Reja: Tamaki chekishning zarari. Nos otishning zarari. Spirtli ichimliklar – salomatlik kushandasi


Toksikomaniya haqida umumiy tushuncha



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#169243
1   2   3   4   5   6
Sirtqi 2-Ma\'ruza

Toksikomaniya haqida umumiy tushuncha. Toksikomaniya yunoncha «toksikon» -zaharli, «maniya» —aqldan ozish, ruhiyatning buzilishi, jinni bo`lish ma‘nosini anglatadi. Umumlashtirib aytganda toksikomaniya turli xil zaharli moddalarni qabul qilishga o`rganib qolish natijasida ruhiyatning buzilishi bilan xarakterlanadigan kasallikdir.
Toksikomaniyada qo’llaniladigan kimyoviy moddalar:
1.Benzin, kerosin, solyarka -hidlanadi.
2.Bo`yoqlar, laklar, alif-hidlanadi.
3. Kley «moment»-hidlanadi.
4. Efir-hidlanadi.
5. Uxlatuvchi, tinchlantiruvchi dori moddalar: fenobarbital (lyuminal), barbamil, veronal, amital- natriy va boshqalar - og`iz orqali qabul qilinadi.
6. Qo`zg`atuvchi dori moddalar: kofein, nikotin va boshqalar - og`iz orqali qabul qilinadi.
7. Kiyim va matolardagi dog`larni tozalaydigan kimyoviy aralashmalar—hidlanadi.
Toksikomaniya kasalligi ham giyohvandlikka o`xshab 3 davr bilan davom etadi.
1. Kimyoviy modda ta‘siriga odam organizmi reaktivligining oshishi;
2. Kimoviy moddaga nisbatan odamda ruhiy qaramlik mo`‘telikning vujudga kelishi.
3. Kimyoviy moddaga nisbatan odamda ruhiy qaramlik (mo`‘telmk) bilan birgalikda jismoniy mu‘telik vujudga kelishi.
Birinchi davr-odam organizmining kimyoviy modda ta‘siriga reaktivligining oshishi ya‘ni moslashishi bilan xarakterlanadi. Toksikomaniya kasalligining boshida odam kimyoviy modda qabul qilgan paytida kayfiyatning oshishiga mahliyo bo`lib, yaxshi dam olgandek, hordiq chiqargandek bo`ladi.
Ikkinchi davr—kimyoviy moddaga nisbatan bemorda ruhiy mu‘teligining vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Toksikomaniya kasalligiga duchor bo`lgan odam kimyoviy moddani qabul qilgan paytda uning kayfiyati vaqtincha (1-2 soatga) yaxshilanadi. Kimyoviy moddani qabul qilish muddati belgilangan vaqtiga nisbatan kechiksa bemorning kayfiyati yomonlashadi, dunyo uning ko`ziga torayib ko`rinadi, jahli chiqadi, atrofdagi odamlarga qo`pol muomala qiladi, janjallashadi.
Uchinchi davr—kimyoviy moddaga nisbatan bemorda nafaqat ruhiy, balki, jismoniy mu‘telikning ham vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Bu davoda toksikomaniya ruhiyatining buzilishi cho`qqisiga chiqadi. Shuning Natijada bemor ozroq harakat qilsa, jismoniy ish bajarsa nafasi qisadi, yuragi o`ynaydi, jigar sohasida (o`ng qovurg`a ostida) og`riq paydo bo`ladi. U ham aqliy, ham jismoniy ish qobiliyatini butunlay yuqotadi. Natijada nogironga aylanadi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin