Ijtimoiy yoki “yashash sifati”esa uy-joy, yashash sharoitlari va ovqatlanish, qulayliklariga egaligi, ishdan qoniqishi, muloqotda bo‘lishi kabilarni baholash uchun qo‘llaniladigan toifa hisoblanadi.
Ijtimoiy ruhiy tomoni “yashash uslubi” tarzida baholanib, u har bir shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari- fikrlashi va tafakkur dirasi kabilarni qamrab oladi.
Ijtimoi- iqtisodiy tomoni esa –odamlarning jamiyatda tutgan o‘rni, hayoti, turmushi, madaniyati hamda ularning yashash faoliyatlarini belgilaydi.
Turmush tarzi – deganda insonlarning muayyan ijtimoiy muhitda, jamiyatda o‘zini tutishi, ularning mehnat faoliyati va moddiy sharoitlarini o‘zaro dialiktik munosabatlaridan iborat falsafiy kategoriya tushuniladi.
Shunday qilib, turmush tarzi – ijtimoiy- iqtisodiy farmatstiya va jamiyatning ob’ektiv rivojlanish jarayonlari bilan bog’langan holda shakllanib, u tarixiy rivojlanishning malum bosqichida ishlab chiqarish usuliga bog’liq holda paydo bo‘ladi.
Odatda turmush tarzining quyidagi turlari farqlanadi: mexnat faoliyati bilan boo‘liq turmush tarzi;
Ijtimoiy – siyosiy faoliyat bilan bog’liq turmush tarzi;
Tashqi dunyoni bilib olish, bilimlarga intilish bilan bog’liq turmush tarzi;
Madaniy hayot bilan bog’langan turmush tarzi;
Oila va tarbiyaviy jarayonlarbilan bog’liq turmush tarzi.
Mehnat faoliyati va ishlab chikarish bilan bog’lik turmush turmush tarziga: mehnatning turi, uning mazmuni ,tarkibiy qismlari, tashkil kilish darajasi va xokazolar kiradi. Bunda ishlab chikarish tarmogi ,jismoniy yoki intellektual ish rejimi,avtomatlashtirish yoki mexanizastiyalash darajasi, mexnat intizomi, ish xajmi, tashabbuskorlik, mexnatga va jamoaga munosabati, ruxiy va emostional xolat,uz ishidan qoniqish xosil kilish darajasi kabilar inobatga olinadi.
-Turmush tarzining muhim turiga insonning ijtimoiy siyosiy faolligi xam kiradi. Bularga doimiy ravishda jamoatchilik asosida ma’lum vazifani bajarish, saylov organlari ichida katnashish, mamlakatning tashki va ichkisiyosati masalalarida savodxonligi ,siyosiy adabiyotga kizikish,yigilishlarda katnashib,chikishlar kilish va xokazolar kiradi.
-Turmush tarzining boshqa turlariga insonning turmushda,jamoatchilik oldida uzini tuta bilishi oilalarning moddiy jixatidan ta’minlanganligi oila byudjetidan foydalanish uning taksimoti, shu jumladan:
oila a’zolarining ozik-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlanishi:
uy-joy va yashash sharoitini yaxshilash;
kiyim-kechak sotib olish;
madaniy extiyojlarga: teatr kino, kitoblar, sotib olish, gazeta va jurnallarga obuna bulish va boshkalarni sanab o‘tish mumkin.
-Insonlarning turmush tarziga ularning yashash sharoitlari xam bevosita yoki bilvosita ta’sir kursatadi. Bunga moddiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va boshka omillar ta’sirini misol kilib keltirish mumkin.
-Odamlarning yashash sharoitlari — mexnati, turmushi, bilimi, madaniyati, ovkatlanish tarzi, uy-joy sharoiti, oila byudjeti tarbiyasi, oilaviy munosabatlari va boshka ijtimoiy omillar kishilarning turmush tarziga uz ta’sirini utkazadi.
Shuning uchun odamlarning yashashi va turmush darajasi turli mamlakatlarda turlicha bulib, u mamlakatning iktisodiy-ijtimoiy rivojlanishi,siyosiy xolati,ishlab chikarish kuchlarining rivojlanganligi,mamlakat milliy daromadi va iste’mol fondlari xajmi, odamlarning daromadi, uy-joy bilan ta’minlanishi, tibbiy yordam olish darajasi,axolini savodxonligi, ish vaqtining davomiyligi, salomatlik ko‘rsatkichlari va demografik jarayonlar xolati kabilar bilan belgilanadi.