Reja: Suhbat turlari



Yüklə 78,65 Kb.
səhifə1/4
tarix05.12.2023
ölçüsü78,65 Kb.
#173118
  1   2   3   4
Reja Suhbat turlari-fayllar.org


Reja: Suhbat turlari

3. Mavzu Suhbat turlari va uning mazmuni


Reja:

1. Suhbat turlari.


2. Suhbatga tarbiyachining tayyorlanishi va о ‘tkazishi.
3. Suhbatga asosiy о ‘rgatish usuli orqali savollar berish.
Tayanch tushunchalar: axloqiy mavzu, dialogik metod, axloqiy tasawur, didaktik maqsad, old ко ‘makchi, chet та ’no, sintaktik qa- tor, kirish suhbati.
1. Suhbat turlari. Suhbat - ta’limning dialogik metodi bo‘lib, savol-javob o‘tkazish, o‘z nuqtayi nazarini ifodalashni talab etadi. Suhbat bolalar narsa-hodisalar, voqealar to‘g‘risida ayrim bilim va tajribalarga ega bo‘lgan holatda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida bo- lalaming mavjud bilimlari aniqlashadi, boyiydi, tizimlashtiriladi. Suhbatda ishtirok etish bolalar uchun foydali qator ko‘nikma va ma- lakalami paydo ciladi: bir-birini tinglash, aytilganlarini to‘ldirish, ulami takrorlanuslik, bildirilgan fikrlami samimiy baholash va boshqalar. Suhbat fikming aniq yo‘nalganligini, diqqatni va o‘z xulq-atvorini boshqara olishni talab etadi. U mantiqiy fikr yuritish, aniq fikr bildirish, xulosa qilishga o‘rgatadi. Suhbat orqali tarbiyachi bolalarda his-tuyg‘ulami tarbiyalaydi, fikr yuritilayotgan voqea- hodisaga munosabatni tarkib toptiradi. Mazmuniga ko‘ra ikki turdagi suhbat farqlanadi: axloqiy mav- zudagi va bilishga doir. Axloqiy mavzudagi suhbatlar faqat katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladi, bilishga doir suhbat- lami esa o‘rta guruhdanoq boshlab o‘tkazish mumkin. Axloqiy mavzudagi suhbatlar bolalarda axloqiy his-tuyg‘uni tarbiyalash, axloqiy tasawur, mulohaza va bahoni shakllantirish maqsa- dini ko‘zda tutadi. Turli mavzularda axloqiy suhbatlami o‘tkazish mumkin: «Xushmuomalalik haqida», «Do‘stlik va o‘rtoqlik haqida», «Salomlashish odobi», «Ovqatlanish qoidalari» va boshqalar. Axloqiy mavzudagi suhbatlar badiiy asarlar o‘qish, ко‘rgazmali material lami ko‘rsatish, film namoyish etish bilan uyg‘unlikda amalga oshiriladi.
Bilishga doir suhbatlar mavzusi maktabgacha ta’lim dasturlarida aniqlab berilgan. Shuningdek, bunday suhbatlar kundalik turmush voqealari, atrof-muhit va kattalar mehnati bilan ham chambarchas bog‘liqlikda o‘tkaziladi. Didaktik maqsadiga ko‘ra suhbat qurish va umumlashtiruvchi turlarga bo‘linadi. Bolalarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan faoliyatga, kuzatishga tayyorlash maqsadida kirish suhbatidan foy- dalaniladi. Ana shu maqsadda tarbiyachi bolalardagi mavjud tajribani aniqlaydi, ulaming bilimlarini faollashtiradi, bajarilishi ko‘zda tutilayotgan faoliyatga qiziqishni hosil qiladi, amaliy yoki bilishga doir vazifalami taqdim etadi. Umumlashtiruvchi suhbat bolalarning biror mavzuda tashkil etilgan-o‘quv ishi natijasida qo‘lga kiri- tilgan bilimlami jamlash, aniqlashtirish, tizimga solish maqsadida o‘tkaziladi. 2. Tarbiyachining suhbatga tayyorlanishi va uni o‘tkazishi. Yetti yoshli bolalar nutqida old ko‘makchilar ko‘pincha nafaqat o‘z ma’nosida, balki chet ma’noda ham qo‘llaniladi. Shunisi diqqatga sazovorki, old ko‘makchilar dastlab kenglik ma’nosi ko‘rsatkichi sifatida to‘rt-besh yoshli bolalar nutqida paydo bo‘ladi (uydan, de- vordan uzoqlashdi); so‘ngra besh-olti yoshli bolalar ushbu old ko‘makchini obyektiv ma’no ko‘rsatkichi sifatida ham qo‘llaydilar (onamning sovg‘asi, dadamning xati) va faqat, keyinroq, yetti-sakkiz yoshlarga kelib, bola sabab ma’nosini ifodalash uchun «dan» old ko‘makchisidan foydalanishi mumkin (qo‘rqqanidan qichqirib yubor- di, og‘riqning zo‘ridan yig‘lab yubordi). Yetti yoshga kelib, odatda, nutqning sintaktik qatori shakllanadi: bola oddiy gaplami, bir xil a’zoli gaplami to‘g‘ri tuzadi, bunda u birik- tiruvchi, zidlovchi, ajratuvchi bog‘lovchilarni qo‘llaydi; u o‘z nutqida qo‘shma gaplardan, ko‘pincha esa turli xil sintaktik munosabatlami ifodalovchi ergashgan qo‘shma gaplardan foydalanadi: qo‘shimcha gap- lar - «Kamol nima ko‘rganligimizni so‘radi»; maqsadli gaplar - «Biz oziq-ovqat xarid qilish uchun do‘konga ketayapmiz»; shartli gaplar - «Agar yomg‘ir yog‘masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq. 0 ‘z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan, olti yoshli bola ravon monologik nutq shaklidan foydalanishi lozim.
Bolalar bog‘chasining tayyorlov guruhida grammatik rasmiy- lashtirilgan nutqni rivojlantirish borasidagi ishlar asosiy o‘rinni egal- lashi lozim. Xuddi oldingi yillardagi kabi, u maxsus mashg‘ulotlarda va boshqa faoliyat turlari bilan bog‘liqlikda amalga oshiriladi. Aynan bir fikmi turli vositalar yordamida rasmiylashtirish maktabga tayyorlash guruhidagi bolalarda grammatik nutq ko‘nikmalarini shakl- lantirishga doir ishlaming asosiy turi bo‘lishi mumkin. Masalan, bolalar o‘yin-kulgi qilayotgan syujetli suratni tahlil qilishda qator gaplami tu- zish mumkin: «Bolalar quvonchdan sakrab yuborishdi», «Bolalar xur- sand bo‘lib, osmonga sakradilar»; «Bolalar sakrab yuborishdi, chunki ular xursand edilar». Aynan bir mavzuda turlicha gaplar tuzishga doir . bunday ishlar maktabgacha yoshdagi bolalarga bitta fikmi turlicha ifo- dalash imkonini beradi. Mashg‘ulotlarda tarbiyachi ataylab bolalarga bir- birining o‘mini bosishi mumkin bo‘lgan gaplar tuzishni o‘rgatadi. i Aynan bir mavzuga oid gaplar variantlarini yaratish uchun did- k- tik o‘yinlar, syujetli rasmlar, badiiy matnlardan foydalanish mumkin. I Aynan bitta fikmi ifodalash uchun turlicha gaplar tuzishga oid ish ar i yetti yoshli bolalarda grammatik to‘g‘ri nutq ko‘nikmalarini shad- lantirishda asosiy o‘rinni egallashi lozim. ! ■ Bu yoshdagi bolalarga nutqda sifatdoshlami qo‘llashni o‘rgat sh < ular nutqini rivojlantirishga doir ishlaming ikkinchi yo‘nali; hi bo‘lishi mumkin. 1 Bolalar nutqiga sifatdosh shakllami kiritish uchun bolalar, katia- lar, hayvonlar, qushlaming turli harakatlarini tasvirlovchi suratlardan foydalanish mumkin (o‘qiyotgan bola, raqs tushayotgan qiz, yugu- rayotgan quyon va h.k.). Bolalar surat asosida gap tuzadilar: Tarbiyachi ularga so‘z birik- masini tuzishga yordam beradi. «Bola o‘qiyapti». Tarbiyachi so‘z birikmasidagi sifatdoshni aytadi, so‘ngra bolalardan so‘raydi: «qaysi bola?» - «o‘qiyotgan bola». Mashg‘ulot uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan fe’llami olish va ular- dan hozirgi zamondagi haqiqiy sifatdoshlami hosil qilish darkor. Bolalarga hech qanday atamalar ma’lum qilinmasligi kerak, bunda ularning ayrim sifatdoshlami esda saqlab qolishlari va zamr bo‘lganda ulami o‘z nutqiga qo‘sha olishlari juda muhimdir.
3. Suhbatga asosiy o‘rgatish usuli orqali savollar berish. Bolalar hayotda ko‘rgan, ularga tanish bolgan buyumlar, narsa va hodisalami kuzatish orqali ulami suhbatga о‘rgatish. Bolalar turli mavzular yuzasidan o‘tkazgan suhbatlarda hosil qilgan tushunchala- rini, taassurotlarini so‘z vositasida boshqalarga bildiradilar. «Mening o‘yinchog‘im» «Avtobusda sayr», «Bizning hovli» «0‘rtog‘imizga ko‘maklashyapmiz», «Koptokni qutqaryapmiz», «Chana uchyap- miz», «Bozorda», «Akamning kabutarlari», «Mehmonda», «Yozda», «Uy hayvonlari», «Mushuk bolalari bilan», «Quyonlar», «Mening onam shifokor», «Mening dadam quruvchi» va boshqa mavzulardagi suhbatlar jumlasiga kiradi. Ushbu mavzular bo‘yicha o‘tkazilgan suhbatlarda bolalar yangi so‘zlami bilib olishadi. Suhbatlar nati- jasida bolalar nimalami o‘zlashtirishlari lozimligini, qaysi yangi so‘zlami esda saqlashlarini va uning mazmunini tushunib olishlarini, bolalar diqqatini nimalarga qaratishni va ular yuzasidan beriladigan savollami tarbiyachi o‘ziga belgilab qo‘yishi lozim. Savollar qisqa va aniq boMishi. bolalar tajribasiga asoslanishi, ularga fikr yuritish- ni, boshlang‘ich — oddiy xulosalar chiqara olishni o‘rgatishi kerak. Shuningdek, tarbiyachi mavzular bo‘yicha mashg‘ulotni qanday boshlash va yakunlashni o‘ylab qo‘yishi, mavzu mazmuniga mos she’rlar, topishmoqlar, maqollar, masallar, tez aytishlar, kichik hiko- yalar ham tanlasui kerak bo'ladi. Mashg‘ulotr i boshlashdan oldin bolalarni jonlantirish, suhbat mazmunini yaxshilab tushunib olishlari uchun qisqagina kirish suhbati o‘tkazish mumkin, Masalan: «Mushuk o‘z bolalari bilan» nomli suhbatni boshlashdan avval tarbiyachi bolalarga: Kimning uyida mushugi bor? Nima uchun mushuk saqlaysiz? Uni nima- lar bilan boqasiz? U qanday ovoz chiqaradi? kabi savollar beradi. So‘ngra bolalarga: «Men sizlarga mushuk va uning bolalari tasvir- langan suratni olib keldim» - deb suratni ularga ko‘rinarli joyga ilib qo‘yadi va bolalar uni yaxshilab ko‘rib olishlari uchun 1-2 daqiqa vaqt beradi. Suratni yaxshilab ko‘rib olishgach, tarbiyachi unda tasvirlanganlar bo‘yicha savollar bera boshlaydi. Savollar bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini, dastur maqsadini hisobga olgan holda beriladi. Chunonchi, agar birinchi va ikkin
chi kichik guruhlarda ushbu surat bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazilsa, undan maqsad: bolalaming mushuk va uning bolalari haqidagi tasavvurlarini aniqlash, tashqi ko‘rinishi, harakati, ovqatni qanday yeyishi haqida tushuntirish va lug‘atini faollashtirish bo‘Isa, tarbiyachi bolalarga suratni ko‘rsatib shunday savollar beradi: Su- ratda nima tasvirlangan? Ona mushuk nima qilyapti? Ona mushuk yonida kim yotibdi? Mushuk qanday miyovlaydi? Ikkinchi kichik gumh bolalariga esa yuqoridagi savollardan tashqari yana ushbu savollarni ham berish mumkin: Ona mushukning panjalari qanday rangda? Dumi qanday rangda? Mushukning boshida nimalari bor, tumshug‘ida-chi? Kulrang mushukcha nima qilyapti? U ni- madan sut ichyapti? U sutni qanday ichyapti? Ip kalavasi bilan o‘ynayotgan mushuk bolasini ko‘rsatib: Bu mushukcha qanday rangda? U panjalari bilan nima o‘ynayapti? Ip kalavalari qanday rangda? Katta va maktabga tayyorlov guruhida beriladigan savollar esa ancha murakkablashadi. Rasmlarni ко‘rib chiqish vaqtida bolalar diqqati ayrim detallarga yo‘naltiriladi: Ona mushuk nimaning ustida yotibdi? Uning yonida uxlab yotgan mushukchaning pan- jalarida ninasi ko‘rinib turibdi? Polda sochilib yotgan ip kalavalari qayerda edi? Nima uchun ip kalavalari polda sochilib yotibdi? Sa- vatni kim ag‘darib yubordi? Tarbiyachining savollariga bolalar javob berib bo‘lishgach, surat yuzasidan tarbiyachining o‘zi gapirib beradi: «Mana bu ona mushuk - Mosh». Uning mushukchalari bor. U gilamcha ustida yotib, bolalariga qarayapti. Kulrang mushuk- chalar tarelkadagi sutni tili bilan chapillatib ichyapti, targ‘il rang- dagi mushukcha esa sakrab, savat ichidagi ip kalavalarini ag‘darib yubordi. Ip kalavalari savat ichidan har tomonga sochilib ketdi va targ‘il mushukcha ko‘k rangdagi ip kalavasini chuvalashtirib o‘ynay boshladi. Oq-qora rangli mushukcha esa ona mushukning yonida uxlab yotibdi. Ona mushuk mushukchalariga qarayapti va «xur-xur» qilib xurillayapti». Ushbu mashg‘ulot jarayonida yan- gi so‘zlar izohlab beriladi, qiyin so‘zlar jo‘r bo‘lib takrorlanadi. Mashg‘ulot topishmoq aytish va uning javobini topish (Kichkina qumg‘on, o‘tirib ko‘zini yumgan), she‘r aytish (Sh. Sa’dullaning «Mushuk» she’rini):
Mushugim deydi: miyov, Sichqon doim menga yov! Shuning uchun qo‘ymayman, Qancha yemay to‘ymayman. yoki qisqa hikoya o‘qib berish bilan (Habib Po‘latovning «Mosh hikoyasi») davom ettirilishi mumkin. Tarbiyachi ushbu mashg‘ulotda bolalar lug‘atiga mushukchalar, ip kalavasi, panja, mo‘ylov, ichyapti, chapillatib, chuvalashib, kulrang, sochib yuborilgan, miyovlaydi, xu- rillaydi va boshqa so‘zlami kiritadi.



Yüklə 78,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin