Reja: Sog’lom turmush tarzini olmillari. Salomatlikni saqlashda jismoniy tarbiyaning vazifalari. Harakatfaolligining tavsifi. Gipikineziya va uning salomatlikka ta’siri. Ishchanlik va mehnat qobiliyati-bu salomatlik sifatining mahsulidir
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi bolalar hamda o’smirlar salomatligini tibbiy biologik va pedagogik nazorat etish usullari. Salomatlik va immunitet
Reja:
Sog’lom turmush tarzini olmillari.
Salomatlikni saqlashda jismoniy tarbiyaning vazifalari.
Harakatfaolligining tavsifi. Gipikineziya va uning salomatlikka ta’siri.
Ishchanlik va mehnat qobiliyati-bu salomatlik sifatining mahsulidir.
Sog’lom turmush tarzining omillari. Salomatlik ko’rsatkichlariga ta’sir etuvchi turmush tarzi omillariga bugungi kunda asosan, xulq-atvor omillari, ularga ovqatlanish tartibi, odatlar, jismoniy faollik, reproduktiv atvor, medikamentlarni qo’llash, bo’sh vaqtni o’kazish va hokazolar kiradi. Shu yerda sotsial iqtisodiy tavsifga ega ta’lim darajasi, urbanizatsiya, iqtisodiy ahvolning yuqoriligi, mehnat sharoiti, yashash sharoiti, atrof-muhitning holati, shuningdek, tibbiy-sanitar yordam holatining ko’rsatkichlari kiradi. Ma’lum bo’lgan aholining salomatlik ko’rsatkichlariga qo’shimcha bo’lib, quyidagi ijobiy tavsifga ega ma’daniy hordiq, turizm, dam olish, yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, turmush jihozlari, salomatlikni tiklash uchun mashqlarga vaqt ajratish va hokazolar kiradi.
Sog’lom turmush tarzining ko’rsatkichlaridan asosiy va ikkilamchilarini ajratish qiyin, chunki ular jamlangan holatdagina kerakli sog’lomlashtirish ta’siriga ega-inson salomatligini shakllantiradi va rivojlantiradi. Shunga qaramasdan bizning turmush tarzimizdan shunday omillarni ajratib bo’lmaydiki, bu omillar inson harakat faolligining asosidir, uning odatiy harakat tartibi salomatligi, ayniqsa jismoniy rivojlanish darajasi, organizmning funksional holatiga qarab esa insonning ruhiy chidamlilik darajasi haqida fikrlash mumkin.
Marksizm mumtozlari inson tabiatini tarixiy mahsulot sifatida baholashgan. Tashqu muhitning inson mehnat jarayonida o’zgarishi uning shaxsiy tabiatini o’zgartiradi, lekin odam shaxs sifatida inson darajasiga yetishishiga nafaqat mehnat qurollarining, balki o’z organizmining doimiy takomillashuvi ham sabab bo’lgan. Bunda ov qilish mehnat turining bir sifatida va unga tayyorgarlik jarayoni (kuchda, tezlikda, chaqqonlik va chidamlilikda har xil turdagi hayvonlar bilan “musobaqa”) asosiy ahamiyatga ega edi.
Harakat faolligi sifatiga har tomonlama va izchil analiz qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ymasdan, individning shakllanishida salomatlikni saqlash va mukammallashtirish ham katta ahamiyatga egadir. Individning umumiy biologik va sotsial ahamiyatga ega bo’lgan ba’zi bir ma’lumotlarni keltiramiz. Odamning faol harakatida individ va jamiyatning shakllanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan jismoniy xususiyatlar mobilizatsiyasi va katta imkoniyatlar yashiringan. Bu borada jismoniy tarbiyaning hamma vositalari, tibbiyot bilimlari va sog’lom turmush tarzi tamioyillarini faollashtirish aktualligi ortadi. Individual rivojlanish jarayonida, shunday tashqi ta’surotlarni takomillashtirish kerak-ki, ular insonning jismoniy mukammalshuvi jarayonida tabiat tomonidan berilgan sharoitlardan maksimal darajada foydalanishiga sabab bo’lsin.
BDSST (VOZ) materiallarida qayt qilinishicha, har biri odamning salomatligiga yaxshi ta’sir etuvchi kundalik hayotdagi jismoniy tarbiya mashqlari hayot sifatini oshiruvchi omil hisoblanadi. Yoshlikda orttirilgan va keyingi hayotdagi shug’ullanib turilgan jismoniy odat organizmni sog’lom va yaxshi faoliyatda bo’lishida zarur sharoit yaratadi. Ko’rsatilgan omillar doimiy ravishda qilingan jismoniy mashqlar yuqori jismoniy tayyorgarlik darajasiga olib keladi, bu holat esa turli kasalliklar profilaktikasi va reabilitatsiyasiga sabab bo’ladi.
Jismoniy tarbiya tarixini tahlil qilib, shuni ta’kidlash mumkin-ki, quldorlik jamiyatida jismoniy tarbiyaning ahamiyati, hukmdorlikni ushlab qolish va zabt etishga loyq harbiy jismoniy tayyorgarlik inson tipini tarbiyalashdan iborat edi. Birlamchi jamiyatdagi asosiy unsurlar, harakat shakllaridan, insoniyat yuqori darajadagi jismoniy va sport faoliyatida, insonni, tabiatni zabt etishga qaratilgan unsurlar yashiringan. Jismoniy tarbiya va sport insonni jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi kuchli omildir. “Jismoniy tarbiya tamoyili” tushunchasi uning insonlarni jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish natijalari tushuniladi. Jismoniy tarbiyaning asosiy natijalari sifatida salomatlik, tashqi muhitning salbiy ta’sirlariga organizmning chidamlilik darajasi, tana tuzilishi, ma’lum jismoniy rivojlanish darajasi sifatlari, harakat malakalari va mahoratini ta’minlovchi fiziologik funksiyaning holati shu bilan birga harakatchanlik – insonning jismoniy holati deyiladi. Jismoniy tarbiyaning asosiy ijtimoiy xususiyatlari bo’lib,uning jamiyatda ishlab chiqaruvchidan bog’liqligi, qayta ishlashdagi, mehnatni tashkillashtirish tizimida o’rni va ahamiyati hisoblanadi. Jismoniy tarbiya jismoniy mehnat ta’siri ostida paydo bo’lib, insonnnig mehnat faoliyatiga tayyorgarligini o’z ichiga oladi.