Reja: Shaxsni rivojlantirish, tarbiyaiash va shakilantirish bu insonning, jismoniy, aqliy va manaviy kamolga yetish jarayonidir. Musiqiy fazilatlar va qobiliyatlarni shakllantirishda irsiyatning, muhim tasiri va tarbiyaning roli



Yüklə 58 Kb.
səhifə4/5
tarix14.06.2023
ölçüsü58 Kb.
#130285
1   2   3   4   5
O‘quvchilar shaxsini har tomonlama kamol toptirish

Ikkinchi sinf


Ikkinchi sinf o’quvchilari o’zlarining psixologik-fiziologik xarakteriga ko’ra: birinchi sinf o’quychilariga o’xshash bo’ladi. Qo’shiq, raqs, marsh janrlarining musiqiy xususiyatlariga qarab farqlash kabi birinchi sinfda olingan tushunchalar bilimlarga aylanadi. Vokal-xor ishga e’tibor kuchayadi, o’qituvchi ovoziga va cholg’uga tayanib o’quvchilarni ikki guruhga bo’lib, kuyning bir jumlasini ketma-ket ijro etishdan ikki ovozlik hosil qilib qo’hiqlar o’rgatadi.
Do1-Re2 diapazonidagi bir va ikki ovozli qo’shiqlar kuylatiladi. Musiqa xarakteri va janr ifodalarini anglash va tasvirlashda musiqali-ritmik harakatlardan va bolalar cholg’u asboblaridan keng foydalaniladi, shuningdek, o’zbek xalq ashulalari va cholg’u asboblari, kompozitorlar ijodi bilan tanishtiriladi.

Uchinchi sinf


Uchinchi sinf o’quvchilari o’ziarining psixologik xarakteriga ko’ra 1-2 sihflardan ancha farq qiladi. Ikkinchi sinfda olingan bilim va malakalar musiqa qonuniyatlariga doir yanada konkret nazariy bilimga aylanadi. Ularning diqqat-e’tiborlari turg’un, nutqi ravon bo’ladi, ovoz apparatlari shakllangan ikki ovozli asarlarni (o’quvchilar dol-re2 (mi2) diapazonidagi bir ovozli va ikki ovozli qo’shiq elementlari bo’lgan asarlarni kuylaydilar) kuylash malakasiga ega bo’ladilar. Musiqa darsiga qiziqishlari yanada ortib boradi.


To’rtinchi sinf


To’rtinchi sinfda o’quvchilar psixologik jihatdan hayotiy tajribaga boy, fanlarga qiziquvchan bo’ladilar. Diqqat e’tibori turg’un, jiddiy bo’lgan masalalar ustida fikrlash, xajmi jihatidan kattaroq bo’lgan musiqani ham eshilishga qodir bo’ladilar. Taqqoslash, izlanish jarayonida ikki ovozli qo’shiqlardan jo’rsiz-a’capella asarlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Musiqa tinglash jarayonida o’zbek xalq musiqasi va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati, o’zbek xalq musiqasining qardosh xalqlar musiqasi bilan yaqinligi va o’xshashligi haqida ma’lumot berish lozim. Bundan tashqari to’garaklarga jalb etish, yakkaxon dastalar (ansambl) tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin