Reja: Takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash



Yüklə 0,53 Mb.
tarix13.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#129677
Python ref

Mavzu: Python dasturlash tilida parameter takrorlanuvchi dasturlar.


REJA:
1. Takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash;
2. For(sikl) operatori va uning umumiy ko‘rinishi;
3. Ichma ich sikllarni tashkil qilish

Dastur tuzish jarayonida ba’zi bir masalalarni algoritmlari tarkibidagi buyruqlar ikki va undan ortiq marta bajarilishiga to‘g‘ri keladi. Agar algoritm tarkibidagi bir necha marta takrorlanishi kerak bo‘lgan buyruqlarni takrorlanuvchi jarayonlar asosida dasturlash tillarida tasvirlanmasa, bu buyruqlarni barchasini bajarish murakkablashadi. Elektron hisoblash mashinalarini insoniyatdan farqi shundaki, insoniyatda bir nechta buyruqlarni bajarish davomida toliqish holatlari bo‘lishi mumkin, elektron hisoblash mashinalariga takrorlanishni qanchaligini ma’lum bir buyruqlar asosida berilsa, ular barchasini charchamasdan bajaradi. Ba’zi bir takrorlanuvchi jarayonlarni, takrorlanish formulasini chiqarib oddiy hisoblash mumkin, lekin ixtiyoriy ketma ketliklar yig‘indisini hisoblash oddiy usullar bilan hal etilmaydi, bunday holatlarda takrorlanuvchi jarayonlardan foydalaniladi. Tarif: Algoritmning qandaydir qismidagi buyruqlar ikki va undan ortiq bajarilishiga takrorlanuvchi jarayonlar deyiladi. Yuqoridagi ta’rifga etibor qaratsak, demak algoritmning qandaydir qismi ikki va undan ortiq bajarilishi mumkin bo‘lgan holatlar ham mavjud. Bunda dasturchiga shunday vazifa qo‘yiladiki takrorlanish holatini bir yaxlit buyruq asosida kompyuterga qulay usulda berish kerak. Takrorlanuvchi jarayonlarni quyidagi blok sxema ko‘rinishda ixtiyoriy dasturlash tilida tasvirlash mumkin.




Yuqoridagi blok sxema shaklida shart toki chin bo‘lgunga qadar takrorlanish bajarilaveradi, aks holda takrorlanish to‘xtatiladi.
Python dasturlash tillarida takrorlanuvchi jarayonlarni quyidagi usullar yordamida tasvirlash mumkin. -Parametr bo‘yicha takrorlash(for); -Shart bo‘yicha takrorlash(while, do while).
for(sikl) operatori Takrorlanuvchi jarayonlarni takrorlanish soni aniq bo‘lgan holatlardagina parameter bo‘yicha takrorlash usulidan foydaliniladi. Takrorlanuvchi jarayonlarni parametr bo‘yicha Python dasturlash tilida tasvirlash uchun, albatta, takrorlanish soniga e’tibor berish kerak. Parametr bo‘yicha takrorlanuvchi jarayonlarga, masalan, birdan n gacha sonlarning kvadratlarini yig‘indisini topish kabi misollar kiradi. Bunda takrorlanish soni aniq, ya’ni birdan dan n gacha deb berilyapti. Parametr bo‘yicha takrorlanuvchi jarayonlar takrorlanish oshishi yoki kamayishiga qarab ikki turga bo‘linadi: - noldan boshlab qadam 1 ga teng bo‘lgan takrorlanish(1-tur); - a dan boshlab qadam 1 ga teng bo‘lgan takrorlanish(2-tur); - a dan boshlab b gacha qadam x ga teng bo‘lgan takrorlanish(3-tur). Takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash vaqtida takrorlanish qadami birga oshib borilsa, birinchi turdan foydaliniladi. 1-tur takrorlanish qadami noldan boshlanib birga oshib boruvchi parameter bo‘yicha sikl operatorining umumiy ko‘rinishi quyidagicha. for in range() : operatorlar 1-tur for operatori takrorlanish sonining boshlang‘ich va oxirgi qiymatlari aniq bo‘lgandagina ishlatiladi. For operatorining ishlash prinsipi takrorlanish = 0 dan boshlanib toki = < o‘zgaruvchi2 - 1> ga teng bo‘lguncha davom etadi, bunda har bir qadamda ni qiymati birga oshib boradi. Bu yerda range() funksiyasi takrorlanish qadami va oxirini ta’minlab berishga xizmat qiladi.
Misol. 1 dan n gacha sonlarning kublari yig‘indisini hisoblash dasturini tuzing.



Takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash vaqtida takrorlanish qadami a dan boshlanib qadam 1 bilan b gacha bajarilish ham mumkin, bunda, ikkinchi turdan foydaliniladi. 2-tur takrorlanish qadami a dan boshlanib qadam 1 ga oshib boruvchi parametr bo‘yicha sikl operatorining umumiy ko‘rinishi quyidagicha. for in range(, ) : operatorlar Bunda for operatorining boshlang‘ich qiymati dan boshlanadi. For operatorining ishlash prinsipi = dan takrorlanish boshlanib toki = gacha davom etadi, ni qiymati birga oshib borishi ta’minlaydi.
Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin