Ta’limning amaliy metodlari o’quv faoliyatining xilma-xil turlarining keng doirasini kamrab oladi: amaliy melodlaridan foydalanishda quyidagi usullar qo’llaniladi: vazifani qo’yish, uni bajarilishni rejalashtirish, bajarish jarayonini boshqarish, jadal ragbatlantirish, tartibga solish va nazorat, amaliy ish natijasini tahlil qilish, kamchiliklar sababini aniqlash, maqsadga tulik erishish uchun ta’limga tuzatish kiritib borish.
Ta’limning muammoli - qidiruv metodlari amalda ta’limning so’z
orqali ifodalash, ko’rgazmali va amaliyot metodlari yordamida qo’llaniladi. Shu bilan birgalikda o’quv materialini mukammal bayon qilish metodlari, muammoli va evrestik suhbatlar, muammoli kidirish tipidagi ko’rgazmali metodlarni qo’llash, muammoli qidiruv amaliy ishlarni o’tkazish yoki xatto tadqiqot tipidagi ishlar to’g’risida gapirish mumkin. O’quv materialini muammoli va muammoli tuzilgan ma’ruza metodlari orqali bayon qilish o’qituvchining bayon davomida muloxaza yuritish, isbotlashi, umumlashtirishini, faktlarni tahlil qilish va tinglovchi fikrini o’z ortidan ergashtirishi, uni faolrok va ijodiyrok qilishni ko’zda tutadi.
Muammoli ta’lim metodlaridan biri evristik va muammoli qidiruv suhbati hisoblanadi. Bunda o’qituvchi o’quvchilar oldiga qator izchil va o’zaro bog’langan savollarni qo’yadi. O’quvchilar ularga javob berganda qandaydir shakllarini aytadilar. Aytganlarining to’g’ri ekanligini mustaqil isbotlashga harakat qiladilar. Bu bilan birga yangi bilimni o’zlashtirishda mustaqil ravishda o’zlarining oldinga siljishini amalga oshiradilar.
Ta’lim jarayoni ta’lim beruvchi – o’qituvchining va ta’lim olayotgan o’quvcnilar faoliyatining yigindisidan iborat. Bu jarayon o’qituvchi tomonidan ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi, doimo dinamik tarzda o’zgarib boradi. Ta’lim davomida ta’lim olayotganlarning shaxsiy xislatlari shakllantiriladi va rivojlantiriladi.
Musiqa darsida o’qituvchi o’quvchilarni musiqani idrok etish jarayonida, bilish faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi uslublarni qo’llashi maqsadga muvofiqdir. Bu metodlar o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida vositachi hamdir. Chunki, aynan bir metod bilan o’qituvchi o’rgatadi, o’quvchilar o’rganadi.
Musiqaning o’qitish metodlari deganda, maktab o’quvchilarining bilim, mahorat va malakalarni egallashda, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda va dunyoqarashini tarkib toptirishda o’qituvchilarning qo’llagan ish usullari tushuntiriladi. Bu metodlar, bir necha turga bo’linadi:
1.Musiqa o’qitish og’zaki metodlari: a) hikoya, b) suhbat, v)tushuntirish
2.Ko’rgazmaii o’qitish metodlari. Bunda nota yozuvlari, plakatlar, dirijyorlik harakatlari, raqs, musiqani jonli va aniq ijro etilishi, ritmik sur’ati ko’rsatiladi. 3.Amaliy metodlar: Amaliy metodlar vositasida vokal-xor malakalari, musiqaning tuzilishi hamda ifoda vositalarini tahlili, musiqaga mos qadam tashlash, chapak chalish harakatlarini bajarishlar, qo’shiq kuylash jarayonida ifoda etiladi.
4.O’yin metodi: o’yin metodi asosan boshlang’ich sinflarda qo’llaniladi. O’yin metodi o’quvchilarni musiqiy qobiliyatini, nutqini, xotirasini, qiziqishini psixologik-flziologik xususiyatlarini rivojlantiradi.
5.Taqqoslash metodi: Bu metod vokal-xor ishlarida, musiqa asarlarining tahlil
va janrlarni belgilash (qo’shiq, raqs, marsh) musiqa tinglash jarayonida
qo’llaniladi. 6.Musiqiy o’quvi bush bo’lgan o’quvchilar bilan ishlash metodi: Musiqiy o’quv bush bo’lgan o’quvchilar bilan dars jarayonida differentsional guruhlarga bo’lib va darsdan tashqari vaqt ajratib, yakka tarzda ish olib boriladi. Darsdan tashqari jarayonida alohida qo’shiqlarni o’rganib, topshiriqlar beriladi. III. Davlatimiz va Prezidentimiz tomonidan qo’yilgan talab maktablarda o’qitish jarayonini jaxondagi rivojlangan buyuk davlatlardagidek har tomonlama jaxon talablariga javob beradigan tarzda darslarni tashkil qilish. Har bir darsda ta’limning optimal usullarini qo’llashga erishishdir. Musiqa tarbiyasi vazifalarini amalga oshirish, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini bir butun sistemasi sifatida namoyon bo’ladi. Chunki, o’qitish jarayonida o’qituvchi ham, o’quvchi ham ma’lum bir funktsiyani bajaradi. Optimal (xususiy) metodlar o’qitish faoliyati va maqsadga qarab 4 ga bo’linadi: 1. Darsning musiqaviy umumlashtiruvchi metodi 2. Utilajak darslarga oldindan «yugurib», bog’lanib o’tish va ilgari utilganlarga qaytish metodi. 3. Dars mazmunini emotsional dramaturgiyasi metodi 4. Darsning pedagogik jihatdan ko’zatilishi va bilimlarni baholash metodi.