Reja: Tadbirkorlik faoliyatining turlari Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy tomonlari. Ozbekistonda tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchilarga huquqiy yordam.. Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir


-Tashkil huquqiy tashkil etish.Xususiy tadbikor har bir xodimni yaxshi o`rganishi shart.har bir korxonalarni o`rganib chiqish zarur



Yüklə 25,67 Kb.
səhifə2/3
tarix01.01.2022
ölçüsü25,67 Kb.
#50846
1   2   3
Tadbirkorlik referat

-Tashkil huquqiy tashkil etish.Xususiy tadbikor har bir xodimni yaxshi o`rganishi shart.har bir korxonalarni o`rganib chiqish zarur.

-Puxta tuzilgan biznes reja,

-Tuziladigan shartnomalar xavfsiz bo`lishi(blankalar) bilan ishlashda malakali yurist mutaxassis kerak.

- Teng ulushlarda Ustav kapitali tasischilari bilan ishlash

-Ko`rsatilgan yuridik manzilda faoliyat olib boorish kerak.korxonaga yuborilgan xatlarga o`z vaqtida javob berishda o`z manzilini

Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desak xato bo`lmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmat ko`rsatiladi, ma`lum ma`naviy qadriyatlar yuzaga keladi.

O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning dastlabki yillarida tijorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va xizmatlarni sotib olish va sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan ta`riflanadi, chunki bu sohada qisqa vaqat orasida daromad olish mumkin. Agar ishlab chiqarish korxona samaradorligining 10-12% ini tashkil qilsa, tijorat faoliyati esa bu ko`rsatkichni yana 20-30%ga oshiradi.

Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarni almashinishi va almashtirilishidan iborat. Moliyaviy faoliyat ishlab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug`urta muassasalari shaklida ham faoliyat ko`rsatadi

Venchur biznesi, ya`ni innovastion tadbirkorlik keyingi vaqtda ancha rivojlandi va u tavakkal biznesi turiga kiradi. Biznesning bu turi yangi texnologiyalarning joriy etilishi bilan bog`liq. Venchur biznesi yuqori texnologiya sohasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar natija-larini tijoratlashtirish bilan bog`langan. Bu sohalarda samara olinishi kafolatlanmagan. Ya`ni ma`lum tavakkalchilik mavjud. Yangi va eng yangi texnologiyalarni joriy qilish bilan shug`ul-lanuvchi ilmiy-texnika firmalarga venchur firmalar deyiladi. Ularning daromadi kafolatlanmagan bo`lib, faoliyati tavakkal kapital bilan bog`liq.

Shuni ta`kidlash kerakki, kichik korxonalar innovastion tadbirkorlikni rivojlantirishda katta rol o`ynaydi. Venchur biznesi o`zining egiluvchanligi bilan innovastion ishbilarmon-likning boshqa shakllariga qaraganda qator ustuvorlikka egadir.

O`zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to`g`risida» gi qonuninng 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:


Yakka tartibdagi tadbirkorlik – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli bo`lib, uni tashkil qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom» bilan belgila-nadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o`z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab chiqarish bilan shug`ullanadilar.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik o`z navbatida ikki turga bo`linadi: – shaxsiy tadbirkorlik; – birgalikdagi tadbirkorlik.

Shaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha bayon etiladi: «Shaxsiy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlarning o`zi tomonidan mulk huquqida, shuningdek, mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo`l qo`yadigan o`zga mulkiy huquq tufayli o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi».

Ushbu qonunning 16-moddasiga binoan birgalikdagi tadbirkorlikka quyidagilar kiradi:



  • er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;

  • dehqon xo`jaligining umumiy birgalikdagi mulki negizida amalga oshiriladigan dehqon xo`jaligi;

  • o`zlariga umumiy ulushi mulk huquqida tegishli bo`lgan umumiy mulk negizida yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshiradigan shirkat xo`jaligi.

Yuridik shaxs tashkil qilmay, o`z faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkor sifatida ro`yxatdan o`tkazilgan jismoniy shaxsga davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi haqidagi guvoxnoma beriladi va u jismoniy shaxslarni ro`yxatdan o`tkazish reestrida qayd qilinadi. Ushbu guvohnoma bankda hisob-kitob varag`i ochish, soliq organlaridan ro`yxatdan o`tish, muhr va boshqa rekvizitlarni tayyorlash uchun asos bo`lib hisoblanadi.

O`zbekistan Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom»da xususiy tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta`rif berilgan:

Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqaro) tomo-nidan o`zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo`jalik faoliyatidir.

Xususiy tadbirkorlikning yakka tartibda faoliyat ko`rsata-yotgan tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu erda faoliyat ko`rsa-tuvchilar o`z faoliyatini yollanma ishchi kuchi yordamida olib boradilar. Ular yuridik shaxs sifatida ish ko`radilar va o`z korxo-nalarini davlat ro`yxatidan o`tkazishga majburdirlar.

Jamoa tadbirkorligi – bu bir guruh fuqarolarning o`zlariga ma`qul bo`lgan mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil qilishlari va shu asosda tadbir-korlik faoliyatini amalga oshirishlaridir.

Jamoa tadbirkorligi faoliyati firmalar faoliyatida o`z ifodasini topadi. Firma – muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko`rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir.

Xususiy firma deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli bo`lgan, yakka xususiy mulkka asoslanib faoliyat ko`rsatadigan korxona tushuniladi.

Firmalarning turlari juda ko`p, ularni chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin (3-chizma)

Shirkat firma bir necha sohibning mulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan olinadigan foydani baham ko`rishga asoslangan sherik-chilik korxonasidir.

Akstiyadorlik jamiyati – bu jismoniy shaxslar kapitallarining birlashuvi bo`lib, u akstiyalar chiqarish yo`li bilan tashkil etiladi.

Jamiyat jamlangan kapitaliga qarab maxsus qimmatli qog`oz – akstiya chiqaradi. Akstiyani sotib olganlar hissadorlarga aylanishadi va foydadan o`z hissasi – divedendni olib turadilar. Akstiyadorlik jamiyati o`z majburiyat-lari bo`yicha o`ziga tegishli butun mol-mulk bilan javobgar hisoblanadi. Akstiyadorlar jamiyati majburiyatlari bo`yicha javobgar emas va uning faoliyati bilan bog`liq zararlar uchun faqat o`zlariga tegishli akstiyalar qiymati doirasida javobgar hisoblanadi.

Akstiyadorlik jamiyati ochiq va yopiq turda bo`lishi mumkin.

Ochiq turdagi akstiyadorlik jamiyati – bu akstiyadorlari o`zlariga tegishli akstiyalarni boshqa akstiyadorlarning roziligisiz erkin tasarruf qila oladigan jamiyat. U chiqaradigan akstiyalariga ochiq obuna o`tkazish va ularni erkin sotish huquqiga ega. Ta`sischilarning eng kam soni ham cheklanmagan. Ochiq turdagi AJ uchun ustav fondining eng kichik miqdori AJ ro`yxatidan o`tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi summasining ikki yuz barobari miqdoriga teng bo`lishi kerak.

Yopiq turdagi akstiyadorlik jamiyati – bu akstiyalari nomlangan (egasi yozilgan) va ular faqat AJ ta`sischilari o`rtasida taqsimlangan jamiyatdir. Uning akstiyalari qimmatli qog`ozlar bozorida muomalada bo`lishi jamiyat Nizomiga binoan man etilgan yoki cheklangan bo`ladi. Yopiq turdagi AJ uchun ustav fondining eng kam miqdori – AJ ro`yxatdan o`tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi summasining kamida yuz barobari miqdoriga teng bo`lishi kerak.

O`z tarkibidagi akstiyadorlik jamiyatlarni nazorat paketlarini egallash bilan korporastiyalar xolding kompaniyalariga aylanadi.

Xolding iborasi inglizcha «holding» so`zidan olingan bo`lib, ega ma`nosini beradi. Xolding kompaniya – bu mulk egalari tomonidan bir qancha mustaqil akstiyadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan hissadorlik jamiyatidir. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi akstiyadorlik jamiyatlari «akstiyalarining nazorat paketi» kompaniyaning ixtiyorida bo`ladi. Bundan maqsad akstiyadorlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o`rnatish va dividendlar ko`rinishida foyda olishdir.

Aralash xolding – nazorat va boshqaruv vazifalari bilan bir qatorda sanoat, savdo, transport, kredit-moliya va boshqa soha-larda tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug`ullanish maqsadla-rida tuziladi.

Davlat korxonalaribu davlat mulki bo`lgan va uning nazorati ostida ishlovchi korxonalar bo`lib, ular ishlab chiqarishdagi davlat sektorini tashkil etadi, eng muhim va mas`uliyatli vazifalar (mudofaa, aloqa, energetika, transport va boshqalar)ni bajaradi.

Qo`shma (aralash) korxonalar xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mablag`lariga tayanadi. Aralash firmalar milliy va xorijiy kapitalga tayangan hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi shunga qarab taqsimlanadi.

Kontsern – bu ishlab chiqarish diversifikastiyasi, ya`ni korxonalarning faoliyat sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi asosida tarkib topadigan yirik ko`p tarmoqli korporastiya. Konstern tarkibiga sanoat, transport, savdo, bank kabi tarmoqlarga tegishli, ayrim hollarda, dunyoning ko`pgina mamlakatlarida joylashgan unlab va yuzlab korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi. Konstern tarkibiga kirgan korxona va tashkshyutlar orasida o`zaro korporastiyalangan turg`un aloqalar mavjud bo`lib, ular konstern rivoji yo`lida umumiy moliyaviy resurslardan va yagona ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar.




Yüklə 25,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin