4. Suvdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari. Suvdan foydalanuvchilar huquq va burchlari "Suv va suvdan foydalanish to`g`risida"gi qonunning IX bobi, 32-35 moddalarida aniq ko`rsatilgan.
Mazkur qonunning 32 moddasida suvdan foydalanuvchilarning quyidagi huquqlari bayon etilgan:
suv obyektlari qanday maqsadlar uchun foydalanishga berilgan bo`lsa, faqat shu maqsadlarda foydalanish;
suvdan foydalanishni amalga oshirish uchun inshootlar, qurilmalar va boshqa obyektlarni qurish;
berilayotgan suvning miqdori va sifatini tekshirish;
qonunlarda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, shartnoma bo`yicha olinmay qolgan suv uchun tovon to`lanishini talab qilish;
suv obyektlaridan foydalanish bo`yicha qonunda taqiqlanmagan boshqa ishlarni amalga oshirish huquqiga egadir.
Shuningdek, suvdn foydalanuvchilarning huquqlari qonun bilan qo`riqlanadi.
Suvdan foydalanuvchilarning huquqlari buzilgan taqdirda bu huquqlar qonunlarda ko`zda tutilgan tartibda tiklanishi lozim bo`ladi.
Zero, qonunga asosan suvdan foydalanuvchilarning huquqlarini cheklash hollari ham qonunda ifoda etilgan. Mazkur qonunning 34-moddasiga asosan.
Qonunlarda ko`zda tutilgan hollarda aholi sihat-salomatligini saqlash maqsadlarini, davlatning boshqa manfaatlarini, shuningdek suvdan boshqa foydalanuvchilar manfaatlarini ko`zlab, suvdan foydalanuvchilarning huquqlari cheklab qo`yilishi mumkin. Lekin bu holda aholining ichimlik va maishiy ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish shart-sharoitlari yomonlashib qolmasligi lozim.
Ayniqsa, barcha suv va suv obyektlaridan foydalanuvchilar qonunda ko`rsatilgan majburiyatlarni amalga oshirishlari zarur.
Suvdan foydalanuvchilar:
suv obyektlaridan oqilona ravishda foydalanishlari, suvni tejab-tergab sarflash, suvning sifatini qayta tiklash va yaxshilash to`g`risida qayg`urishlari, suv olishning belgilangan me'yorlariga rioya etishlari;
iflos moddalar aralashib qolgan oqindi suvlarni suv obyektlariga oqizishni tamomila to`xtatish choralarini ko`rishlari;
suvni muhofazalaydigan va boshqa suv xo`jalik inshootlarini hamda texnikaviy qurilmalarni soz holda tutishlari, ularni ishlatish sifatlarini yaxshilashlari, olinayotgan suvni hisob-kitob qilib borishlari;
suv resurslaridan foydalanganlik haqini o`z vaqtida to`lashlari shart.
Barcha holatlarda yerdan foydalanuvchilar sug`orish jarayonida suvdan foydalanuvchilar ham bo`lib hisoblanadi. Shuni uchun ham yerdan foydalanuvchilar "Yer Kodeksi"ning 39-40 moddalari talablariga ham qattiq rioya etishlari lozim.
1 Karang: Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1993 yil, 5-son, 221-modda.