Reja: Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari


Davlat suv fondi va uning boshqaruv organlari



Yüklə 84 Kb.
səhifə2/4
tarix04.11.2022
ölçüsü84 Kb.
#67385
1   2   3   4
1351674038 24137

2. Davlat suv fondi va uning boshqaruv organlari.
1993 yil 6 mayda O`zbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish to`g`risida"gi qonuni qabul qilinib u suv va suvdan foydalanishga doir munosabatlarni tartibga solish, aholi va xalq xo`jaligi ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanish, suvni bulg`anish, ifloslanish va kamayib ketishdan saqlash, suvning zararli ta'sirini oldini olish va uni bartaraf qilish, suv obyektlarining holatini yaxshilash, shuningdek suvga doir munosabatlar sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo`jaliklari va fuqarolarning huquqlarini himoya qilishni belgilab berdi.
Mazkur, qonunda birinchi marta yagona davlat suv fondi masalasi ko`rsatib berildi.
O`zbekiston Respublikasining yagona davlat suv fondi:
- daryolar, ko`llar, suv omborlari, boshqa yer usti suv havzalari va suv manbalari, kanal va hovuzlarning suvlaridan;
- yer osti suvlari va muzliklardan iboratdir.
Davlatlararo daryolar - Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryosi, Orol dengizi va boshqa suvlardan foydalanish huquqi davlatlararo bitimlarda belgilab beriladi.
Shuningdek, qonunda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari ham aniq ko`rsatildi.
Jumladan qonunning 5-moddasida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari quyidagicha ko`rsatildi:
suv va suvdan foydalanish to’g’risidagi qonunlarni qabul qilish, ularga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;
suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid davlat siyosatining asosiy yo`nalishlarini belgilash hamda suv xo`jaligiga oid strategik davlat dasturlarini qabul qilish;
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasarrufiga kiradigan boshqa masalalarni hal etish.
Ushbu qonunning 6-moddasida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari belgilangan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi tasarrufiga quyidagilar kiradi, chunonchi:
suv resurslaridan oqilona, kompleks foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida yagona siyosat o`tkazish;
suv resurslaridan kompleks foydalanish va ularni muhofaza etishda vazirliklar, idoralar va yuridik shaxslarning faoliyatini uyg`unlashtirish;
suv fondi hosil qilish va undan foydalanish tartibini, shuningdek, suvdan foydalanishning me'yorlari va limitlarini tasdiqlash tartibini belgilash;
suvlarning davlat tomonida hisobga olib borilishini hamda suvdan foydalanishni nazorat qilish va ularni muhofaza etishni ta'minlash, davlat suv kadastri va suv monitoringini yuritish;
yirik avariyalar, falokatlar, ekologiya tangligi va suvlarning zararli ta'siri oldini olish hamda ularga barham berish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun haq to`lash, suv obyektlarini bulg`atganlik va quritib qo`yganlik uchun haq undirish tartibini belgilash;
davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish;
qonunlarda nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
E'tiborli tomoni shundaki, mazkur qonunda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlariga ham e'tibor qaratilgan.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi tasarrufiga quyidagilar kiradi, chunonchi:
o`z hududidagi suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning asosiy yo`nalishlarini belgilash;
suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish va ularni muhofaza qilish sohasidagi qonuniylik hamda huquq-tartibotni ta'minlash;
suv obyektlari holatini hisobga olib borish va ularga baho berish, suvlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishi, suv iste'molining belgilangan limitlariga rioya etilishi, suvdan foydalanuvchilarning suvdan foydalanish hisobini yuritishlari ustidan nazorat qilib berish;
suv obyektlarini saqlash va ularning holatini yaxshilash, suvlarning zararli ta'sir ko`rsatishini, shuningdek bulg`anishini oldini olish va uni bartaraf etish hamda avariyalar, toshqin, sel va tabiiy ofatlar natijasida vayron bo`lgan obyektlarni tiklash yuzasidan tadbirlar o`tkazish;
qonunlarda nazarda tutilgan boshqa masalalarni tartibga solish (7-modda).
Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining vazifasi suvdan foydalanish borasida belgilab qo`yilgan tartibga barcha vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar, davlat, kooperativ, jamoat korxonalari, tashkilotlari, muassasalari va fuqarolar rioya qilishlari, suvni muhofaza qilish, suvning zararli ta'sirining oldini olish va bartaraf qilish vazifalarini, suvni hisobga olish qoidalarini, shuningdek, suv to`g`risidagi qonunlarda belgilab berilgan boshqa qoidalarni bajarishlarini ta'minlashdir. O`zbekiston Respublikasi "Suv va suvdan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 8-moddasiga asosan suvdan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi quyidagicha ko`rsatilgan.
Suvdan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek bu sohada maxsus vakolatli bo`lgan hamda suvdan foydalanishni bevosita yoki havza (hududiy) boshqarmalari orqali tartibga solib turuvchi davlat organlari hamda boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi (yer usti suvlari),O`zbekiston Respublikasi Davlat Geologiya va Mineral resurslar qo`mitasi (yer osti suvlari) hamda O`zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (yer osti issiq suvlarni va mineral suvlar) o`z vakolatlari doirasida suvdan foydalanishni tartibga solish sohasida maxsus vakolati bo`lgan davlat organlari hisoblanadi.
Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining vazifasi suvdan foydalanish borasida belgilab qo`yilgan tartibi barcha vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo`jaliklari va fuqarolar rioya qilishlari, suvni muhofaza qilish, suvning zararli ta'sirini oldini olish va bartaraf qilish vazifalarini, suvni hisobga olish qoidalarini, shuningdek suv to`g`risidagi qonunlarda belgilab berilgan boshqa qoidalarni bajarilishini ta'minlashdir.
Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi amalga oshiradilar.
Suvdan foydalanish ustidan idoraviy nazoratni O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi organlari amalga oshiradilar.
Jamoat birlashmalari, jamoalar o`z nizomlariga muvofiq hamda fuqarolar suvdan oqilona foydalanish va uni muhofaza bo`yicha tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga ko`maklashadilar. Bu tadbirlarni o`tkazishda davlat organlari jamoat birlashmalari, jamoalar va fuqarolar takliflarini hisobga oladilar.
 

Yüklə 84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin