Reja: Statistik jadvallar


Chiziqli va yassi diagrammalar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə4/10
tarix22.12.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#77249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
hKTMRIIINT3zUq S hWOvTWK9bEyBoSI

4.5. Chiziqli va yassi diagrammalar

Chiziqli va yassi diagrammalarning juda ko‘p turlari mavjud bo‘lib, ular orasida eng muhimlari quyidagilardan iborat.


Chiziqli diagrammalar. Bu diagrammalar eng keng tarqalgan bo‘lib, ular yordamida dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog‘lanishlar, taqsimlanish qatorlari va shartnoma (reja)ni bajarish ko‘rsatkichlari tasvirlanadi. Chiziqli diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi. Vertikal o‘qqa (ordinata o‘qi) olingan masshtabda dinamika qatorining ko‘rsatkichlari yoki natijaviy belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanib joylashtiriladi. Gorizontal o‘qqa (absissa o‘qi) ma’lum masshtabda qatorning davrlari (vaqtlari) yoki omil belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanadi. Keyin o‘qlardagi har qaysi nuqtachalardan qarama-qarshi o‘qqa nisbatan parallel ravishda perpendikulyar chiziqlar o‘tkaziladi. Ularning o‘zaro uchrashgan nuqtalari (ordinata cho‘qqilari) bir-biri bilan birlashtiriladi va natijada siniq chiziq hosil bo‘ladi. Bu siniq chiziq dinamika qatorini yoki o‘rganilayotgan hodisalarning o‘zaro bog‘lanishini tasvirlaydi.
Quyidagi ma’lumotlarni chiziqli diagramma shaklida ifodalaylik.
4.2-jadval
O‘zbekistonda 1992-1998 yillarda yetishtirilgan paxta va
don yalpi hosili
mln. tonna

Yillar
Ko‘r-
satkichlar

1992


1993


1994


1995


1996


1997


1998


Paxta

4128

4135

3938

3934

3350

3641

3236

Don

2257

2142

2467

3215

3562

3776

4136

Manba: O‘zbekistonning iqtisodiy yo‘nalishlari, oktyabr-dekabr 1998 yil, 40-bet.
Koordinat sistemasini chizib, vertikal o‘qqa paxta va don yalpi hosilini, gorizontal o‘qqa esa yillarni joylashtiramiz. Agar masshtab qilib davrlar uchun 1 sm : 1 yilga, ko‘rsatkichlar uchun esa 1 sm : 1 mln. t. paxta va donga teng deb olsak, u holda yuqoridagi ma’lumotlar abssissa va ordinata o‘qlarining shkalalarida quyidagi nuqtachalar bilan ifodalanadi:

Yillar (sm)

1

2

3

4

5

6

7

Paxta

4,1

4,2

3,9

3,9

3,4

3,6

3,2

Don

2,3

2,1

2,5

3,2

3,6

3,8

4,1

Bu nuqtachalarni tegishli o‘qlarda nishonlab, ulardan perpendikulyar chiziqlar o‘tkazamiz, keyin ularning o‘zaro kesishgan joyidagi nuqtalarni birlashtirib, 4.1-rasmdagi paxtachilik va don yetishtirishga tegishli siniq chiziqlarni hosil qilamiz.

6,0























5,0




















Paxta

4,0























3,0




















Don

2,0























1,0























0

1992

1994

1996

1998

Masshtab: 1 sm-1 mln.t.
4.1-grafik. O‘zbekistonda paxta va don yetishtirishning o‘sishi.

Chiziqli diagrammada bir nechta hodisa dinamikasini ham tasvirlash mumkin. Bu holda siniq chiziqlar har xil rang bilan yoki bir-biridan ajralib turadigan ko‘rinishda (yo‘g‘on chiziq, ingichka, punktir va h.k) chizilishi kerak (4.1-rasm).


Dinamika qatorlarini chiziqli diagramma shaklida tasvirlayotganda shuni esda saqlash lozimki, grafikning ko‘rimli va oson tushunarli bo‘lishi uchun masshtabni to‘g‘ri olish muhim ahamiyatga ega.
Agar davrlar uchun olingan masshtab juda kichik bo‘lsa, u holda diagramma sur’ati, ya’ni taraqqiyot qonuniyatini buzib, sun’iy tarzda kuchaytirib aks ettiradi. Ushbu masshtab haddan tashqari katta olinganda esa, aksincha, o‘sish sur’ati sun’iy ravishda so‘nish tarzida gavdalanadi. Demak, bu ham maqsadga muvofiq emasdir.
Shuning uchun masshtabni shunday belgilash kerakki, u ko‘rsatkichlar orasidagi proporsionallik va nisbatlarni to‘la va aniqroq tasvirlash imkoniyatini tug‘dirsin.
Chiziqli diagramma yordamida shartnomalarni bajarish sur’atlarini aniqlash va analiz qilish ham mumkin. Bu holda vertikal (ordinata) o‘qqa shartnomada ko‘zlangan topshiriqlar bilan haqiqatda bajarish ko‘rsatkichlari hamda o‘tgan davrda erishilgan darajalar joylashtiriladi (4.2-grafik).






2000

O‘tgan yil




























Haqiqiy bajarilishi

























1800

Shartnoma









































































1600






























































































1400






























































































1200






























































































1000






























































































800






























































































600






























































































400






























































































200






























































































0

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

XII







4.2-grafik. Shartnomani bajarish diagrammasi.

Chiziqli diagramma yordamida variatsion qatorlar ham tasvirlanadi. Bu holda gorizontal o‘qqa qatorning asoslari (variantalar), ya’ni o‘zgaruvchan belgi qiymatlari, vertikal o‘qqa esa ularning uchrashish sonlari (ayni qiymatga ega bo‘lgan obyektlar soni) joylashtiriladi. Diskret variatsion qatorlar uchun tuzilgan diagramma taqsimot poligoni deb ataladi. 4.3-grafik shirkat ho‘jaliklarining paxtachilik brigadalari soniga qarab taqsimot poligon shaklida tasvirlangan.


90 Masshtab: ____ 1 sm: 10
shirkat xo‘jaligi
80

70


60

50


40

30


20
0 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20
Ho‘jalikdagi paxtachilik brigadalari soni.
4.3-grafik. Shirkat xo‘jaligi paxtachilik brigadalari soni bo‘yicha taqsimlanish poligoni.
Intervalli (oraliqli) variatsion qatorlar uchun tuzilgan diagramma esa taqsimot gistogrammasi deb yuritiladi. 4.4-grafikda O‘zbekiston fermer ho‘jaliklarida paxta terimchilarining kundalik terim normasini bajarish darajasi bo‘yicha taqsimlanishi taqsimot gistogrammasi shaklida tasvirlangan.
Chiziqli diagrammalar ko‘pincha siniq chiziq shaklida tuziladi. Ammo murakkab hodisa va jarayonlarni o‘rganishda bu shakl har doim qo‘l kelavermaydi. Ayrim hollarda chiziqli diagrammani spiral shaklida tuzish maqsadga muvofiqdir.
Spiral shaklli diagrammalar o‘rganilayotgan to‘plamning umumiy o‘zgarishi bilan bir vaqtda uning tarkibiy qismlarining o‘zgarishini ham tasvirlash yoki hodisaning davrma-davr (masalan, yilma-yil) o‘zgarishi bilan bir yo‘la har bir davr ichidagi (masalan, oyma-oy) o‘zgarishini ham aks ettirish zarur bo‘lganda qo‘llaniladi.
Bunday diagrammani tuzish uchun yagona markazdan teng burchak bilan har yoqqa tarqaluvchi bir dasta to‘g‘ri chiziqlar chiziladi. Ularning soni to‘plam qismlarining soniga yoki davr (yil) ichidagi vaqtlar (oylar) soniga teng bo‘lishi kerak. Demak, har bir to‘g‘ri chiziq to‘plamning ayrim qismini yoki davr (yil) ichidagi aniq vaqtni (oyni) anglatadi.




80

70


60

50


40

30


20

10
70 80 90 . 110 . 130 . 150 . 170 180 %


kunlik terim normasini bajarish foizi
4.4-grafik. Fermer ho‘jaliklarida terimchilarning kundalik terim normasini bajarish darajasi bo‘yicha taqsimlanish gistogrammasi.

Bu to‘g‘ri chiziqlarga olingan masshtab bilan o‘rganilayotgan hodisaning tegishli vaqtlardagi (oylardagi) ko‘rsatkichlari yoki to‘plam ayrim qismlarining miqdorlari nuqta bilan nishonlanadi. Keyin nuqtalar bir-biri bilan to‘g‘ri chiziq yordamida ulanadi va natijada spiral hosil bo‘ladi. 4.5-grafikda 1995-1999 yillarda O‘zbekiston iste’mol baholarining oylar bo‘yicha o‘sishi spiral shaklida tasvirlangan.
4.3-jadval

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin