Reja: Tashkilot tushunchasi va uning


Norasmiy tashkilotlar tavsifnomasi



Yüklə 330,92 Kb.
səhifə10/23
tarix13.05.2022
ölçüsü330,92 Kb.
#57779
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
9-10. mavzu (1)

Norasmiy tashkilotlar tavsifnomasi.


Norasmiy tashkilotlar bir vaqtning oʻzida rasmiy tashkilotlarga ham oʻzshab ham oʻxshamay qolishi mumkin. Shuning uchun norasmiy tashkilotni tavsifnomasini aks ettiruvchi belgilarni ajratib chiqish mumkin:

1) ijtimoiy nazorat. Norasmiy tashkilotlar oʻz a’zolari ustidan ijtimoiy nazoratni amalgam oshirib boradilar. Gap mumkin boʻlgan va mumkin boʻlmagan guruh andozalariga oid belgilarni oʻrnatish va mustahkamlash ustida borayapti. Ta,iiyki, kim ushbu belgi (norma) buzsa oʻz navbatida chetlashishiga olib keladi. Shu munosabat bilan menejer norasmiy tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy nazorat rasmiy tashkilot intilayotgan maqsadni bajarilishiga ijobiy ta’sir etishini bilishi kerak;



  1. oʻzgarishlarga qarshilik. Norasmiy tashkilotlarda hamma vaqt oʻzgarishlarga qarshilik kuzatib boriladi. Bu qisman shu narsadan dalolat beradiki, oʻzgarishlar norasmiy tashkilotning bundan keyingi faoliyatiga xavf tugʻdirishi mumkin;

  2. norasmiy liderlar. Norasmiy tashkilotlar ham oʻz lider (yoʻl boshlovchi)lariga ega boʻladilar. Rasmiy tashkilot liderlarining norasmiy tashkilot liderlaridan farqi shundaki ular rasmiy vakolatga ega boʻlib unga ajratilgan aniq vazifalar qamrovida harakat qiladi.

Norasmiy lider tayanchi – uni guruh tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi. Norasmiy liderning ta’sir doirasi rasmiy tashkilotning ma’muriy doirasidan chiqib ketishi mumkin.

Norasmiy lider ikki birinchi darajali vazifani bajarishi mumkin: guruhga oʻz maqsadlarini amalga oshirishiga yordam beradi, uning faoliyatini qoʻllab- quvvatlaydi.

Tashkiloltda norasmiy guruhning koʻpincha mehnat jamoasini mustahkamlaydi. Rasmiy tashkilot rahbari esa bunday guruhni qoʻllab-quvvatlashi kerak. Misol uchun “Korging glass” (AQSh) firmasi xodimlararo keraksiz muloqotlarni kamaytirish maqsadida binoda lift oʻrniga escalator oʻrnatgan, “MMM” (AQSh) firmasi ovqatlanish vaqtida va boshqa holatlarda tasodifiy suhbatlarni kamaytirish uchun klublar tashkil etgan. Bularning hammasi jamoaga boʻlgan xis-tuygʻuni bu erda nafaqat mehnat davomida balki ish vaqtida ham hamkorlik va birlikni kuchaytiradi. Ish vaqtidagi va ishdan tashqaridagi oʻrtoqlik munosabatlar, hamkorlik va oʻzaro yordam tashkilotda sogʻlom psihologik muhitni shakllantiradi.


Yüklə 330,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin