Jonli mehnat, uning vositalari, predmetlari va sharoitlari muayyan tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va mehnat kooperatsiyasi shakllari doirasida biriktiruvchi mehnat jarayonini maqbuplashtirish ob`ekti bo`lishi kerak. Buni hisobga olmasdan xususiy mezonlar asosida inson va mashina o`rtasidagi munosabatlarni yaxshilaydigan bo`lsak foydali natijalar inson doirasidagi ancha kam bo`ladi. Ba`zi hollarda va salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Hozirgi ishlab chiqarishda fan-texnika taraqqiyotining keng joriy qilish pallasida, mehnat jarayonini gigienik va ijtimoiy-ekologik maqbullashtirish buyicha asosiy omillarni quyidagicha guruhlarga bo`lish mumkin.
Hozirgi paytda muxofaza – sog`lomlashtirish tadbirlari uchun ishlatilayotgan mablag`lar hajmi yetarli emas. Shuning uchun mehnatning sanitariya-gigienik shart-sharoitlarini (ovqatlanishni yaxishlash, bo`sh xonalar, hordiq chiqarish xonalari qurish va hokazolar), yaxshilash bevosita ishlab chiqarishda ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga mablag`larni ancha oshirish zarur. Fan-texnika revolyutsiyasi avj olishi, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy jadallashtirish vazifalari taqozo etgan darajada mehnatkashlarning mexnat va turmush sharoitlarini sifat jixatdan qayt qilmasdan turib mablig`larni taqsimlashdagi (birinchi navbatdagi korxona moddiy rag`batlantirish jamg`armasidan) bu prinsipdan vos kechib bo`lmaydi.