Reja: Sotish jarayoni haqida tushuncha va unda xarajatlarni o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 186,93 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü186,93 Kb.
#211360
  1   2   3   4
5 мавзу Бош ҳис лотинча


5-mavzu: Boshqaruv hisobining sotish faoliyati

Reja:

1. Sotish jarayoni haqida tushuncha va unda xarajatlarni o’ziga xos xususiyatlari

2.Sotish jarayonida boshqaruv hisobi byudjetlari va ular ahamiyati


3.Mahsulot bahosi. Mahsulot hajmi va daromad o’rtasidagi aloqa

1. Sotish jarayoni haqida tushuncha va unda xarajatlarni o’ziga xos xususiyatlari


Ishlab chiqarilgan tovar mahsulotlari realizasiya jarayonida xaridorlarga jo’natiladi va ular qabul qilib olgan mahsulotlari uchun shartnoma narxida mol yetkazib beruvchilarga pul to’laydi. Mahsulotlarning shartnoma bahosi tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olishda aytib o’tilganidek, ishlab chiqarish (fabrika-zavod) tannarxida hisobga olinadi. Tayyor mahsulotlar xaridorlarga yetkazib berilgunga qadar bir qancha xarajatlar qilinadi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar bo’lib hisoblanadi. Tayyor mahsulotlarning ishlab chiqarish (fabrika-zavod) tannarxiga ularni xaridorlarga yetkazish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar qo’shilmaydi, ular davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadi va asosiy faoliyatdan olingan foyda hisobidan qoplanadi.
Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni sotish natijalari realizasiya jarayonida aniqlanadi. Realizasiya foyda yoki zarar bilan yakunlanadi. Ayrim manbalarda realizasiya jarayoni sotish jarayoni deb ham ataladi. Bu unchalik to’g’ri emas. Chunki, ishlab chiqarish jarayonida tayyorlangan mahsulotlar sotiladi, bajarilgan ish va xizmatlar hamda qurilish, loyiha-tadqiqot, geologiya-qidiruv va ilmiy-tekshirish ishlari buyurtmachilarga topshiriladi. Shuning uchun bu jarayonni realizasiya jarayoni deb atash maqsadga muvofiqdir.
Xaridorlarga jo’natilgan tayyor mahsulotlar, bajarib topshirilgan ish va qilingan xizmatlar uchun pul olinadi. Mahsulotlar sotishga jo’natilib, xaridorga to’lov hujjatlari taqdim etilgan vaqtdan boshlab sotilgan hisoblanadi.
Mahsulotlarni sotish (ish bajarish va xizmat ko’rsatish) shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnoma majburiyatlarining bajarilishi va hisob-kitoblar ustidan nazorat o’rnatish uchun buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:

  • barcha mahsulot(ish, xizmat)lar va ularning alohida turlari bo’yicha haqiqiy realizasiya hajmini aniqlash. Realizasiya hajmi to’g’risidagi ma’lumotlar buxgalteriya hisobida natural va qiymat o’lchovlarida ifodalanadi;

  • sotilgan mahsulot(ish, xizmat)larning to’la tannarxi va ularning shartnoma bahosi bo’yicha qiymatini taqqoslash yo’li bilan realizasiya jarayonining haqiqiy natijalarini aniqlash;

  • tayyor mahsulotlar va tovarlarning korxona omboridagi holati, ularning barcha harakatlanish bosqichlaridagi saqlanishi, xaridorlardan shartnomada ko’rsatilgan oldin to’lov(bo’nak)larning o’z vaqtida olinishi, tayyor mahsulotlar va tovarlarning xaridorlarga o’z vaqtida yuklab jo’natilishi va bankka barcha to’lov hujjatlarining taqdim yetilishi hamda yakuniy hisob-kitoblarning amalga oshirilishi ustidan nazorat o’rnatish.

Realizasiya jarayonini hisobga olish uchun qo’llaniladigan schetlarning xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
Bular ichida 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromadlar», 9020-«Tovarlar sotishdan olingan daromadlar», 9030-«Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9110-«Sotilgan mahsulot tannarxi», 9120-«Sotilgan tovarlar tannarxi», 9130-«Sotilgan ishlar, xizmatlar tannarxi» schetlari muhim o’rin tutadi.
Sotilgan mahsulot, tovarlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarni to’la tannarxi 9110, 9120, 9130, schetlarining debet tomonida, olingan daromadlar 9010, 9020, 9030-schetlarning kredit tomonida aks ettiriladi. Shuningdek, realizasiya jarayoni va moliyaviy natijalarni hisobga olishda 9200-"Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schetlar" (9210-9220), 9300-Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schetlar» (9310, 9320, 9330, 9340, 9350, 9360, 9370, 9380, 9390), 9410-«Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schetlar» (9410, 9420, 9430, 9440), 9500-«Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schetlar» (9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560, 9590), 9600-«Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schetlar» (9610, 9620, 9630, 9640, 9650, 9660, 9690), 9700-«Favqulodda foyda(zarar)larni hisobga oluvchi schetlar» (9710, 9720), 9800-«Soliqlar va yig’imlarni to’lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schetlar» (9810, 9820) va 9900-«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schetlar» (9910) qo’llaniladi.
Hisobot davrining oxirida olingan daromadlar xarajatlar bilan taqqoslanib, realizasiya natijalari aniqlanadi.
Yuqorida bayon qilingan umumiy qoidalarni misollar yordamida ko’rib chiqamiz.
Masalan, korxonaning birinchi sentyabr 2020 yilga 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» scheti va uning analitik schetlarida qoldiqlar quyidagicha:
«V» mahsulot 276000 so’m
(18400 dona, haqiqiy tannarxi 15 so’m),
«G» mahsulot 300000 so’m
(15000 dona, haqiqiy tannarxi 20 so’m).
Jami: 576000 so’m

Yüklə 186,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin