Reja: Sotish kanallarining iqtisodiy roli; Sotishni rag‘batlantirish


ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA MENEJER MEHNATINI VA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH



Yüklə 9,66 Kb.
səhifə3/3
tarix20.11.2023
ölçüsü9,66 Kb.
#162070
1   2   3
Reja Sotish kanallarining iqtisodiy roli; Sotishni rag‘batlanti-fayllar.org

ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA MENEJER MEHNATINI VA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Menejer mehnati tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining ajralmas qismi hisoblanadi. Menejer mehnatining farqi shundaki, uning mehnati aqliy, ijodiy, sertashvish faoliyatdir. Garchand menejer bevosita moddiy boylik yaratmasada, lekin uning mehnati ishlab chiqarishga kiradi. Mehnat jamoalarining ishlab chiqarish faoliyati ko‘rsatkichlari yordamida menejer mehnati natijalari bilvosita baholanadi. Boshqaruvchi mehnati ijodiy, me’yorsiz bo‘lgani uchun, aniq mehnat o‘lchovi bilan uning mehnatini baholash qiyin.
Menejer mehnati nisbatan yopiq shaklga ega, chunki masala qo‘yilishidan tortib maqsadga erishishga qadar uning zahmati bor. Biror masala yechilgach, maqsadga erishilgach yangi va yangi masalalar paydo bo‘laveradi, yangi maqsad va yangi boshqaruv sikli yangidan boshlanadi. Maqsad-harakat — natija-maqsad, uzluksiz boshqaruv siklining umumiy ko‘rinishidir. Shuni ham ta’kidlash kerakki, bunday taqsimlash shartli. Huquqiy ishlab chiqarish jarayonida bir-biridan farqlanuvchi turli boshqaruv sikllari qo‘llaniladi.
Menejer mehnati korxonada bir necha ko‘rinishdagi masalani yechishga yo‘naltiriladi. Bular quyidagilar:
— ishlab chiqarish uskunalarini ishlatishga, ishlab chiqarishni takomillashtirish, ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishga bog‘liq texnik;
— texnologik jarayonlarni loyihalashtirishga bog‘liq texnologik;
— iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish va muvofiqlashtirishga bog‘liq iqtisodiy;
— boshqaruv tizimlarni takomillashtirish, reklama va axborot ta’minoti, ularni tayyorlash, kadrlar malakasini oshirishga bog‘liq tashkiliy;
— ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish va muvofiqlashtirishga bog‘liq ijtimoiy;
— menejer mehnati odamlarni boshqarishga qaratilgan va korxonaning xo‘jalik faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Nizom va mansab yo‘riqnomasini davriy ravishda bo‘layotgan o‘zgarishlar hamda ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvga moslab o‘zgartirishlar kiritib turish lozim. Menejer mehnatini yanada takomillashtirish uchun bundan tashqari xodimlarning ta’rif — malaka ma’lumotnomasidan foydalaniladi. Ta’rif — malaka ma’lumotnomasidan rahbar xodimlarining turli boshqaruv ishlarini amalga oshirish uchun kerakli mehnat staji, bilim hajmi aniqlanadi. Kundan-kunga ortib borayotgan axborot oqimi menejer mehnatini kompyuterlashtirish zaruriyatini tug‘diradi. Mutaxassislar hisoblariga ko‘ra, agar boshqaruv apparati kompyuterlashtirilsa, 80 foiz ish mexanizatsiyalashadi. Menejer mehnatining samarasini oshirish yo‘llaridan yana biri uning ishchi o‘rnini rejalashtirish, yaxshilashdadir. Ishchi o‘rinlarini tashkil etishda, bajarilayotgan mehnat turi, o‘ziga xosligi, ishlab chiqarish bo‘limlaridagi funksional aloqa, ishni ahamiyati va boshqalar kiradi.

http://fayllar.org
Yüklə 9,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin