Bu yerda mahsulot sotishdan tushgan sof tushum ko’rsatkichi sotish byudjetidan olinadi. Sotilgan mahsulot tannarxi ko’rsatkichini aniqlash biroz qiyin masala, chunki bu holatda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot emas, balki faqat sotilgan mahsulot tannarxini aniqlash kerak bo’ladi.
Daromad va xarajatlar byudjetining asosiy ko’rsatkichlari sof foyda va rentabellik darajasi ko’rsatkichlaridir. Sof foyda korxona joriy faoliyati samaradorligining mutlaq ko’rsatkichi hisoblansa, rentabellik samaradorlikni ifodalovchi nisbiy ko’rsatkichdir. Rentabellik ko’rsatkichini nafaqat hisobot yili bo’yicha, balki har oy kesimida ham hisoblash mumkin. Chunki, korxona faoliyati mavsumiy ko’rinishga ham ega bo’lishi mumkin. Ya’ni ba’zi oylarda korxona zarar bilan ishlashi, boshqa davrlarda yuqori miqdorda foyda bilan ishlashi ham mumkin. Yuqoridagi misolda korxona dastlabki oylarda zarar bilan ishlagan, keyinchalik foyda miqdori oshib borgan. Umuman olganda yil bo’yicha rentabellik darajasi me’yor darajasida, shu boisdan mazkur turdagi daromad va xarajatlar byudjeti korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Daromad va xarajatlar byudjetini tasdiqlash uchun avvalo pul mablag’lari harakati byudjeti va balans moddalari varag’i (byudjeti) mahsulotlarini umumlashtirish kerak.
Ma’lumki, ushbu byudjetlarning ko’rsatkichlari qat’iy limitga ega emas. Ushbu byudjetlar ko’rsatkichlarini tahlil qilgan holda kredit olish to’g’risida qaror chiqarish mumkin. Bunday qaror kredit bo’yicha foizlarning ko’payishiga olib keladi hamda daromad va xarajatlar byudjetiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Shunday qilib, byudjetlarni shakllantirish va ijro etish bo’yicha puxta ishlab chiqilgan metodologiya boshqaruv hisobining vositasi sifatida korxonaning daromad va xarajatlari hamda moliyaviy natijalarini bashorat qilish, moliyaviy samaradorlikning maqsadli ko’rsatkichlarini belgilash, xarajatlarni optimallashtirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash imkonini beradi”14.
3.Mahsulot bahosi. Mahsulot hajmi va daromad o’rtasidagi aloqa Hisobot yilida har bir mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydaning bazis yiliga nisbatan o’zgarishini (ko’payishini yoki kamayishini) quyidagi formuladan foydalanib aniqlash mumkin:
(q1p1 - q1z1) - (q0p0 - q0z0) =
Bunda, q1,q0 – mos holda hisobot va bazis yillarida sotilgan mahsulot miqdori;
r1, p0 –mos holda hisobot va bazis yillarida sotilgan 1 s. mahsulotning o’rtacha sotish bahosi.
z1, z0 – mos holda hisobot va bazis yillarida sotilgan 1 s mahsulotning tannarxi.
Ushbu keltiririlgan formuladan ko’rinib turibdiki, mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydaning o’zgarishiga bevosita quyidagi uch omil ta’sir qiladi:
Sotilgan mahsulot miqdorining o’zgarishi (q1-q0);
1 s mahsulotning o’rtacha sotish bahosining o’zgarishi (r,-p0);
1 s mahsulotning o’rtacha ishlab chiqarish tannarxining o’zgarishi (z1- z0).
Yalpi foydaning o’zgarishiga omillarning ta’sirini «Ko’rsatkichlar farqi» va «Zanjirli bog’lanish» usullari yordamida aniqlash mumkin. Biz sotilgan paxta misolida 2- jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida yalpi foyda tahlilini amalga oshiramiz.
2-jadval Fermer xo’jaligi bo’yicha paxtani sotishdan olingan yalpi foydani tahlil etish uchun zarur bo’lgan malumotlar
T/r
Ko’rsatkichlar
Bazis yili
Hisobot yili
O’zgarishi (+, -)
1
Sotilgan paxta , s
3600
3783
+183
2
1 s paxta bahosi, so’m
17890
19908
+2018
3
1 s paxta tannarxi, so’m
15410
16682
+1272
4
1 s paxtani sotishdan olingan foyda, so’m
2480
3226
+746
5
Yalpi foyda, ming so’m
8928
12204
+3276
2-jadvaldan ko’rinib turibdiki, xo’jalik paxtani sotishdan hisobot yilida 12204 ming so’m foyda olib, bu o’tgan bazis yiliga nisbatan 3276 ming so’mga yoki 36,7 foizga oshgan. Buning sababini bilish uchun yuqorida keltirilgan omillarning ta’sirining tahlilini «Ko’rsatkichlar farqi» usuli yordamida bajardik.
Yalpi foydaning o’zgarishiga sotilgan paxta miqdori o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot va bazis yillarida sotilgan paxta miqdorlari orasidagi farqni bazis yilida 1 s paxtani sotishdan olingan foyda summasiga ko’paytiriladi, ya’ni quyidagi formuladan foydalanib aniqlash mumkin:
(q1 - q1) * (p0 - z0) =
(3783-3600)*(17890-15410)=+183*2480=+454 ming so’m
Demak, hisobot yilida bazis yiliga nisbatan sotilgan paxta miqdorining 183 s.ga oshishi natijasida paxtani sotishdan olingan yalpi foyda summasi bazis yiliga nisbatan 454 ming so’mga ko’paygan. Demak, sotilgan paxta miqdorining oshishi foyda o’zgarishiga ijobiy ta’sir qilgan. Sotilgan paxta miqdori bilan olingan foyda hajmi orasida bevosita bog’liqlik mavjud. Sotilgan paxta miqdori oshsa, olinadigan foyda ham oshadi, kamaysa-kamayadi. Bizning misolda sotilgan paxta miqdorining oshishi foyda summasini oshishiga sababchi bo’lgan.
Yalpi foydaning o’zgarishiga ikkinchi omilning ya’ni 1 s paxtaning o’rtacha sotish bahosi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot va bazis yillaridagi o’rtacha sotish baholari orasidagi farqni hisobot yilida sotilgan paxtaning haqiqiy miqdoriga ko’paytiriladi, ya’ni quyidagi formuladan foydalanib, aniqlash mumkin:
(r1 - r0) q1 =
(19908-17890)3783=+20183783=+7634 ming so’m
Demak, hisobot yilidagi 1 s paxtaning o’rtacha sotish bahosining bazis yiliga nisbatan 2018 so’mga oshishi yalpi foyda summasini 7634 ming so’mga ko’paytirgan. O’rtacha sotish bahosining oshishi yalpi foydaning o’zgarishiga ijobiy ta’sir qilgan.
Demak, o’rtacha baho bilan foyda hajmi orasida bevosita bog’liqlik mavjud. Bahoning oshishi har doim foydaning oshishiga olib keladi, kamayishi esa kamaytiradi.
Foydaning o’zgarishiga 1 s paxta tannarxi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot va bazis yillaridagi 1 s paxta tannarxlari orasidagi farqni hisobot yilida sotilgan paxtaning haqiqiy miqdoriga ko’paytiriladi, ya’ni quyidagi formuladan foydalanib aniqlash mumkin:
(z1 - z0) q1 =
(16682-15410)3783=+12723783=-4812 ming so’m
Demak, 1 s paxta tannarxi hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 1272 so’mga oshgan, natijada uning jami ishlab chiqarish tannarxi 4812 ming so’mga oshgan. Bu esa o’z navbatida yalpi foydaga salbiy ta’sir etib, uni shu summaga kamaytirgan. Shuning uchun ham oxirgi natija minus bilan ko’rsatilgan.
Sotilgan mahsulot tannarxi bilan foyda o’rtasida bilvosita bog’liqlik mavjud. Tannarx qimmatlashsa foyda kamayadi, aksincha tannarx arzonlashsa foyda ko’payadi. Bizning misolda 1 s paxta tannnarxining qimmatlashishi (oshishi) umumiy xarajatni oshirib, yalpi foydani shu summaga kamaytirgan.
Keltirilgan omillar ta’sirlarining yig’indisi yalpi foydaning umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak. Buni quyida keltirilgan 3-jadvaldan ko’rish mumkin.
3-jadval Paxtani sotishdan olingan yalpi foydaning omilli tahlili.
T/r
Ko’rsatkichlar
Bazis yili
Hisobot yili
O’zgarishi (+, -)
1
Sotilgan paxta , s
3600
3783
+183
2
1 s paxta bahosi, so’m
17890
19908
+2018
3
1 s paxta tannarxi, so’m
15410
16682
+1272
4
1 s paxtaning foydasi, so’m
2480
3226
+746
5
Paxtani sotishdan olingan yalpi foyda, ming so’m
8928
12204
+3276
Shu jumladan o’zgarishi:
5.1 Sotilgan paxta miqdorining o’zgarishi hisobiga