Inson antropometrik ko\'rsatkichlarining faoliyat xavfsizligiga ta\'siri
Turli hududiy, ekologik rayonlarning xalq xo`jaligini planlashtirish va rivojlantirish, butun xalq xo`jaligi majmuini tubdan qayta qurish sanoat va agrosanoat komlpekslarini qurish va ta`mirlash yuzasidan yangi yo`riqlar va normativlar (salomatlik me`yoriga asoslangan holda), sotsial-gigienik talablarni ishlab chiqarmasdan turib mumkin emas. Faqat xududlar va ishlab chiqarish tarmoqlari unchagina emas, balki alohida mehnat turlari uchun ham kishi o`z salomatligi uchun xatarsiz tarzda istiqomat qiladigan va ishlaydigan yagona normativlarni (tabiiy mezonlarni hisobga olgan hopda) ishlab chiqish zarurati mavjburdir. Mablag` ajratish va struktura siyosati ijtimoiy muxofaza sari yo`naltirilgan, sanitariya-gigiena va ekologik jihatdan ta`iminlangan bo`lishi darkor. Ijtimoiy-biologik va ekologik jihitdan inson imkoniyatlarini maqbul xolatga keltirish ko`plab mezonlarga ega.