarayonlari bilan xarakterlanadi. Toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh radiatsiyasi atmosferadan oʻtib va tarqatilgan radiatsiya atmosferada qisman aks etadi. Ammo koʻp miqdorda u nurni oʻziga yutadi va suv havzalari, tuproq yuzalarini isitadi. Yer yuza qismi infraqizil radiatsiyani oʻzidan chiqarib, uni atmosfera yutib, isiydi. Atmosfera oʻz navbatida infraqizil radiatsiyani oʻzidan chiqaradi, uni esa yer yuzasi oʻziga qamrab oladi. Yer va atmosfera radiatsiyasi birgalikda doimo dunyo miqyosiga chiqarib turiladi va quyosh radiatsiyasi bilan birgalikda quyosh radiatsiyasini sayyoramizga kelishini tenglashtiradi. Quyosh nuri energiyasining bir qismi Yer yuzasi va atmosferani isitishga yoʻnaltiriladi.

Nurlanish yoʻli bilan issiqlik almashinuvidan tashqari, Yer yuzasi va atmosfera oʻrtasida issiqlik almashuvi issiqlik oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Atmosfera ichida issiqlik oʻtkazishda vertikal yoʻnalishda havoni aralashtirish muhim ahamiyatga ega. Yer yuzasiga tushadigan issiqlikning katta qismi suvni isitishga sarflanadi. Atmosferada suv bugʻi yigʻilishi natijasida issiqlik chiqadi, u esa oʻz navbatida havoni isitishga yoʻnaltiriladi. Issiqlik almashuvi havo oqimi orqali issiqlikni gorizontal oʻtkazish muhim jarayondir. Havo harorati havoni gorizontal tarzda okeandan quruqlikka, quruqlikdan okeanga oʻtishi, radiatsiyani turli darajada qamrab olishi va turli qizishiga qarab, quruqlik va dengizlarni taqsimlanishiga, kengliklar boʻyicha quyosh radiatsiyasini kelishiga qarab sutkali va yillik yurishi boʻladi.

Atmosfera va yer yuza qismi oʻrtasida doimiy namlik almashuvi yuz beradi. Suv yuzasi, tuproq, oʻsimliklardan atmosferaga suv bugʻlanadi, bu esa suvning ustki qismi va tuproqdan katta miqdorda issiqlik sarflanadi. Real sharoitlarda atmosferada suv bugʻi kondensatsiyalanadi, buning oqibatida tuman va bulut paydo boʻladi. Bulutlardan paydo boʻladigan yogʻingarchiliklar butun yer shari uchun bugʻlanishni tenglashtiradi. Yogʻingarchiliklar soni va ularning tarqalishi dehqonchilik va oʻsimliklar dunyosining asosini tashkil etadi. Yogʻingarchiliklar soni boʻlinishi, ularni oʻzgaruvchanligi suv havzalarining gidrologik tartibiga bogʻliq. Issiqlikning atmosferada notoʻgʻri taqsimlanishi atmosfera bosmiini notoʻgʻri taqsimlanishiga va havo harakatini izdan chiqaradi. Yerning sutkalik harakati yer yuza qismiga nisbatan havoning harakatiga katta ta’sir koʻrsatadi. Atmosfera qatlami chegaralarida havoga ta’sir qiladigan kuch bu ishqalanishdir.

Atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasi–bu havo oqimining asosiy majmui boʻlib, havo massasining gorizontal va vertikal almashinuvini amalga oshiradi. Uning paydo boʻlishi atmosferada doimiy ravishda turli tezlikdagi toʻlqinlar va dovullarni hosil boʻlishiga bogʻliq. Mazkur atmosfera gʻalayonlari-siklon va antisiklonlar–atmosfera sirkulyatsiyasining xarakterli belgilaridir. Atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasi iqlim tizimi holati tavsiflaridan biridir. Havoni koʻchishi ob-havoni oʻzgarishiga ta’sir qiladi. Global iqlim tizimi holati iqlim hosil qiluvchi jarayonlar-atmosfera sirkulyatsiyasi, issiq almashinuvi va namlik almashinuvi, turli joʻgʻrofik hududlarda koʻrinishini ifodalaydi. Iqlimning lokal turlari kengliklar, quruqlik va daryolar taqsimlanishi, orografiya, tuproqlar, oʻsimlik va qor qatlamlari, okean oqimilariga bogʻliqligidir.

Olimlarning fikriga koʻra, iqlim oʻzgarishi koʻproq insoniyatning oʻz faoliyati davomida atmosferaga tobora koʻp parnik gazlarini chiqarishi tufayli yuz beradi. va bu bilan yer kurrasining isib ketishiga sabab boʻladi. Biz kazilma yoqilgʻisini yoqamiz. Zavodlar atmosferaga katta xajmdagi karbonat angdrid gazini chiqarib yubormoqda. Atmosfera xuddi issiqxona oyna devorlari tarzida ishlaydi: koʻrinib turgan nurni kiritadi va ichida nurlangan infrakizil nurni saqlab qoladi. Birtomondan, parnik gazlari koʻplab kaytgan quyosh nurlarini ushlab kolishga yordam beradi va bu bilan yerdagi xayotuchun eng makbul boʻlgan xaroratni saqlab turadi. Bu gazlarsiz sayyoramizdagi oʻrtacha xarorat hozirgidagidek 15 daraja issiq emas, balki 18 daraja sovuq boʻlgan boʻlar edi.

Buning natijasida yerda xayotningta’minlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Boshqa tomondan esa bunday parnik gazlari qancha koʻp boʻlsa, sayyoramizdagi issiqlik shuncha ushlanib turadi va buning natijasida yer atmosferasining oʻrtacha xarorati koʻtariladi. Oʻrtacha xarorat koʻtarilgan sharoitda barcha iqlim jarayonlari oʻzgara boshlaydi. Harorat oshishidan muzliklar eriydi. Shimoliy va Janubiy kutb muzliklari, Grenlandiya muzliklari, toglardagi muzliklar. Qutblardagi va Grenlandiyadagi muzliklarning erishi bilan okeanlarga koʻp miqdorda chuchuk suv kelib tushadi.

Chuchuk suv, shoʻr okean suvidan farqli ravishda, boshqacha fizik xususiyatlarga ega u tez isiydi. Okean, hatto gradusning undan bir qismiga boʻlsa-da, isiganda esa, okean oqimlari oʻzgaradi. Sohildagi koʻplab davlatlarning iqlimi okean oqimlariga bogʻliq. Aynan okean oqimlari global gidrologik siklni muvozanatda ushlovchi kuchi xisoblanadi. Barcha materiklardagi iqlimni tartibga soluvchi siklonlar va antitsiklonlarning kaerda va kachon hosil boʻlishi xam okean oqimlariga bogʻliq.

Aynan okean oqimlari yogʻinlarni olib keladigan bulutlarning qanday va qancha hajmda hosil boʻlishiga javob beradi. Agar oqimlar oʻzgaradigan boʻlsa, barcha narsa, xamma global iqlim hosil qiluvchi jarayonlar xam oʻzgarib ketadi. Birok, iqlim oʻzgarishining sababi fakat insoniyat emas, balki yerdagi dinamik jarayonlar, iqlimni shakllantiruvchi tashki ta’sirlar, jumladan, quyidagilarni ham kiritish mumkin:

• materiklar va okeanlarning ulchami, relefi va uzaro joylashuvining oʻzgarishi;

• quyosh yorituvchanliginingoʻzgarishi;

• yer orbitasi va oʻqi koʻrsatkichlarining oʻzgarishi;

• atmosfera shaffofligi va tarkibining oʻzgarishi, jumladan, uning tarkibidagi parnik gazlari (SO2 va SN4) hissasining oʻzgarishi;

• yer usti nur kaytarish xususiyatining oʻzgarishi;

• okean tubidagi mavjud issiqlik miqdorining oʻzgarishi;

• neft va gaz qazib olinishi oqibatida yer yadrosi va qobigi orasidagi tabiiy qatlamning oʻzgarishi.

Iqlimga joʻgʻrofik kengliklarni ta’siri. Joʻgʻrofik kenglik iqlim belgilari taqsimotining hududiylashganligini ifodalaydi. Quyosh radiatsiyasi choshgohdagi quyoshning balandligi va nurlanishning davomiyligi aniqlanib, geografik kengliklarga bogʻliq holda atmosferaning yuqori chegaralariga kirib keladi. Radiatsiyaning yutilishi murakkab taqsimlanadi, bu oʻz navbatida havoning oʻzgarib turishiga, ya’ni yer yuza qismining albedosi, havoning tiniqligi darajasiga bogʻliq. Hududiylashganlik havo harorati taqsimlanishi asosiga qurilgan boʻlib, unda nainki radiatsiya yutilishiga, balki sirkulyatsion sharoitlarga ham bogʻliq. Harorat taqsimotining hududiylashganligi boshqa metereologik iqlim kattaliklarini zonalashuviga olib keladi. Havo haroratining yillik amplitudasi oʻlchami joʻgʻrofik kenglikka bogʻliq. Quyi kengliklarda darajaning yillik amlitudasi yuqori kengliklarga solishtirganda kamroqdir. Metereologik oʻlchamlarning taqsimlanishiga joʻgʻrofiy kenliklarni ta’siri yer yuziga bogʻliq iqlimning boshqa omillari ta’siri kamayganda balandlik bilan seziladi.

Iqlimning balandlikda oʻzgarishi. Atmosfera bosimi yuqorida tushadi, quyosh radiatsiyasi va samarali nurlanish oʻsadi, daraja, solishtirma namlik kamayadi. Shamol yetarli darajada tezlik va yoʻnalishi boʻylab oʻzgaradi. Bunday oʻzgarishlar joyning tekisligiga qarab erkin atmosferada, katta va kichik ta’sirlar (yaqindagi yer yuza qatlami bilan bogʻliq) togʻlarda ham yuz beradi. Togʻlarda bulut bilan qoplanganlik, yogʻingarchiliklar yuqoriligining xarakterli oʻzgarishlari kuzatiladi. Yogʻingarchiliklar qoidaga binoan avval joy balandligida kuchli qayd etiladi, lekin keyin ayrim bosqichlarda kamayadi. Natijada togʻlarda yuqori iqlim hududiylashganligi vujudga keladi. Iqlim sharoitlari joy balandligi bilan bogʻliqligi bilan kuchli farqlanadi. Bunda gorizontal yoʻnalishdagi kenglikdagi oʻzgarishdan koʻra balandlikdagi oʻzgarish birmuncha koʻp.

Iqlim hududiylashganligining yuqoriligi togʻlardagi metereologik oʻlchamlar yuqoriligi barcha iqlim sharoitlari majmuining tez oʻzgarishini hosil qiladi. Bir iqlim hududi (yoki mintaqa) ning boshqasini hosil qilishi oʻsimliklar oʻzgarishiga muvofiq. Yuqori iqlim hududlarining almashinuvi kengliklar yoʻnalishidagi iqlim hududlari almashinuvini eslatadi. Farqi shundaki, oʻzgarish uchun gorizontal yoʻnalishda minglab kilometr siljish, togʻlarda esa balandlikning faqat bir kilometrga oʻzgartirish yetarlidir.

Iqlimning daryolar va quruqlikka taqsimlanishining ta’siri. Quruqlik va daryolar taqsimlanishi dengiz va kontinentalli iqlim turlariga boʻlinishini ifodalaydi. Iqlimning ta’rifining zonalashganligi quruqlik va daryolarning oʻzanini toʻsish ta’sirida koʻrinadi. Okean sathi koʻtarilayotgan Janubiy yarim sharda Shimolga nisbatan quruqlikning taqsimlanish darajasi simmetrik mintaqa, hududiylashganlik va daraja taqsimlanishi, bosimi, shamol tezligi yaxshiligi aniqlangan. Markazalar koʻpyillik oʻrta kartalarida atmosfera bosimini harakatini quruqlik va dengizlarni taqsimlanishiga bogʻliqligini koʻrsatmoqda: yozda materiklar ustida yuqori bosimni subtropik hududlarida tarqaydi; materik ustidagi moʻtadil kengliklarda qishda yuqori, yozda esa past bosimni kuzatish mumkin. Bu atmosfera sirkulyatsiya tizimini, shu bilan birga Yerning iqlim sharoitlarini taqsimlanishini murakkablashtiradi. Qirgʻoq boʻyiga nisbatan joylashuvlar haroratga, namlikka, yogʻingarchilikka sezilarli ta’sir qilib, kontenintal iqlimni darajasini aniqlaydi

Orografiya va iqlim. Togʻlardagi iqlim sharoitlariga joyning dengiz sathidan balandligi, togʻ tizmalari balandligi va yoʻnalishi, qoyalar ekspozitsiyasi, shamol yoʻnalishi, vodiylar uzunligi, yonbagʻirlar tikligiga ta’sir qiladi. Havo oqimlari togʻ tizmalarida ushlanib qolishi va ogʻishi mumkin. Togʻ tizmalarining tor oʻtish joylarida havo oqimi tezligi oʻzgaradi. Togʻlarda mahalliy sirkulyatsiya tizimi yuzaga keladi-togʻ-vodiyli va muzli shamollar. Yonbagʻirlarda haroratning turlicha tartibi hukm suradi.

Relef shakllari haroratning sutkalik yurishiga ta’sir koʻrsatadi. Havoning sovuq yoki iliq massasi oʻtishini ushlab turib, togʻlar katta joʻgʻrofik fazoda haroratning taqsimlanishi boʻyicha keskin boʻlinmalar yaratadi. Havo oqimining togʻ tizmalaridan oʻtishi tikliklardan bulutli kunlar va yogʻingarchiliklarni koʻpayishiga olib keladi. Tik qoyalarda yuqori haroratli va past namlikli fen vujudga keladi. Togʻlar ustida toʻlqinli havo oqimlari va bulutlarning boshqacha koʻrinishlari vujudga keladi. Togʻning qizigan qoyalarida konveksiya kuchayadi, natijada bulutlar hosil boʻladi. Bularning hammasi togʻ hududlarini koʻpyillik rejimini koʻrsatadi.

Okean oqimi va iqlim. Okeanlar oqimi dengiz yuza qismida va atmosfera sirkulyatsiyasi taqsimlanishiga ta’sir oʻtkazib, dengiz usti turli keskin harorat tartibini yaratadi. Okean oqimlari barqarorligi atmosferaga iqlim mazmunini beradi. Golfstrim Shimoliy Atlantikaning sharqiy qismi va Gʻarbiy Yevropa iqlimiga iliq ta’sir oʻtkazadi. Sovuq oqimli rayonlar uzra tumanlar tushishi, masalan, Nyufaundlend oroli yaqinidap Golfstrim ning iliq suvi Labrador oqimining sovuq suviga qoʻshilib ketishi kuchayadi. Passatli zonadagi sovuq suvlarda konveksiyalarga barham beriladi va bulutlilik keskin kamayadi. Bu, oʻz navbatida, qirgʻoq boʻylaridagi choʻllarning barpo boʻlishi omillaridan biridir. Iqlimga qor va oʻsimliklar qoplamining ta’siri. Qorli qatlam (muzlik) tuproqning iliqligini yoʻqotishni kamaytiradi va uning haroratini tebrantiradi. Yuqori qatlami kunduzi quyosh radiassiyasini aks ettiradi va kechasi nurlanish bois sovutadi. Shu bois u yer qatlami havosi darajasini tushiradi. Bahorda qor qatlami erishiga atmosfera bilan kurashadigan iliq havo koʻp sarflanadi: shu sababli havo harorati eriyotgan qor qatlami 0 darajaga yaqin boʻladi. Qor qatlamining erishi tuproqni namlik bilan toʻyintiradi va yilning iliq mavsumlari iqlim tartibiga katta ta’sir etadi.

Quyuq oʻt qoplami sutkalik tuproq harorat amplitudasini kamaytiradi va uning oʻrtacha haroratini tushiradi. Natijada u havoning sutkali harort amplitudasini kamaytiradi. Oʻrmonlar yogʻingarchiliklarni koʻpaytiradi, yuza qismining gʻadir-budurligi oqibatida iqlimga murakkab ta’sir oʻtkazadi.

Yerning iqlim tizimi atmosfera, okeanlar, quruqlik, kriosfera (muz va qor qatlami) va biosferani oʻz ichiga oladi. Bu ierarxik qismlardan iborat tizim bir qator koʻrsatkichlari bilan izohlanadi, jumladan, havo harorati, atmosfera yogʻinlari, tuproq va havo namligi, qor va muzlar qoplamasining holati, dengiz sathi va boshqalar. Shu bilan birga iqlim tizimini murakkabroq tavsiflash mumkin: atmosfera havosi va okeanlardagi global sirkulyatsiyaviy oʻzgarishi, ekstremal meteorologik holatlarning qaytarilishi va kuchi, oʻsimlik va hayvonot dunyosining areallari. Meteorologik oʻlchamlarni kenglik boʻyicha va vaqt davomida taqsimlanishini Yer kurrasida lokal(mahalliy) iqlimni belgilaydi. Koʻpincha “oddiy” koʻrsatgichdagi kichik oʻzgarishlar “murakkab” oʻzgarishlarga olib keladi, bu esa oʻz navbatida iqlim oʻzgarishini bildiradi

Iqlim oʻzgarishiga antropogen ta’sirlar. Antropogen omillar jumlasiga atrof-muhitni oʻzgartiruvchi va iqlimga ta’sir qiluvchi inson faoliyati xam kiritiladi. Ba’zi xollarda, sabab-oqibat aloqalari bevosita yuz beradi va ikki xil ma’noga ega emas, masalan, sugʻorishning xaroratga va namlikka ta’sirida buni yaqqol kuzatish mumkin boʻlsa, boshqa xolatlarda bu uncha koʻzga tashlanmaydi. Yerdan foydalanish, ozon qatlamining yemirilishi, chorvachilik va oʻrmonlarning kesilishi kabi boshqa omillar xam ikpimga ta’sir kiladi. Parnik gazlari Parnik gazlari global isib ketishning asosiy sababchisi, deb sanaladi.

Tadqiqotlarga koʻra, atmosferaning parnik gazlar toʻsib qolgan issiqlik energiyasi bilan isishi natijasida yuzaga keladigan parnik ta’siri yer xaroratini tartibga soluvchi eng muhim jarayon xisoblanadi. 1950-yildan buyon uglerod dioksidining tobora oʻsib kelayotgan darajasi global isib ketishning asosiy sababi deyiladi.

Yerdan foydalanish va uning tartibi yerdan foydalanish iqlim oʻzgarishiga sezilarli ta’sir kiladi. Sugʻorish, daraxtlarni kesish va qishloqxoʻjaligi atrof-muxitni tubdan oʻzgartirib yuboradi. Masalan, sugʻoriladigan yerlarda suv muvozanati oʻzgaradi. Shuningdek, yerdan foydalanish aloxida olingan xududning albedosini oʻzgartirib yuboradi, chunki u yuza qatlamining xususiyatiga ta’sir qiladi va bu bilan yutilayotgan quyosh nuriga xam oʻzgaradi.

Masalan, Gretsiya va Oʻrta yer dengizi atrofidagi boshqa mamlakatlarning iqlimi eramizdan avvalgi 700-yildan boshlab, eramizning boshigacha boʻlgan davrda yal pi tarzda daraxtlar kesilganligi (daraxtlardan qurilishda, kema qurishda va yoqilgi sifatida foydalanilgan) sababli oʻzgarib ketgan, deb faraz kilishga aniq sabablar bor. Buning natijasida uning iqlimi ancha issiq va quruqlashib ketgan, usha davrda kema qurishda ishlatilgan daraxt turlari esa bu xududda boshqa oʻsmaydi. Iqlim oʻzgarishiga antropogen ta’sir haqida keyinchalik batafsiz fikr yuritamiz.

Issiqxona samarasi va issiqxona gazlari emissiyasi. Iqlim oʻzgarishini tabiiy va antropogen sabablari; issiqxona samarasi; issiqxona gazlari; issiqxona gazlarini emissiyasi; boshqarilmaydigan issiqxona samarasii; urbanizatsiya va yerdan foydalanishning optimallashtirish hisoblanadi.

Darhaqiqat, bizning sayyoramiz iqlimi doimiy ravishda oʻzgarib bormoqda. Geologik ma’lumotlarga yondashgan holda turli geologik davrlarda oʻrtacha dunyo miqyosidagi harorat +7 dan +27oC gacha tebrangan. Hozir Yerning oʻrtacha harorati taxminan+14oC ni tashkil etadi va maksimumdan ancha uzoqda. Olimlar, davlat rahbarlari va jamoatchilik nimadan havotirdalar? Loʻndasini aytganda, iqlim oʻzgarishining yana bir muhim omillaridan biri-antropogen (inson faoliyati natijasi) ta’sirdir, tadqiqotlar yildan-yilga iqlim oʻzgarishi tahdid solib borayotganini qayd etmoqdalar.

Tabiiy sabablar. Iqlim oʻzgarishining tabiiy omillari orbitalar aralashuvi va Yerning nishab tortishi, quyosh faolligining oʻzgarishi, vulqonlarning otilishi va tabiiy ravishda atmosfera aerozollari sonini oʻzgarishini oʻz ichiga oladi..

Vulqonlarning otilishi. Vulqonlarning otilishi natijasida atmosferaga sezilarli hajmda muallaq zarrachalar-aerozollar chiqadi, ular troposfera va stratosfera shamollari orqali atrofga yoyiladi va quyosh radiatsiyasini bir qismini toʻsib qoʻyadi. Bu holat uzoqqa choʻzilmaydi, chunki zarrachalar tezda choʻkadi. Eramizdan avvalgi 1600-yilda Oʻrta Yer dengizidagi yirik vulqonning otilishiga, balki Minoy imperiyasi qulashiga va daraxtlarning yillik oʻsishiga qaraganda atmosferani sezilarli darajada sovushiga olib keldi. 1815-yilda Indoneziyadagi Tambor vulqonining otilishi oʻrtacha global darajaning 3oC darajaga pasayishiga olib keldi.

Soʻnggi yillarda Yevropada va Shimoliy Amerikada yoz deyarli boʻlmadi, keyinchalik bu hol toʻgʻrilanib, iziga tushib ketdi. 1991-yilda Filippinda balandligi 35 km boʻlgan oʻzidan cheksiz kul qoldirgan Penatubo vulqoni otilishi natijasida, quyosh radiatsiyasining oʻrtacha darajasi 2,5 Vt/m kamaydi, bu esa global sovushi 0,5-0,7oC darajaga pasayishiga sabab boʻldi. Lekin shunga qaramasdan, XX asrning oxirgi oʻn yiligida eng iliq havo hukm surdi. Vulqonlar otilishi va uning atrofga qancha kul sochishi muhim emas, balki bu holatning qancha balandlikka otilishi va radiatsiya samarasini ifodalashi muhimdir.

Quyosh sikli va Yerning orbitasi. Sezilarsiz darajada boʻlsa ham Quyosh radiatsiyasi intensivligi oʻzgarmoqda. Quyoshdan nurlanishning intensivligi toʻgʻridan-toʻgʻri oʻlchovi keyingi 25 yilda amalga oshirilmoqda, lekin qoʻshimcha parametrlar mavjud boʻlib, xususan, quyosh dogʻlari faolligi, quyosh radiatsiyasi intensivligini baholash uchun foydalaniladi.

Yer-Quyosh tizimining eng katta sayyorasi va quyoshdan uchinchi uzoqlikda joylashgan. Yer Quyosh atrofida eliptik, aylanaga yaqin orbita boʻyicha oʻrtacha 30 km/s tezlik va oʻrtacha 365,24 quyoshli sutka (tropik yil) davrida aylanadi. Yer oʻz oʻqi atrofida 23 soatu 56 daqiqa (yulduzli sutkalar) aylanadi. Quyosh oqimi oʻzgarishidan tashqari, tebranishni boshidan kechirayotgan Yer elliptik orbita joylashgan oʻrniga qarab turlicha energiya miqdorini oladi.

Keyingi million yillar mobaynida muz va muzliklararo davrlar bizning sayyoramiz orbitasi oʻrniga qarab almashinadi. Orbitaning nisbatan tebranishlari keyingi 10 ming yillarda kam kuzatilgan, va iqlim birmuncha barqarorlashdi. Orbitaning har qanday tebranishlari-yetarlicha inersion koʻrinish boʻlib, u iqlimga antropogen ta’siri anchayin qisqa vaqt masshtabiga ega boʻlib, vaqtning mingyillik masshtabida prinsipial jihatdan muhimdir.

Antropogen sabablar. Antropogen sabablarga avvalombor, atmosferadagi issiqxona gazlari, asosan, qazilma boyliklar yonishini hosil qiluvchi CO2 konsentratsiyasining ortishi kiradi. Bu issiqxona samarasini kuchaytirishga olib keladi. Boshqa sabablari-aerozol zarrachalari chiqindisi, oʻrmonlarning kesilishi va yoʻq qilinishi, aholining oʻsishi va boshqalar.

Issiqxona samarasi Yer atmosferasida issiqlik tarqalishini ushlab qoladi. Issiqxona samarasini barchamiz kuzatganmiz: issiqxona va bugʻxonalardagi havo harorati tashqariga nisbatan hamisha baland boʻlgan. Yer shari masshtabida ham xuddi shunday, atmosferadan oʻtuvchi quyosh energiyasi Yer yuza qismini isitadi, lekin Yerdan tarqalgan issiqlik energiyasi yana koinotga chiqib ketolmaydi, Yer atmosferasi uni ushlab qoladi, bugʻxonadagi polietilenga oʻxshab harakat qiladi, ya’ni u Yerning yuzasiga tarqaladigan Quyoshdan qisqa yorugʻ toʻlqinlar chiqaradi. Issiqxona samarasi atmosferada yer gazi mavjudligidan yuzaga keladi, ular uzun toʻlqinlarni ushlab qolish xususiyatiga ega. Ular “bugʻxona” yoki “issiqxona” gazlari nomini olgan.

Issiqxona gazlari atmosfera tashkil topganidan buyon uncha katta boʻlmagan miqdorda (0,1%ga yaqin) ishtirok etadi. Bu miqdor hayot uchun zarur boʻlgan Yerning issiqlik balansi yashash uchun qoʻllab turish uchun yetarli. Bu tabiiy issiqlik samarasi deb ataladi. Agar u boʻlmaganida Yer yuzasining oʻrtacha darajasi 30oS ga kam boʻlardi, ya’ni hozirgidek +14oC emas, balki -17oC boʻlar edi. Tabiiy issiqlik samarasi na Yerga, na insoniyatga tahlika solmaydi, issiqxona gazlarining umumiy miqdori tabiatning koʻz ilgʻaydigan tevarak-atrofi hisobiga issiqxona gazlari bir meʻyorda tutib turadi, koʻproq bizning hayotimiz uning zimmasidadir.

Atmosferada issiqxona gazlari konsentratsiyasining ortishi issiqxona samarasining kuchayishiga olib keladi va Yerning issiqlik muvozanatini buzadi. Aynan shu keyingi ikki yuz yillikda taraqqiyot rivojida aks etdi. Koʻmir elektrstansiyalaridan, avtomobillardan, zavod quvurlari va boshqa inson tomonidan bunyod etilgan qator ifloslantiruvchi manbalar yiliga atmosferaga 22 milliard tonnaga yaqin issiqlik gazi chiqaradi.

Qanday gazlar “issiqxona gazlari” deyiladi?

Bu turning eng ommalashganlaridan biri suv bugʻidir (N2O), karbonat angidrid gazi (CO2), metan (CN4) va gangitadigan gaz yoki azotning oksidi (N2O). Bu issiqxona gazlarining toʻgʻridan-toʻgʻri harakatidir. Ularning katta qismi organik yonilgʻining yonishi jarayonida hosil boʻladi.

Bundan tashqari, toʻgʻridan toʻgʻri harakatlanuvchi issiqxona gazlarining yana ikki guruhi boʻlib, bular galouglerodlar va geksoftorli oltingugurt (SF6) lardir. Ularning atmosferaga chiqishi zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlari (elektronika va sovutgich asboblari) bilan bogʻliq. Ularning atmosferadagi miqdori deyarli kam, ammo ularning issiqxona samarasiga va global isish potensialiga CO2 ga nisbatan oʻn ming barobar kuchlidir.

Suv bugʻlanishi-asosiy issiqxona gazi boʻlib, tabiiy issiqxona samarasining 60% dan ortigʻiga javobgardir. Uning antropogen kengayishi hozircha atmosfera konsentratsiyasida qayd qilinmagan. Boshqa omillar sababli yer haroratining ortishi amtmosfearada suv bugʻlanishi konsentratsiyasini oʻsishiga va issiqxona samarasining kuchayishiga olib keladigan okean osti bugʻlanishini kuchaytiradi. Boshqa tomondan, atmosferada bulut Yerga energiya tushishini kamaytiradigan va issiqxxona samarasini pasaytirishga muvofiqlashgan toʻgʻridan toʻgʻri quyosh nurining tushishini aks ettiradi. Karbonat angidrid gazi-issiqxona gazlari orasida anchagina tanilgan. CO2 ning tabiiy manbalari inson organizmi faoliyati, vulqon chiqindilaridir. Antropogen manbalar organik yonilgʻining yonishi (oʻrmon yongʻinlarini qoʻshganda), shuningdek, bir qator ishlab chiqarish jarayonlari (masalan, oyna, sement ishlab chiqarish) kiradi. Karbonat angidrid gazi koʻplab tadqiqotchilarning fikricha, “issiqxona samarasi”ni ta’sirida global isishda eng asosiy javobgaridir. CO2 konsentratsiyasi industriya sanoatlashuvida ikki asr ichida 30%dan oshdi va dunyo miqyosining oʻrtacha darajasi oʻzgarishi bilan oʻzaro bogʻliq.

Metan-issiqxona gazining ikkilamchi turi. Toshkoʻmir va tabiiy gazining ishlab chiqilishida sirqib oqishi, quvur oʻtkazgichlar, biomassaning yonishilarda, toʻkish joylarida (biogazning tarkibiy qismiga oʻxshash), shuningdek, qishloq xoʻjaligida (chorvachilik, sholikorlikda) va boshqalarda ajarlib chiqadi. Chorva mollarini boqishda, oʻgʻitlashda, koʻmir yoqishda va boshqa manbalar yiliga 250 million tonna metan chiqishiga olib keladi. Atmosferada metan miqdori unchalik katta emas, lekin uning issiqxona samarasi yoki global isish potensiali CO2 ga nisbatan 21-marta kuchli.

Azotning oksidi-issiqxona gazining uchlamchi turi: uning ta’siri CO2 ga nisbatan 310 marotaba kuchli, lekin u atmosferada uncha katta boʻlmagan miqdorda mavjud. Atmosferada hayvonlar va oʻsimliklar, shuningdek, mineral oʻgʻitlar solishda va ishlab chiqarish, kimyoviy ishlab chiqarish ishlaridagi hayot faoliyati natijalarida koʻrinadi.

Atmosferadagi issiqxona gazlari konsentratsiyasi oʻsishi. Issiqxona gazlari konsentratsiyasi (karbonat angidrid gazi, metan, azotning oksidi) XX asr mobaynida oʻsdi, hozirda esa bu oʻsish yanada tez quloch yoymoqda. CO2 konsentratsiyasi 1750-yilgacha 280 rrm (qismlardan milliongacha), 2000-yilgacha 370 rrm ga oʻsdi. 2100-yilda CO2 konsentratsiyasi 540 dan 970 rrm atrofida, asosan dunyo energetikasining rivojlanishiga qarab boradi. Issiqxona gazlari atmosferada uzoq muddat farqlanib turadi. Barcha CO2 chiqindilarining teng yarmi atmosferada 50-200-yil qoladi, bu vaqtda uning qolgan yarmi okeanlarga, quruqlik va oʻsimliklar olamiga soʻriladi. Bunda asosiy oʻrinni okeanlar egallaydi. Ayrim xulosalarga koʻra, taxminan 80% CO2 ning yutilishi va kislorod “ishlab chiqarish”i fitoplanktonga toʻgʻri keladi.

Yerdan foydalanishdagi oʻzgarishlar va urbanizatsiya. Keyingi 150-250-yil ichida yerdan foydalnishdagi oʻzgarishlar tufayli biomassa va tuproq uglerodi miqdori sezilarli darajada qisqardi, demak, yer ekotizimiga uglerod zahirasi ham kamaydi. Natijada atmosferaga katta miqdorda CO2 chiqa boshladi. Oʻrmon maydonlari, ayniqsa, tropik oʻlkalarda keskin qisardi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa Afrikada katta miqdordagi mollarning boqilishi sababali yaylovlar degaradatsiyasi kelib chiqdi. Bu nafaqat mahalliy iqlimga, balki global jarayonlarga salbiy ta’sir oʻtkazdi. Koʻplab hududlarda choʻllanish sodir boʻlmoqda.

Urbanizatsiya ham iqlim oʻzgarishiga yordam berdi. Hozir shaharlarda sayyoraning yarim aholisi hayot kechiradi. 1 million aholisi bor shaharlar kuniga 25 ming tonna CO2 va 300 ming tonna oqova suvlarni chiqaradi. Bundan tashqari, katta shaharlarda havo darajasi “issiq” obʻektlari: binolar, mashinalar va boshqalar tufayli birmuncha yuqori. Issiq iqlimli rivojlangan mamlakatlarda havoni konditsionerlashga isitish tizimiga sarflangandan koʻra koʻproq mablagʻ ishlatiladi. Ya’ni issiq havoga qarshi konditsionerlarni ishlatish isishni yanada kuchaytirmoqda.

Iqlim oʻzgrarishi oʻn va yuz yillar yoki bundanda ham uzoq muddatlarda vulqonlarning harakati, quyosh faolligining oʻzgarishi, okeanlar oqimi sirkulyatsiyasi yoki Yerdagi tub oʻzgarishlar kabi tabiiy jarayonlar kechuvi bilan amalga oshadi. Kishilik jamiyatining issiqxona va aerozol gazlarni atmosferaga koʻplab chiqarishi, Yer yuzining oʻzgarishi yoki ozon qatlamini oriqlanishi hisobiga ham iqlim oʻzgarishi mumkin. Global iqlim, biologik, geologik va kimyoviy jarayonlar tabiiy ekotizimlar bilan oʻzviy bogʻlangan. Ulardagi bir jarayonlar kechuvining oʻzgarishi boshqalariga ham ta’sir qiladi, aksariyat hollarda birinchisiga qaraganda ikkinchilarida ushbu oʻzgarishlar kuchliroq sodir boʻladi.

Mavzuni oʻzlashtirish uchun savollar

1. Iqlim oʻzgarishining tabiiy va antropogen sabablar nimalardan iborat?

2. Iqlim oʻzgarishiga sabab boʻluvchi ichki va tashqi omillarga nimalar kiradi?

3. Iqlim oʻzgarishiga sabab boʻluvchi antropogen ta’sirlarga aniq misollar keltiring?

4. Iqlim oʻzgarishiga namlikning va harotatning ta’siri?

5. Qanday gazlar “issiqxona gazlari” deyiladi?

6. “Issiqxona gazlari” ga sabab boʻluvchi asosiy omillar nimalardan iborat?

7. Atmosferadagi issiqxona gazlari konsentratsiyasi oʻsishi iqlim oʻzgarishiga qanday ta’sir koʻrsatadi?

8. Yerdan foydalanishdagi oʻzgarishlar va urbanizatsiya haqida qanday fikrdasiz?

2-Mavzu

3-mavzu

4-MAVZU.

IQLIM OʻZGARISHINI OLDINI OLISH BOʻYICHA

CHORA-TADBIRLAR

REJA

1. Xalqaro huquq normalari, iqlim oʻzgartirishi doir BMTning Ramkali konvensiyasi

2. Iqlim oʻzgartirishi doir Kioto bayonnomasi, sof rivojlanish mexanizmi, qoʻshma yaratish loyihalari

3. Marokash kelishuvi, issiqxona gazlarini atmosferaga chiqarishni qisqartirish boʻyicha halqaro kelishuvlar.

Tabiat bilan jamiyat oʻrtasidagi munosabatlarni optimallashtirish tub ma’noda har bir davlatning tabiat muhofazasi sohasida tutayotgan ekologik siyosatiga bogʻliq. Aslida ekologik siyosat iqtisodiy rivojlanishnn belgilaydi, ishlab chiqarish jarayonida tabiiy resurslardan qanchalik ok.ilona foydalanilsa, tayyor moddiy mahsulot miqdor jixatdan moʻl-koʻl, sifat jixatdan oliy navli yoki darajaligi bilan ajralib turadi. Tabiiy boyliklardan ekstensiv usulda foydalanish, isrofgarchilikka yoʻl qoʻyish, atrof-muhit ifloslanishi bilan yaqindan shugʻullanmaslik hudud iqtisodiyotini ham inqirozga yuz tutishiga olib keladi.

Binobarin, mamlakatning barqaror rivojlanishi ekologik - iqtisodiy omillarning, bir-birlari bilan uzviy bogʻliqligi asosida sodir boʻlar ekan tabiat-jamiyat munosabatlari tizimida bu boradagi barcha mavjud toʻsiqlar bartaraf etilishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, tabiat-jamiyat tizimida faqat maqsadga muvofiq yoʻnalishdagi ijobiy taraqqiyot barqaror rivojlanishi kerak. Bu hol aksariyat ekologik siyosatning mazmuni ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnaltirilganligi va ijroning qatiyatliligiga bogʻliq.

Global iqlim oʻzgarishi XXI asrning asosiy muammolaridan biridir. Insoniyatning taraqqiyotga erishish yoʻlida tabiatga nisbatan befarq boʻlib, yomon munosabatda boʻlishi atrof-muhitdagi muvozanatning izdan chiqishiga va salbiy oqibatlarga olib keladi, natijada ob-havo va iqlim oʻzgarishiga sabab boʻlmoqda.

BMTning ma’lumotiga koʻrab 2100-yilga borib, harorat darajasi 2.70S koʻtarilishi kutilmoqda. Olimlarning tadqiqotlariga koʻra harorat 20S koʻratilsa, bu holat iqlimning xavfli darajada oʻzgarishiga olib keladi va qashshoq mamlakatlarga qattiq sabliy ta’sir qiladi.

“Interfaks” xabari va BMT ma’lumotiga koʻra, 2030-yilga kelib global iqlim oʻzgarishi jahon iqtisodiyotiga yiliga 2 trln dollar zarar keltira boshlaydi. 2030-yilga kelib global isish har yili jahon iqtisodiyotiga 1,5 trillion funt sterling (2 trillion dollar) zarar keltirar ekan. Global iqlim oʻzgarishi tufayli YaIM hajmining tushishi 43 mamlakatda kuzatilar ekan, bular orasida Hindistonda – yillik zarar 340 milliard funt, Xitoyda – 188 milliard funt, Malaziyada – 188 milliard funt va Tailandda – 113 milliard funtni tashkil qilishi mumkin ekan.

Sharqiy Yevropa mintaqasi, Markaziy Osiyo va Kavkaz (jami 28 mamlakat)da sezuvchanlik va tez zarar koʻrishi darajasini tavsiflovchi miqdoriy baholash oʻtkazilgan. Baholash natijalariga koʻra, Oʻzbekiston iqlim oʻzgarishlariga juda sezuvchan (2 oʻrin) va undan zararlanadigan (6 oʻrin) mamlakat hisoblanadi.

Dunyodagi koʻp davlatlar va tashkilotlar tomonidan iqlim oʻzgarishini oldini olish va asoratlarini bartaraf etish boʻyicha diqqatga molik ishlarni amalga oshirmoqda. Shulardan biri BMTning “Yashil iqlim” jamgʻarmasidir. Bu global miqyosdagi tashabbus boʻlib, uglerodlarni atmosferaga kam chiqarish hamda iqlim barqarorligiga asoslangan rivojlanishni moliyalashtirish orqali iqlim oʻzgarishi masalalarini hal etishga koʻmaklashuvchi tashkilot hisoblanadi.

Bu jamiyat 2010-yil Kankun shahrida rivojlanayotgan mamlakatlarda issiqxona gazlari chiqishi kamayishiga hamda himoyaga muhtoj hamjamiyatlar iqlim oʻzgarishining muqarrar oqibatlariga moslashishiga yordam berish maqsadida 194 ta davlat hukumatlari tomonidan tuzilgan. Bosh qarorgohi Janubiy Koreyaning Songdo shahrida joylashgan boʻlib, uning vazifasiga issiqxonalar gazlarini kamaytirishga yoki ularning chiqishiga oldini olishga, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yengillashtirishga yoʻnaltirilgan yoki salbiy iqlim ta’sirlari va sharoitlariga moslashish boʻyicha loyihalarni koʻrib chiqib moliyalashtirish kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik xizmat markazi Oʻzbekistonda “Yashil iqlim” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ish olib borish vakolatiga ega. Jahon banki tomonidan ekologik xavf-xatarni bartaraf etish va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni hal qilish borasida olib borilayotgan ekologik siyosati tahsinga sazovordir. Jahon banki 130 mamlakat bilan iqlim oʻzgarishini hal qilish uchun birgalikda harakat qilmoqda. Koʻplab mamlakatlarda iqlim oʻzgarishiga moslashishga qaratilgan tadbirlar uchun kreditlar, iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish uchun moliyaviy koʻmaklar ajratilmoqda. Jahon banki “uglerodli moliyalashtirish” va iqlim oʻzgarishini bartaraf etish uchun investitsiya fondlari orqali moliyalash masalalarini hal qilishda davom etmoqda.

Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “Orol dengizi havzasida iqlim oʻzgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish Dasturi”ni amalga oshirilishi hududda iqlim oʻzgarishi ta’sirini va unga moslashish subloyihalar orqali samarali usullarni tatbiq etish muhim ahamiyatga egadir.

Qishloq hoʻjaligida tayyor mahsulot (tovar) ishlab chiqish katta energiya isteʻmoli bilan bogʻliq boʻlib bir birlik mahsulotga sarflanayotgan resurslar balansida energetik resurslar ulushi 60% dan ortiqrogʻini tashkil etadi.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish energiya sigʻimdorligi butun dunyoda jumladan, Oʻzbekistonda oʻsib borayotganligi bir tomondan, energiya va energetik resurslarning jahon bozoridagi bahosini jadal ortib borayotganligini ikkinchi tomondan agrar tarmoqda energiya tejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning energiya ta’minoti tizimi tarmoqlarida energiya isrofini kamaytirish kabi energiya tejamkorlikka oid anʻanaviy yondashuvlar bilan bir qatorda qishloq xoʻjaligida qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan keng foydalanishni yoʻlga qoʻyishni taqazo etmoqda. Bu borada xorijiy davlatlarning muqobil energiya manbalaridan foydalanish tajribasini oʻrganish va uni samarali tatbiq etish tajribasini oʻrganish va uni samarali tatbiq etish bugungi kunning eng dolzarb masalasi hisoblanadi.

Tahlillarga qaraganda, hozirgacha dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlarda muqobil energiya manbalari sohasida milliy qonunchilik yaratilgan, 70 ga yaqin mamlakatda esa muqobil energiya manbalari bilan ishlash hajmini koʻpaytirishga harakat qilmoqda. Soʻnggi oʻn yillikda mazkur sohada Avstraliya, Belgiya, Braziliya, Kanada, Xitoy, Daniya, Estoniya, Chexiya, Fransiya, Germaniya, Irlandiya, Janubiy Koreya, Niderlandiya, Portugaliya, Singapur, Shvetsariya, AQSh, Hindiston va Mongoliya kabi mamlakatlarda tegishli qonunlar qabul qilingan hamda amaldagi qonunchilikka oʻzgartirish va koʻshimchalar kiritilgan.

Hozirgi kunda muqobil energiyadan foydalanish boʻyicha Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Malaziya, Janubiy Koreya, Ispaniya va AQSh davlatlari yetakchilik qilmoqda. Masalan, Germaniya 2020-yilda elekt energiyaning 20%ini muqobil energiyadan olmoqda, har yili esa 100 ming uyning tomini quyosh panellari bilan qoplamoqda. Bunday usuldan foydalanish xar tomonlama qulaylik tugʻdiradi, hyech qanday ortiqcha joy talab qilmaydi, aksincha, uyni xohlagan vaqtda isitish, xonadon ehtiyojini toʻlaligicha elekt energiya bilan ta’minlash mumkin boʻladi.

Bundan tashqari, quyosh energiyasi asosida faoliyat yurituvchi zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish iqtisodiyot tarmoqlarini uzluksiz energiya bilan ta’minlash va atrof- muhitni muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Quyosh energiyasi ekologik sofligi va qulayligi nuqtayi nazaridan istiqbolli hisoblanadi. Shamol energetikasining rivojlanishi na faqat energetik, balki iqtisodiy, hamda ekologik bir qator muammolarning xususan, koʻmir, gaz, mazut, yoqish asosida, elektr energiyani ishlab chiqarish bilan atrof-muhitni ifloslanishiga chek qoʻyiladi.

Xususan, bu yoʻnalishda ishlarning faol olib borilishi anʻanaviy energetikaga har yili sarflanayotgan katta miqdordagi pullarning iqtisod qilinishiga ham olib keladi. Shamoldan energiya olish oʻtgan asrlardan boshlangan boʻlsa-da, texnik imkoniyatlar yaqin kungacha uning samaradorligini chegaralab turardi. Shu sababli ham shamoldan elektr energiyasini olish sayyoramizda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining nisbatan kam ulushini tashkil qiladi. Soʻnggi yillarda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy texnologiyalar shamoldan energiya olish imkoniyatlarini keskin oshirdi. Olimlarning hisob-kitobiga koʻra, shamoldan energiya olish imkoniyati butun dunyodagi gidroelektr stansiyalar imkoniyatidan yuz baravar koʻp ekan. Finlandiyada shamol energiyasidan foydalanish keng koʻlamda yoʻlga qoʻyilgan. Finlandiya 2012-yilda isteʻmol qilingan energiyasining 34,3%ni qayta tiklanuvchi manbalardan olgan va 2020-yilga borib, ular oʻz imkoniyatlarini 40%ga yetkazdi. Shotlandiyada 2014-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olingan elektr energiyasi miqdori 1300 MVt soatni tashkil qilgan. Bu 4 million uyni energiya bilan ta’minlash uchun yetarlidir. Aberdin, Edinburg, Glazgo va Inverness shaharlari yozgi mavsumda 100% quyosh va shamol energiyasidan foydalanadi.

Biogaz kislorodsiz bakteriyalar yordamida turli chiqindilarni qayta ishlash natijasi boʻlib, soʻnggi yillarda iqtisodiyoti jadal rivolanayotgan Xitoy, Vetnam, Hindiston, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlarida biogazdan foydalanish texnologiyasi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan.

Biogaz neytral yoqilgʻi hisoblanadi, undan foydalanish esa atmosferada organik chiqindilarni achitishda yuzaga keladigan metan gazi miqdorini koʻpayishini oldini oladi. Biogaz qurilmasi toza ekologik issiqlik va elektr energiyasi yetkazib berish bilan birga, chiqindilardan yuqori sifatli oʻgʻitlar ishlab chiqarish bilan yerlarning hosildorligini oshirishda muhim oʻrin tutadi.

Hindiston, Vetnam, Nepal va boshqa mamlakatlarda koʻpincha kichik biogaz qurilmasi ishlatiladi. Xitoydagi biogaz qurilmasining soni 40 milliondan oshgan boʻlsa, Hindistonda -3,8 million, Nepalda – 20 mingta kichik qurilma mavjud.

Muqobil energiyaning manbalaridan amalga foydalanish uchun Oʻzbekistonda yaratilgan shart-sharoit va mavjud imkoniyatlar mazkur mintaqadan bu sohadagi ilgʻor texnologiyalarni nafaqat respublikamizda, balki butun Markaziy Osiyoda tajriba tariqasida joriy etish maydoni sifatida foydalanishga asos boʻlib xizmat qiladi.

Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan davlatlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining istiqbolli yutuqlarini tatbiq qilish, bu borada samarali mexanizmlarni ishlab chiqish, xususan meva-sabzavotlarni quyosh energiyasiOlimlarning hisob-kitobiga koʻra, shamoldan energiya olish imkoniyati butun dunyodagi gidroelektr stansiyalar imkoniyatidan yuz baravar koʻp ekan. Finlandiyada shamol energiyasidan foydalanish keng koʻlamda yoʻlga qoʻyilgan. Finlandiya 2012-yilda isteʻmol qilingan energiyasining 34,3%ni qayta tiklanuvchi manbalardan olgan va 2020-yilga borib, ular oʻz imkoniyatlarini 40%ga yetkazdi. Shotlandiyada 2014-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olingan elektr energiyasi miqdori 1300 MVt soatni tashkil qilgan. Bu 4 million uyni energiya bilan ta’minlash uchun yetarlidir. Aberdin, Edinburg, Glazgo va Inverness shaharlari yozgi mavsumda 100% quyosh va shamol energiyasidan foydalanadi.

Biogaz kislorodsiz bakteriyalar yordamida turli chiqindilarni qayta ishlash natijasi boʻlib, soʻnggi yillarda iqtisodiyoti jadal rivolanayotgan Xitoy, Vetnam, Hindiston, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlarida biogazdan foydalanish texnologiyasi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan.

Biogaz neytral yoqilgʻi hisoblanadi, undan foydalanish esa atmosferada organik chiqindilarni achitishda yuzaga keladigan metan gazi miqdorini koʻpayishini oldini oladi. Biogaz qurilmasi toza ekologik issiqlik va elektr energiyasi yetkazib berish bilan birga, chiqindilardan yuqori sifatli oʻgʻitlar ishlab chiqarish bilan yerlarning hosildorligini oshirishda muhim oʻrin tutadi.

Hindiston, Vetnam, Nepal va boshqa mamlakatlarda koʻpincha kichik biogaz qurilmasi ishlatiladi. Xitoydagi biogaz qurilmasining soni 40 milliondan oshgan boʻlsa, Hindistonda -3,8 million, Nepalda – 20 mingta kichik qurilma mavjud.

Muqobil energiyaning manbalaridan amalga foydalanish uchun Oʻzbekistonda yaratilgan shart-sharoit va mavjud imkoniyatlar mazkur mintaqadan bu sohadagi ilgʻor texnologiyalarni nafaqat respublikamizda, balki butun Markaziy Osiyoda tajriba tariqasida joriy etish maydoni sifatida foydalanishga asos boʻlib xizmat qiladi.

Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan davlatlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining istiqbolli yutuqlarini tatbiq qilish, bu borada samarali mexanizmlarni ishlab chiqish, xususan meva-sabzavotlarni quyosh energiyasi qurilmasi yordamida quritish, kombinatsiyalashgan quyoshli biogaz qurilmasi, issiqxonalarni noanʻanaviy usulda isitish, quyosh panellari yordamida suv resurslaridan foydalanish texnologiyalarini qoʻllash yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa kamxarajatligini, ikkinchidan, ekologik zararsiz texnologiyalar ekanligi bilan, uchinchidan, insonlarning hayot farovonligini oshishi va iqtisodiy samaradorlikni oshishi, yangi ish oʻrinlarini yaratilishi bilan ham oʻta ahamiyatlidir.

Global iqlim oʻzgarishi jarayonida jahon oziq-ovqat ta’minotida, shunday murakkkab vaziyat kutilayotgan bir paytda jahon andozalariga mos energetika, energiya va resurstejamkor, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi biotexnologiyasi, atrof-muhit muhofazasi, kimyo va nanotexnologiyalar boʻyicha yangi texnologiyalar, gʻoya va ishlanmalar Jahon bankining tegishli loyihalari yordamida Oʻzbekistonda tatbiq qilinishi yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligi kafolatli ta’minlashga, xalqimizning farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Ana shunday innovatsion loyihalardan biri “gidroponika sharoitida sabzavotlar yetishtirish texnologiyasi”ni joriy etishdan iboratdir.

FAO tashkilotining ma’lumotiga koʻra, bugungi kunda dunyo boʻyicha eng ommabop sabzavot ekini boʻlgan pomidor 3,0 mln.gektar maydonda ekib kelinmoqda va uning oʻrtacha hosildorligi ochiq maydonlarda yetishtirilganda gektariga 90-100 tonna, issiqxonalarda 180-200 tonna, gidroponika sharoitida esa 250-350 tonnani tashkil etadi. Dunyo aholisini yil davomida uzluksiz serhosil pomidor mahsuloti bilan ta’minlashda ochiq maydonlarda pomidor yetishtirish bilan birga zamonaviy, toʻliq avtomatlashtirilgan, maxsus kompyuter dasturlari asosida boshqariladigan issiqxonalarda gidroponika usulida yetishtirish keng yoʻlga qoʻyilmoqda.

Xorijiy tajribalardan unumli va maqsadli foydalangan holda suv va resurstejovchi, ekologik toza gidroponika usuli bilan pomidor yetishtirish texnologiyasi mamlakatimizda tatbiq qilinmoqda. Ushbu texnologiyani afzalligi - bu texnologiya asosidagi dehqonchilikda maxsus unumdor yer maydoniga zarurat boʻlmaydi. Gidroponika usulida sabzavotlarni yetishtirishda mineral oʻgʻitlar, turli preparatlar, suv resurslarini tomchilatib sugʻorish uskunalari orqali ta’minlanishi resurslarni tejalishiga olib keladi. Shu nuqtayi nazardan, bunday ixcham va samarador issiqxonalarning texnologiyalarni global iqlim oʻzgarishidan talofat koʻrayotgan Orol dengizi havzasidagi hududlarda tatbiq qilish maqsadga muvofiq boʻladi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yetakchi soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirish, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotning bugungi taraqqiyot talablaridan kelib chiqib, jahon andozalariga mos energetika, energiya va resurstejamkor, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi biotexnologiyasi, atrof-muhit muhofazasi, kimyo va nanotexnologiyalar boʻyicha yangi texnologiyalar, gʻoya va ishlanmalarni yaratish va ilgʻor xorijiy tajribalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ekotexnologiyalar sohasini rivojlantirishda dunyo tajribasi, sohada xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, ekologiya va ishlab chiqarishda xavfsiz texnologiyalardan foydalanish usullarini ishlab chiqish, atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq iqtisodiy rivojlanish jarayonlari, ularning huquqiy asoslarini yaratish bugungi kunning eng muhim dolzarb vazifasi ekanligini ta’kidlash lozim.

Tabiat-jamiyat-shaxs tizimida ishlab chiqarishni boshqarish yagona ekologik siyosatsiz tegishli samara bermasligi barchaga ayon. Sobiq Ittifoq davrida tabiiy resurslardan ekstensiv foydalanilgan bir vaqtda tabiat muhofazasiga oid koʻplab turli xujjatlar qabul qilingan. Lekin ularga amal qilish faqat qogʻozda mavjud boʻlgan edi. Shuning uchun ham tabiat oʻzgarishi, atrof-muhit ifloslanishi, resurslardan foydalanish koeffitsientining pastligi hukm surgan. Bu haqiqiy ekologik siyosat emas edi.

Fan va texnika taraqqiyoti jadallashgan hozirgi vaqtda uning ekologik oqibatlari butun biosfera miqyosida sezilayotganligi har bir davlatni maqsadga muvofiq holda ekologik siyosat yurgizishga da’vat etadi. Chunki, atmosfera havosiga, dunyo okeaniga chiqarilayotgan turli chiqindilar oz-ozdan koʻpayib boradi. Davrning oʻzi, mamlakatda tabiat muhofazasi uchun har bir fuqaro faol koʻrash olib borishini taqozo etmoqda. Chunki bu falokat hamma uchun keladi. Darvoqe, falokat hamma uchun yagona, demak har bir fuqaro, jamiyat oʻzaro kelishgan holda tabiat muhofazasi uchun faol kurash olib borishini davrning oʻzi takozo etmoqda.

Har bir davlat oʻz hududida eng avvalo, ma’lum mnqdorda atmosfera va suv havzalariga chiqarilayotgan chiqindilarni imkoni boricha minimal miqdorda boʻlishi uchun xar doim kurash olib borishi lozim. Ular qoʻshni davlatlarning havosi, suvi, tuprogʻining ifloslanishiga ta’sir etmasin. Bunday ekologik siyosat, yaxshi va totuv qoʻshnichilikning mustahkamlanishiga xizmat qiladi, qolaversa butun bir biosferaning sogʻlom boʻlishini ta’minlaydi. Toʻgʻri, mamlakat hududida tarkib topgan sanoat, avtotransport chiqindilari atmosfera havosida sayyora miqyosidagi shamollarning umumiy sirkulyatsiyasi jarayonlari ta’sirida ma’lum yoʻnalishda boshqa davlatlarning hududiga oʻtib ketadi.

Chunonchi, Fransiya, Germaniya va Angliya hududlaridan koʻtarilgan azot va oltinguturt oksidlari Skandinaviya yarim orolidagi Norvegiya, Shvesiya va Finlyandiya ustida troposferada suv bugʻlari bilan aralashib shu joylarda “ishqorli” yogʻin sifatida tushadi. AQShning shimoli-sharqiy hududlaridan koʻtarilgan ishqor hosil qiluvchi gazlar Kanada hududiga oʻtib, “ishqorli” yogʻin boʻlib tushadi. Shuning uchun ham Kanadadagi 14 ming koʻlda hayot yoʻq, Shvesiyadagi 85 ming koʻl va 100 ming km masofadagi daryo va daryo irmoqlaridagi suv ifloslangan. Bunday falokatli vaziyatda chiqindi sifatida koʻtarilayotgan moddalarni har bir davlat doirasida obdon tozalanishiga erishish borasida amaliy xarakatlar qilinishi yaxshi samara beradi. Aks holda bir mamlakatdan koʻtarilayotgan chiqindilar evaziga qoʻshni davlatlar zarar koʻrishi mumkin. Bunday kaltis ekovaziyatda zarar keltirayotgan mamlakatlarning ekologik siyosati yuz berayotgan noxush jarayonning oldini oluvchi amaliy tadbirlarni qoʻllashga qaratilishi umuminsoniylikdan, bir-birlariga yaxshi qoʻshnichilikdan kelib chiqishi kerak.

Ekologik siyosatning negizlari, tartib-qoidalari, ilmiy asoslangan konsepsiyalari, taktika va strategiyasi olim va mutaxasislar, davlat va jamoat tashkilotlarining yoʻl-yoʻriqlari asosida ishlab chiqiladi. Ular ma’lum tartibga keltirilgan tarzda davlatning qonun chiqaruvchi muassasasi tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekistonda ekologik siyosat davlat siyosati darajasigacha koʻtarilgan. Respublika Konstitutsiyasining 47, 48, 50, 51 va 55- moddalarida ekologik qonunlar aniq va ravshan tarzda ifodalangan. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Tabiat muhofazasi toʻgʻrisida”gi qonun (9-dekabr 1992-yil) va Vazirlar Maxkamasi qabul qilgan qarorlar mamlakatning ekologik siyosatini huquqiy qonunlar va qarorlar asosida mustahkamlaydi.

Oʻzbekistonda ekologik siyosatni amalga oshirishda uning idora organlari (Prezident, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi) va joylardagi mahalliy hokimiyatlari faol xizmat qiladi. Ekologik siyosat mamlakat miqyosida tabiatni muhofaza qilish, majmuali monitoring, davlat va jamoatchilik ekspertizalarini oʻtkazish, ekovaziyatni nazorat dilish, tarkib topayotgan nomaqboʻl hodisa va jarayonlarni oldini olish, atrof-muhit tozaligini toza holatda saqlab qolish tabiiy muhitning inson uchun qulay barcha xususiyatlarini tabiiy holda tuzilishiga asoslanadi.

Ikkinchi jaxon urushidan keyingi vaqtda tabiatni muhofaza qilishga oid 300 ga yaqin turli shartnoma va konvensiyalar tuzilgan. Ularning orasida 1963-yili Moskvada tuzilgan atmosfera, suv osti, kosmik fazodagi yadro sinovlarini ta’qiqlash haqidagi shartnoma alohida ahamiyatga ega.

1973-yilda nodir hayvon va oʻsimlik turlari bilan savdo qilishni chegaralash toʻgʻrisida halqaro konvensiya tuzildi. 1972-yili Stokgolmda atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha oʻtkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining umumjaxon konferensiyasida 5-iyun “Halqaro tabiatni muhofazaq qilish kuni” deb eʻlon qilingan. 1973- yili Londonda dengizlarni neft va boshqa zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishining oldini olish yuzasidan yangi halqaro konvensiya qabul qilindi. tashkilotlarining yoʻl-yoʻriqlari asosida ishlab chiqiladi. Ular ma’lum tartibga keltirilgan tarzda davlatning qonun chiqaruvchi muassasasi tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekistonda ekologik siyosat davlat siyosati darajasigacha koʻtarilgan. Respublika Konstitutsiyasining 47, 48, 50, 51 va 55- moddalarida ekologik qonunlar aniq va ravshan tarzda ifodalangan. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Tabiat muhofazasi toʻgʻrisida”gi qonun (9-dekabr 1992-yil) va Vazirlar Maxkamasi qabul qilgan qarorlar mamlakatning ekologik siyosatini huquqiy qonunlar va qarorlar asosida mustahkamlaydi.

Oʻzbekistonda ekologik siyosatni amalga oshirishda uning idora organlari (Prezident, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi) va joylardagi mahalliy hokimiyatlari faol xizmat qiladi. Ekologik siyosat mamlakat miqyosida tabiatni muhofaza qilish, majmuali monitoring, davlat va jamoatchilik ekspertizalarini oʻtkazish, ekovaziyatni nazorat dilish, tarkib topayotgan nomaqboʻl hodisa va jarayonlarni oldini olish, atrof-muhit tozaligini toza holatda saqlab qolish tabiiy muhitning inson uchun qulay barcha xususiyatlarini tabiiy holda tuzilishiga asoslanadi.

Ikkinchi jaxon urushidan keyingi vaqtda tabiatni muhofaza qilishga oid 300 ga yaqin turli shartnoma va konvensiyalar tuzilgan. Ularning orasida 1963-yili Moskvada tuzilgan atmosfera, suv osti, kosmik fazodagi yadro sinovlarini ta’qiqlash haqidagi shartnoma alohida ahamiyatga ega.

1973-yilda nodir hayvon va oʻsimlik turlari bilan savdo qilishni chegaralash toʻgʻrisida halqaro konvensiya tuzildi. 1972-yili Stokgolmda atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha oʻtkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining umumjaxon konferensiyasida 5-iyun “Halqaro tabiatni muhofazaq qilish kuni” deb eʻlon qilingan. 1973- yili Londonda dengizlarni neft va boshqa zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishining oldini olish yuzasidan yangi halqaro konvensiya qabul qilindi. 1978-yili Ashxobodda oʻtgan Halqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi bosh assambleyasida Jahon tabiatni muhofaza qilish strategiyasi qabul qilindi. 1982-yil BMTda Tabiatni muhofaza qilishning umumjahon Xartiyasi qabul qilindi. Bu muhim hujjatlarda tabiatni muhofaza qilishning prinsiplari va koʻp yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari belgilab berilgan.

Atrof muhitga inson ta’sirining kuchayishi 1985-yili Venada ozon qatlamini muhofaza qilish konvensiyasi, 1992 yili Rio-De-Janeyroda Biologik xilma-xillikni saqlash, iqlimning oʻzgarishi, choʻllashish boʻyicha va boshqa konvensiyalarning tuzilishiga sabab boʻldi. Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik turli davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatida ham amalga oshiriladi. Bunday hamkorlik maqsadlari, tuzilishi va faoliyati bilan farqlanadi, hamkorlik xarakteriga koʻra ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama, regional va subregional boʻlishi mumkin.

BMT atrof muhit muhofazasi masalalariga katta ahamiyat beradi. BMTning 1972-yilda tashkil qilingan atrof muhit boʻyicha maxsus dasturi YuNEP halqaro hamkorlikni amalga oshirishda muhim rol oʻynaydi. 1948-yili tuzilgan nodavlat tashkilot - Tabiatni muhofaza qilish halqaro Ittifoqi (TMXI) 100 dan ortiq davlatlar, 300 ga yaqin milliy, davlat va jamoat tashkilotlarini birlashtiradi.

Hozirgi vaqtda tabiat muhofazasi sohasida 250 dan ortiq yirik halqaro nodavlat tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda. BMTning fan, maorif, ta’lim va sanʻat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti-YuNESKO ning 14 loyihadan iborat “Inson va biosfera” dasturi koʻp yillardan beri halqaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan eng yirik dasturlardan biridir.

Tabiatni muhofaza qilish halqaro ittifoqi resurslarni himoya qilishda ahamiyati kattadir. Tabiat va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlar eng ziddiyatli bosqichiga yetgan hozirgi davrda atrof muhitni muhofaza qilish sohasida barqaror halqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Markaziy Osiyoda “Orolni qutqarish halqaro fondi”, markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi va boshqa tashkilotlar faoliyat olib bormoqda Tabiat qonunlari va qonunchiligidan farqli oʻlaroq, jamoat qonunlari hududiy, gorizontal, vertikal differensiyalanadi, vaqtga qarab oʻzgaradi. Ular ifodalanmaydi yoki ochilmaydi, jamoatchilik bilan qabul qilinadi va ijrochi shaxslar tomonidan imzolanadi. Deylik 1996-yilning 27-dekabridan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni deputatlar, mutaxassislar, tegishli boshqaruv organlari rahbarlaridan tashkil topgan ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti imzosi bilan amalga oshirilgan. Bu bilan biz demoqchimizki, jamiyatning qonunlari oʻsuvchan va ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, shuningdek ekologik sharoitlarda jamiyatning hayotiy faoliyati tez-tez oʻzgarib turadi. Jamoat qonunlarining bajarilmasligi, buzilishi yuridik javobgarlikka olib keladi.

Huquqshunoslikda iqlim oʻzgarishining mahalliy, milliy, hududiy va global muammolari normativ aktlar differensiallashuviga muvofiq qabul qilinadi. Yer iqlimi tabiiy qonunlar va qonunchilikka boʻysunib, bizning sayyoramiz iqlim tizimini toʻlaligicha aks ettiradi va siz bilan xalqaro huquqiy meʻyorlar muammolarini koʻrib chiqamiz.

Dunyoda biror mamlakat yoʻqki, global isishdan yaxlit foyda koʻrgan boʻlsa! Bu bir xalqning yoki biror avlodning muammosi emas, balki yerdagi har bir shaxsga va barchaga birdek taalluqli.

Birinchidan, antropogen jarayon iqlim tizimini muvozaantga solishda global xarakterga ega, uning oqibatlari har bir mamlakatga, har bir kishiga tegishli boʻladi.

Ikkinchidan, har bir mamlakat yoki inson alohida-alohida bu jarayonning kelib chiqishiga sababchidir, ya’ni sabablar barchaga bogʻliq. Va nihoyat, mavjud muammo butun insoniyat tomonidan hal qilinishi kerak. U global sharoitlar va global koordinatsiyalarni talab qiladi.

“Iqlim oʻzgarishi boʻyicha BMTning Ramkali konvensiyasi” 1992-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan sammitda qabul qilingan boʻlib, butun dunyoda iqlim oʻzgarishini bataraf etishga qaratilgan. Iqlim oʻzgarishi xavflarini boshqarishni ta’minlovchi asosiy yoki bosh xalkaro xujjat BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi soxaviy konvensiyasi (IUSK) xisoblanib, u yer sammitida (Rio-de-Janeyro, 1992-yil) qabul qilingan va 1994-yilning 21-martidan kuchga kirgan. Oʻzbekiston bu Konvensiyani 1993-yili imzolagan. Iqlim oʻzgarishi muammosi boʻyicha global xarakterdagi asosiy xalkaro xuquqiy xujjat xisoblanish barobarida, bu oʻzgarishning salbiy oqibatlarini yengillashtirish boʻyicha xalkaro xamkorlik xamda yer atmosferasiga antropogen yukni pasaytirish vositasi sanaladi. Global iqlim oʻzgarishiga qarshi xarakat qilish boʻyicha dunyo xamjamiyati faoliyatining umumiy faoliyat yoʻnalishlari belgilab qoʻyilgan.

Iqlim oʻzgarishlari xavflarini boshqarishni xuquqiy ta’minlashda asosiy rolni quyidagi xujjatlar bajarib kelgan va bajarmoqda: BMT doirasidagi Kioto Protokoli; Biologik xilma-xillikni saqlab kolish toʻgʻrisidagi Konvensiya; BMT ning "Jiddiy qoʻrgʻoqchilik va choʻllashishni boshidan kechirayotgan mamlakatlar, ayniksa, Afrikada choʻllashishga qarshi kurash boʻyicha" Konvensiyasi va boshqalar.

BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi soxaviy konvensiyasi 1992-yili Rio-de-Janeyro shaxrida boʻlib oʻtgan BMTning atrof-muxit va rivojlanish boʻyicha Konferensiyasi majlisida qabul qilingan. Bu Konvensiya 1994-yilning 21-martida kuchga kirgan. Bugungi kunda iqlim oʻzgarishini yoklovchi davlatlar soni 195 tani tashkil kiladi. Uning pirovard maqsadi - atmosferadagi parnik gazlari konsentratsiyasini ikdimiy tizimga xavfli antropogen ta’sirning oldini oluvchi darajada barqaror ushlab turishdir.

Ushbu xujjat umumiy, lekin differensiallashgan javobgarlikka asoslangan, iqlim oʻzgarishlari boʻyicha mamlakatlarning xarakatlariga oid umumiy prinsiplarni aniqlab beradi va parnik gazlarini chiqarishni qisqartirish boʻyicha miqdoriy majburiyatlarni uzida aks ettirmaydi. Konvensiyada ishtirok etuvchi tomonlar iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlari bilan kurashda asosiy rolni sanoatlashgan davlatlar va uzining iqtisodiy rivojlanish jarayonida parnik gazlarining chiqishiga asosiy xissa qoʻshuvchi (tarixiy masʻuliyat tamoyili) iqtisodiy oʻtish davridagi davlatlar uynashi kerakligini tan oladilar.

Kioto Protokoli. 1997-yil BMT iqlim oʻzgarishini saqlab qolish tarafdorlarining majlisida Kioto Protokoli qabul qilingan boʻlib, uning kiritilgan davlatlar uchun parnik gaz chiqindilarining miqdoriy majburiyatlari belgilab kuyilgan. Bu protokol 2005-yil 18-fevraldan kuchga kirgan, xozirgi kunda uni 191 ta mamlakat ratifikatsiya kilgan.

Kioto Protokoliga muvofiq birinchi majburiyat davrida (2008-2012-yillar) 28 ta rivojlangan davlat va Markaziy xamda Sharkiy yevropaning 12 ta davlati oʻzlarining parnik gazlari chiqindilarini 1990-yildagi darajaga qaraganda oʻrtacha 5,2% ga kamaytirishlari zarur. Kioto Protokoli doirasidagi birinchi majburiyatlar davri 2012-yilning 31-dekabrida uz nixoyasiga yetdi va 2013-yil 1-yanvardan boshlab yangi majburiyatlar davri boshlandi, u 2020-yilning 31-dekabrigacha davom etadi.

Bali xarakatlar rejasi. 2007-yilda IUSKtarafdorlarining 13-konferensiyasida Bali xarakatlar rejasi qabul qilindi va uzoq muddatli xamkorlik chora-tadbirlari boʻyicha maxsus ishchi guruxi tashkil qilindi. Bu guruhning mandati uzoq muddatli xamkorlikning quyidagi eng muhim elementlariga yoʻnaltirilgan edi:

- iqlim oʻzgarishini yengillatish,

- uzoq xamkorlik uchun moslashish,

- moliyalashtirish texnologiyalarni berish va oʻzaro qarashlar.

Shuningdek, Balida ikki yoʻnalishdagi muzoqaralarni belgilab beruvchi Bali yul koʻrsatkichi qabul qilinib, bular 2009-yilgacha nixoyasiga yetkazilishi kerak boʻlgan iqlim oʻzgarshini saqlab qolish yoʻnalishi va Kioto Protokolidan tashkil topgan edi. Muzoqara guruxlari tomonidan ishlab chiqilgan xujjatlar majmui Kopengagenda iqlim oʻzgarshini saqlab qolish tarafdorlarining 15-konferensiyasida qabul qilinadi.

Kopengagen bitimi. Amalga oshirilgan ulkan ishlarga qaramay, Kopengagenda oʻtkazilgan iqlim oʻzgarishini saqlab qolish tarafdorlarining 15-konferensiyasida matni 2007-2009-yillar davomida ishlab chiqilgan va muxokama qilingan yangi xalkaro bitim boʻyicha bir kelishuvga kelinmadi. Natijada dunyoning eng yirik iqtisodiyotga ega boʻlgan davlatlari raxbarlarining norasmiy uchrashuvlari davomida "Kopengagen bitimi" deb nomlangan xujjatning matni tayyorlandi.

Xujjat Tarafdorlar Konferensiyasining yakuniy yalpi majlisida ma’qoʻllanishi uchun takdim qilindi. Birok umumiy kelishuvning yoʻqligi sabab 7 ta rivojlanayotgan davlatlar uzining noroziligini bildirdi. Kopengagen bitimi ma’lumot uchungina qabul qilindi. Konvensiya tarafdorlari xar bir mamlakatning ushbu xujjatga qoʻshilishi mumkinligiga qaror kilishdi. 2010-yilda bunga 140 mamlakat qoʻshildi, 80 dan ortiq davlatlar esa chiqindilarni qisqartirish boʻyicha oʻz rejalari va iqlim oʻzgarishining oldini olish boʻyicha boshqa xarakatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni takdim kildilar.

Kankun kelishuvlari. Xujjat 2010-yil Kankunda oʻtkazilgan 16-konferensiyasida qabul qilingan. Oʻz moxiyatiga koʻra, bu xujjat Kopengagen bitimining kengaytirilgan koʻrinishi boʻlsa-da, uni tarafdorlar Konferensiyasi qarori mustaxkamlar edi. Yangi xujjatda Kopengagen tuzilmasi saqlab kolingan va unga muvofiq rivojlangan mamlakatlarning majburiyatlari tegishli jadval-ilovada belgilab kuyilgan, rivojlangan mamlakatlarning chiqindilarini qisqartirish boʻyicha maqsadlar esa erkin shaklda berilishi koʻrsatilgan.

Rivojlanayotgan mamlakatlarning xarakati aloxida reestrga kiritilib, unda rivojlangan mamlakatlar tomonidan beriladigan kumakxam koʻrsatib utilgan. Miqdoriy majburiyatlarni aniqlashda "pastdan tepaga" yondashuvidan foydalanilgan boʻlib, unga kura, dastavval, alohida olingan xar bir mamlakatning majburiyatlari aniqlanadi, soʻngra umumiy majburiyatlar koʻrsatiladi.

Kioto Protokolida esa buning aksi edi, dastavval, umumiy maqsad aniqlangan (5,2°C), soʻng uning asosida mamlakatlarning majburiyatlari belgilangan edi. Kankunda moliyalashtirish, mosla shish dexnologiyalarni berish va oʻrmonlarni kengaytirish masalalari boʻyicha eng katta muvaffakiyatlarga erishildi:

• yashil iqlim jamgʻarmasiningtashkil qilinganligi eʻlon qilindi;

• yangi Kankun moslashish tuzilmasi va moslashish qoʻmitasi tuzildi;

• mamlakatlar tegishli texnologik va moliyaviy kullab-kuvvatlash asosida oʻrmon xududlariga tashlanadigan chiqindilarni qisqartirish boʻyicha xarakatlarni tezlashtirish qarorlarini qabul kildilar;

• texnologik ijro qoʻmitasi, iqlimiy texnologiyalarni uzatish markazlari, shuningdek, iqlim oʻzgarishi va chiqindilar oʻsishining oldini olishga moslashish xarkatlarini kullab-kuvvatlovchi texnologik xamkorlikni kuchaytirishga yoʻnaltirilgan yangi tuzilmaga ega boʻlgan texnologik mexanizmning tashkil qilinganligi eʻlon qilindi. Iqlim oʻzgarishini saqlab qolishni amalga oshirish boʻyicha yuqorida aytib oʻtilgan choralardan tashqari Kioto protokoli boʻyicha muzoqaralar davom etdi. Birok konvensiyaga oid muzoqaralardan farqli oʻlaroq, bu masala boʻyicha hyech qanday qaror qabul qilinmadi. Mamlakatalar na Kioto Protokolini uzaytirish va na yangi kelishuv doirasidagi kelgusi majburiyatlar xakida kelishuvga erishdilar.

Durban platformasi. Tarafdorlarningun yettinchi sessiyasi Janubiy AfrikaningDurbanida tashkil etildi. Durbandagi eng muhim qaror Durban platformasi boʻyicha Maxsus ishchi guruxini shakllantirish xakida qabul qilindi va u "Konvensiyaga muvofiq barcha tarafdorlarga qoʻllaniluvchi protokol, boshqa huquqiy xujjat yoki kelishilgan yakuniy xujjatni ishlab chiqishga kirishishi" zarur edi. Ushbu xujjat 2015-yilga tayyorlanishi va 2020-yildan keyin kuchga kirishi koʻzda tutiladi. Oʻz navbatida, bu qapop Kioto Protokoli doirasidagi majburiyatlarning ikkinchi davri amal kilish muddatini aniqlashga chambarchas bogʻliq edi.

Durbanda 2 xil muddat taklif qilindi, ular: 2013-yil 1-yanvardan 2017-yil 31-dekabrgacha va 2013-yil 1-yanvardan 2020-yil 31-dekabrgacha. Birok muddatlar boʻyicha yakuniy bir qarorga kelinmadi va uni aniqlashtirish Doxadagi tarafdorlar konferensiyasiga qoldirildi. Shuningdek, Durbanda moliyalash soxasida muvaffakiyatlarga erishildi. Xususan, moliya boʻyicha Doimiy qoʻmita qilingan ishlarning barcha jixatlari boʻyicha xisobot topshirishi va tarafdorlar konferensiyasining xar bir sessiyasida kurib chiqish uchun tavsiyalar tayyorlashi kerakligi xakida qaror qabul qilindi.

Uzoq muddatli moliyalashtirish masalasiga aloxida eʻtibor karatildi. Tarafdorlar konferensiyasi yana 2012-yildan keyin xam rivojpangan mamlakatlar koʻmaklashishining muhimligini tasdiqladi. Shunga bogʻliq tarzda 2012-yilda uzoq muddatli moliyalashtirish boʻyicha ishchi dastur qabul qilindi. Durbandagi majlis ishining yakuni sifatida bir qator qarorlar shuningdek, yordamchi organlar tomonidan tayyorlangan koʻp miqdordagi xulosalarning ma’qullanganligini koʻrsatib oʻtish mumkin. Bu qarorlar qator masalalarni, jumladan, yukorida aytib oʻtilganlar bilan bir qatorda Konvensiya doirasida bajariladigan uzoq muddatli uzaro xarakatlar boʻyicha qarorlar, iqlimiy texnologiyalar markazi va tarmogini tashkil kilish boʻyicha shartlar va tartiblari majmuini qabul kilish, sof tarakkiyot mexanizmiga oid kelgusidagi boshqaruvni qabul kilish kabilarni oʻz ichiga oladi. Doxa mintaqaviy portali. Doxadagi tarafdorlarning 18-konferensiyasi kelgusidagi yangi global kelishuvga ba’zi aniqliklarni kiritib berdi, shuningdek, Konvensiya organlari tuzilmasini kayta tuzish uchun muhim joy boʻlib xizmat kildi. 18-konferensiyada qabul qilingan qaror va kelishuvlarning umumiy majmui "Doxa mintakaviy portali" nomini oldi. Konferensiyada moliyalashtirish, Sof tarakkiyot mexanizmi iqlimiy texnologiyalar markazi va tarmogʻi ishini aniqlashtirish va ish rejalari boʻyicha muhim qarorlar qabul qilindi. Konferensiyaning moliyalashtirishga oid muvaffakiyatli qarorlaridan biri sifatida Yashil iqlim jamgʻarmasi boʻyicha kelishuvni ajratib koʻrsatish mumkin.

Yashil iqlim jamgʻarmasidan mustakil sekretariat tashkil kilish, moslashtirish qoʻmitasi va texnologiyalarni berish boʻyicha qoʻmita bilan ishlashni boshlash, shuningdek, mamlakatlarning iqlim boʻyicha milliy strategiyalariga mos tarzda davlat va xususiy sektorni samarali moliyalashtirish boʻyicha oshkora chora-tadbirlarni ishlab chiqish suraldi. Oʻzbekiston uchun oxirgi talabjuda istikbolli xisoblanadi.

Agar Respublikamiz iqtisodiyot rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini xisobga oladigan iqlim boʻyicha batafsil strategiyani tayyorlay olsa va uni manfaatdorlar orasida tarkatish boʻyicha tegishli choralarni kura olsa, bizda Yashil iqlim jamgʻarmasidan pul mablagʻlari jalb kilish uchun katta imkoniyatlar boʻladi. "Sof tarakkiyot mexanizmiga oid boshqaruv"ni qabul kilish boʻyicha kelishuv Oʻzbekiston uchun muhim axamiyatga ega boʻlgan yana bir qaror buldi. Sof tarakkiyot mexanizmi dunyoning 80 ta mamlakatida ruyxatga olingan loyixalarga 215 milliard dollardan ortiq investitsiyalar jalb kilish orkali muvaffakiyat qozondi. Shu sababli xam Kioto Protokoli majburiyatlarining birinchi davri tugaganidan soʻng bu muvaffakiyatli ishlarni davom ettirish zarurati aniqlandi. Barcha tomonlar sof tarakkiyot mexanizmining tartib va usullarini oʻzgartirish boʻyicha oʻz takliflarini 2013-yilning 25-martiga kadar berishlari suraldi.

Mazkur takliflar amalga oshirish boʻyicha yordamchi organga kurib chiqish uchun berildi, u esa, uz navbatida, sof tarakkiyot mexanizmi ishidagi ishlangan oʻzgarishlarni tasdiqlash uchun 19-konferensiyada xisobottakdim kildi. Xuquqiy nuqtayi nazardan, xududiy darajadagi axamiyatga molik boʻlgan, iqlimiy xavflarni boshqarishga yoʻnaltirilgan asosiy xujjatlarga MDX davlatlari raxbarlari kengashi tomonidan imzolangan, 1992-yil 8-fevraldagi "Gidrometeorologiya soxasidagi uzaro xamkorlik toʻgʻrisida"gi Kelishuvni kiritish mumkin.

Kelishuvda aytilishicha, shartnomadagi yukori tomonlar kelishilgan kuzatuvlar uslubiga rioya kilish va ma’lumotlarni toʻplash xamda tarqatish texnologiyasini oʻz ichiga olgan gidrometeorologiya ma’lumotlarini olish va ulardan foydalanish soxasida yagona siyosatni ishlab chiqadilar va oʻtkazadilar. Ushbu kelishuvning maqsad va vazifalarini bajarish uchun tomonlar MDX xukumatlari boshliqlari Kengashi darajasida 1992-yil 9-aprelda "MDHga a’zo davlatlarning gidrometeorologiya soxasidagi uzaro xamkorligi toʻgʻrisidagi kelishuvga a’zo davlatlarning Gidrometeorologiya boʻyicha davlatlararo kengashi faoliyati tartibi va uni moliyalashtirish vaqolatlari toʻgʻrisida"gi, 1992-yil 8-fevralda esa kengash ijroiya qoʻmitasini tashkil kilish boʻyicha protokollarni imzoladilar. 2004-yilning 16-aprelida MDH xukumatlari raxbarlari kengashining qarori bilan MDXga a’zo davlatlarning gidrometeorologik xavfsizligi Konsepsiyasi tasdiqlandi. Ushbu Konsepsiyaning 1.2-bandida "xavfli gidrometeorologik" va "geliogeofizik xodisa" tushunchalariga uzining axamiyati, intensivligi, davomiyligi yoki kelib chiqish vaqtiga koʻra insonlar xavfsizligiga taxdid soladi, shuningdek, sezilarli moddiy ziyon xam yetkazishi mumkin, deb izox beriladi. Iqlimga oid xavflarni boshqarishni ta’minlovchi keyingi xududiy darajadagi xujjat 1999-yil 13-yanvarda MDH xukumat raxbarlari kengashi tomonidan imzolangan "Ekologik monitoring soxasidagi xamkorlik toʻgʻrisida"gi Kelishuvi xisoblanadi.

Mazkur xududiy Kelishuvning muhimligi shundan iboratki, uning 2-moddasida "ekologik monitoring" tushunchasiga tabiiy atrof-muxit xolatini kuzatish, baholash va prognoz kilish, antropogen ta’sirlar manbai va atrof-muxitni muxofaza kilish xamda tabiiy resurslardan foydalanish soxasida qarorlar qabul kilishni ta’minlash uchun ekotizim oʻzgarishi tendensiyalarini uz vakgida aniqlash tizimi, deya izox beriladi. Shuningdek, "ekologik xavfsizlik" tushunchasiga shaxe, jamiyatning va davlatlarning tabiiy atrof-muxitining tabiiy va antropogen xarakterdagi favkulodda xolatlarning kelib chiqishi va oqibatlari xavfidan himoyalanganlik xolati, deya tavsif berilgan. Bundan tashkari, bu kelishuvda ekologik monitoringning Davlatlararo tizimini tashkil kilish taklif qilingan

Mavzuni oʻzlashtirish uchun savollar

1. Iqlim oʻzgarishi boʻyicha halqaro huquq normalari nimalardan iborat?

2. Iqlim oʻzgartirishi doir BMTning Ramkali konvensiyasihaqida ma’lumot?

3. Iqlim oʻzgartirishi doir Kioto bayonnomasi, sof rivojlanish mexanizmi, qoʻshma yaratish loyihalari haqida ma’lumot?

4. Marokash kelishuvi, issiqxona gazlarini atmosferaga chiqarishni qisqartirish boʻyicha halqaro kelishuvlar.

5. Halqaro darajada iqlim oʻzgarishi boʻyicha ekologik siyosatga munosabatingiz qanday?

6. Iqlim oʻzgarishi boʻyicha ekologik siyosat va uning mazmuni nimalardan iborat?

7. Halqaro iqlim nazorati va iqlimni saqlashga doir qanday qonunlarni bilasiz?

8. “Iqlim oʻzgarishi boʻyicha BMTning Ramkali konvensiyasi” haqida ma’lumot bering?

9. Kioto protokolining mazmuni va mohiyati nimalardan iborat?

10. Halqaro iqlim oʻzgarishi boʻyicha bitimlarning insoniyat hayotidagi ahamiyati?
Yüklə 56,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin